Mavzu: Qobiliyat va kasb. Reja


) Kasbiy psixologiyada kasb tanlashning psixologik mohiyati


Download 446.17 Kb.
bet7/15
Sana15.06.2023
Hajmi446.17 Kb.
#1483787
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
Mavzu Qobiliyat va kasb. Reja

2) Kasbiy psixologiyada kasb tanlashning psixologik mohiyati.
Kasb tanlash jarayoni ijtimoiy ahamiyat kasb etsada, lekin uning ortida alohida insonning bir qarashda sof individual tanlovi yotadi. Shunday ekan, birinchi navbatda shaxsning kasbiy ehtiyoji, motivi, layoqati, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish darkor. Aks holda umumiy xususiyatli yo‘llanma ijobiy natijaga olib kelmaydi, chunki individuallik o‘ziga xos talablarni taqozo etadi. Hatto oddiy kasb maorifi ham turlicha yondashuvni talab qiladi, binobarin, uni qondirmasdan turib tub maqsadga erishib bo‘lmaydi. Kasbga yo‘llash umumdavlat ahamiyatiga ega muammo hisoblanib, uni bosqichma-bosqich amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasida «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi»da alohida o‘rin egallaydi.
Hozirgi zamon psixologiya fani bilimlarni egallashga nisbatan ichki ehtiyojga katta ahamiyat beradi va bu bilan shaxs xulq-atvorini bir muncha boshqarish imkoniyati mavjud ekanligini ta’kidlaydi. Shuning bilan birga talabada barqaror bilishga qiziqishni shakllantirish muammosiga alohida e’tibor qilinadi. Darhaqiqat, barqaror bilishga qiziqishlar qo‘zg‘atuvchi turtki (kuch) sifatida o‘quv motivlarini vujudga keltiradi, muvaffaqiyatni ta’minlashga xizmat qiladi. Talabada bilimlarning muayyan sohasiga, u yoki bu faoliyat turiga qiziqishning tug‘ilishi ko‘p jihatdan shaxsni qay tariqa shakllanish imkoniyatini belgilaydi.
c - o‘quvchilarni kasbning mohiyati bilan, har bir kasbning shaxs oldiga qo‘yadigan talablari bilan tanishtirishdan iborat ta’sirchan axborotlar majmuasidir. Ma’lumotlarning aniqligi, to‘liqligi, xususiyva ijtimoiy ahamiyatiifodalanganligi bilan boshqa tarkiblardan ajralib turadi. Kasb maorifiinsonning yoshi, jinsi,saviyasiga ko‘ra xilma-xil tarzda amalga oshiriladi, shakllari esa verbal va noverbal, kuzatuv va tanishuv, ko‘rgazmali va grafik, uchrashuv kabi ko‘rinishlarga ega.
Kasbiy maslahat - kasbga yo‘llashning mohiyatini inson ongiga chuqurroq singdirish uchun, shaxsning ishtiyoqi va qobiliyatlariga mos kasb-hunar, ixtisoslik tanlashi uchun muhim ob’ektiv va sub’ektiv shart-sharoit yaratish, shu bilan birga kasb egallovchi (tanlovchi) ehtiyoji bilan murabbiyning kasbiy mas’uliyatidan kelib chiqqan holda ilmiy-amaliy tavsiya va yo‘llanmalar berish jarayonidir. Maslahat o‘zining maqsadgayo‘nalganligi, izchilligi, ob’ektivligi,axborotlar bilan to‘yinganligi bilan boshqa asosiy qismlardan keskin ajralib turadi.

Download 446.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling