Mavzu: Qobiliyat va kasb. Reja


Download 446.17 Kb.
bet1/15
Sana15.06.2023
Hajmi446.17 Kb.
#1483787
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Mavzu Qobiliyat va kasb. Reja


Mavzu: Qobiliyat va kasb.

REJA:

  1. Qobiliyat. Uning turlari va tavsifi

  2. Kasbiy psixologiyada kasb tanlashning psixologik mohiyati.

  3. Kasbiy saralash va profesional tanlovning kasbiy psixologiya fanidagi orni.

1) Qobiliyat. Uning turlari va tavsifi.
Qobiliyatlar - shaxsning ma’lum faoliyatdagi muvaffaqiyatlarni, osonlik bilan biron faoliyatni egallay olishni ta’minlaydigan yakka psixologik xususiyatlaridir. Inson qobiliyatlar yordamida bilim, ko`nikma va malakalarini nisbatan osonlik bilan egallab oladi va biror faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug`ullanadi. Qobiliyatlar faqat faoliyatda namoyon bo`ladi.
Qobiliyat turlari quyidagilar:
Umumiy qobiliyatlar mavjud bo`lgan kishi faoliyatning turli xillari bilan muvaffaqiyatli shug`ullana oladi. Umumiy qobiliyatga ega bo`lgan o`quvchilar odatda barcha fanlardan yaxshi va qiynalmay qo`yadilar.
Maxsus qobiliyatlar kishiga qandaydir muayyan faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug`ullanish imkonini beradi.
Insonning qobiliyatlari uning mayllari bilan maxkam bog`liqdir. Shuning uchun biror narsaga qiziqish, unga berilish ko’pincha faoliyatning ana shu turiga bo’lgan qobiliyatlarning mavjudligidan darak beradi.
Qobiliyat o‘zi nima, u insonlarda qay tarzda namayon bo‘ladi degan savolga, u insonlarning bosh miya faoliyatining ishlashi bilan bog‘liq degan javobni olamiz. Masalan: Ba’zi bir insonlarda miyaning chap qismi ko‘proq rivojlangan, boshqalarda esa o‘ng qismi rivojlangan degan g‘oyasini keltirishdi.
Yuqorida yozganimizdek tajribalar ko‘rsatadiki miyaning har bir qismi o‘ziga xos funksiyani bajaradi. Miyaning chap qismi mantiqiyihatdan narsalarga baho beradi. O‘ng miya - hissiyot bilan intuitsiya orqali bo‘lib, narsalarni qabul qilishga yordam beradi.“Dixotomiya” - o‘ng va chap miya qismlari bu fikr sizni osonlik bilan fikrdan chalg‘itishi mumkin deb ogohlantirgan edi Sperri (1982). Hatto biz hikoya o‘qiyotganimizda miyaning ikkala qismi ishlaydi – chap qism so‘zlar va uning ma’nosini topadi, o‘ng qismi hazil hissiyot va tassavurni baholaydi (Hellige,1993; Levy, 1985).

Download 446.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling