Mavzu: Qobiliyat va kasb. Reja


Download 446.17 Kb.
bet6/15
Sana15.06.2023
Hajmi446.17 Kb.
#1483787
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Mavzu Qobiliyat va kasb. Reja

Qobiliyatning tuzilishi. SHaxs egallashi shart hisoblangan faoliyat, u xoh ta’lim, xoh mehnat, xoh o‘yin, xoh sport bo‘lishidan qat’i nazar, uning bilish jarayonlariga, aqliy xislatlariga, emotsional irodaviy jabhalariga, sensomotor sohasiga, xarakterologik xususiyatlariga muayyan talablarni qo‘yadi va ularning hamkorlikdagi sa’y-harakati tufayli muvaffaqiyatlarga erishiladi. Psixologik ma’lumotlarga qaraganda, insondagi yuksak ko‘rsatkichga erishgan sifat harchand ustuvorlikka ega bo‘lmasin, u talablarni qondirish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Ayrim hollarda alohida namoyon bo‘lgan psixik xususiyat (hislat) faoliyatning yuksak mahsuldorligi va samaradorligini ta’minlash qurbiga ega, u qobiliyat uddalay oladigan imkoniyat bilan bab-baravar, kuch-quvvat tariqasida vujudga keladi, degan faraz o‘zini oqlamaydi.
Faktorli tahlil - barcha o‘ziga xos aqliy qobiliyatlar orqali o‘tadigan umumiy qobiliyat faktori mavjudligini aniqlash uchun psixologlar ularning o‘zaro ta’sirini o‘rganishadi. “Takrorlash tahlili” nomli statistika metodi izlanishlarga umumiy qobiliyatli o‘lchash uchun testlarga kerakli savollarni tanlash imkonini beradi. Misol uchun lug‘at bilan bog‘liq savollarni oson ishlaydigan insonlar matnni ham yaxshi tushunishadi. Bu to‘plam verbal intellekt faktorini aniqlashga yordam beradi. Boshqa savollar to‘plamlari ham makon faktori va mulohaza faktorini o‘z ichiga oladi.
Faktorli tahlil ishlab chiqarishga o‘z hissasini qo‘shgan CHarlz Spirman (Charles Spearman 1863-1945) bo‘ladi. CHarlz Spirman o‘ziga xos faktorlar asosida yotuvchi umumiy intellekt (fator G) mavjud deb hisoblagan. Uning fikricha, insonlarda buyuk qobiliyatlar bo‘lishi mumkin. Biroq verbal intellekt faktori bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichli odamlar odatda makon qobiliyati va mantiqiy qobiliyat faktorlarini echish natijalari bo‘yicha o‘rtachadan yuqoriroq natijalarga erishganlar. SHunday qilib har xil qobiliyatlar bitta guruhda bo‘ladi degan kichik tendensiya mavjud. Charlz Spirmanning fikricha bu G faktori bizning butun ongli faoliyatimizga javob beradi.
Gavard Gardner (Howard Gardner, 1983,1993,1995) Tyorstou g‘oyasini maqullaydi, chunki u zakovat har xil qobiliyatdan kelib chiqqan degan edi. Uning fikricha miya jarohatlanganda bir qobiliyatni pasaytirish mumkin, hammasini ham emas. Gavard Gardner maxsus qobiliyatli ya’ni “Indigo” insonlarni ham o‘rgandi.
Masalan; Daholik sindromi bor odamlar aqllilik testida baland natijaga erishadilar, chunki bunday insonlarda nodir qobiliyat bo‘ladi. Misol uchun ular rasm chizishda, raqamlarda yoki musiqani eslab qolishda qobiliyatliroq bo‘lishadi. Ular til o‘rganishda qiynalishlari mumkin, lekin raqamlar bilan xuddi kalkulyatordek ishlay oladilar. Tarixiy sanalar, hafta kunlari ham shu jumladan hisoblanadi. Bu holatlarni hisobga olgan xolda, Gavard Gardner insonda bitta emas bir nechta qobiliyat to‘plami bo‘ladi va ular bir – biriga bog‘liq emas degan xulosaga keladi. Faqatgina verbal va matematik qobiliyatlar bilan cheklangan holatda, u qobiliyatni musiqiy sayqallarga bog‘liqni tasavvur qilish va tahlil qilishga va atrof muhitga va o‘ziga ziyrak o‘tkir nigoh bilan qarashini ta’kidlab o‘tgan.
Yozuvchi T.S.Eliota, olim Albert Eynshteynni bastakor Igor Stravinskiy, raqqosa Mart Grexem, psixiatr Zigmund Freyd, jamiyat yo‘lboshchisi Maxatma Gandi va tabiatshunos CHarlz Darvin alternativ zakovat sohiblari sifatida namoyon bo‘lishgan. Gavard Gardner fikrlariga ko‘ra, ko‘chada o‘sgan o‘spirin keyinchalik namunali ishchi bo‘lib etishgan insonning biron bir markaziy basketbol jamoasi etakchisining qobiliyatlari bilan bir xil bo‘lmaydi, aksincha turli xil bo‘ladi.
Sandra Skarr (Sandra Scarr,1989) qarashlarida “Koshki edi insonlardagi bir sohada sezilgan kamchilik, boshqa bir sohada o‘zini namayon qilganda edi, shunda dunyo ham adolatli bo‘lar edi“- deb ifodalagan. Afsuski, dunyo biz o‘ylaganimizdek odil emas, hamda qobiliyatlar orasida ham o‘zaro moyilliklar bo‘lib turadi.
Masalan: Aqli zaif insonlarda jismoniy qobiliyatlar ham kamroq bo‘ladi. SHuning uchun bu kabi insonlar uchun maxsus olimpiada o‘yinlari o‘tkaziladi va ular adalatli o‘yindan bahramand bo‘ladilar.
Tadqiqodchilar Gavard Gardnerga ko‘p marotaba turli hil qobiliyatlarni “zakovat” ostida birlashtirib o‘tkazish o‘rinlimi deb savol berishadi. Verbal va mulohazali ko‘nikmalar muhimroq emasmi deb ham so‘rashadi. Ularning fikricha zakovot – bu aqliy qobiliyat. Musiqaga va ritmikaga bo‘lgan qobiliyatlarsiz ham yashasa bo‘ladi va ularni “talant” (qobiliyat) deb atash maqulroq. Agar insonlarga jismoniy qobiliyat etishmasa, ularni aqliy qobiliyati etishmaydi deb hisoblash tug‘rimi? Gavard Gardner ta’kidlaydiki, qobiliyatning barcha shakllari ichki ma’nogo ega va ular aniq bir madaniyat va kontekst ostida ortiriladi yoki shakllanadi.
I.P.Pavlov asarlarida «badiiy», «fikrlovchi» va «o‘rta» tiplar deb qayd qilingan mazkur tipologiya kishining oliy asab faoliyati unda ikkita signal tizimi mavjudligi bilan belgilanishiga muvofiq ta’limot bilan bog‘langandir. Birinchi signallar tizimi obrazli, emotsional va ikkinchisi ana shu obrazlar haqida so‘zlar orqali signal berish bilan bog‘liq, ya’ni signallarning signali bilan bog‘liq. Garchi qobiliyatning rivoji har turli odamlarda mutlaqo bir xil bo‘lmagan tabiiy shartsharoitlarga bog‘liq bo‘lsa ham, yuqorida ko‘rib o‘tilgan iste’dod nishonalari va qobiliyat o‘rtasidagi nisbat, qobiliyat shunchaki tabiat in’omi emas, balki kishilik tarixining mahsuli ekanligini ko‘rsatadi.
Inson hayoti davomida kasbidan tashqari paytlarda ham bir necha qobiliyat egasi bo‘lishi mumkin. Masalan, o‘qituvchi bir davrning o‘zida duradgor, mohir tikuvchi bo‘lishi; yirik fan allomasi yaxshi san’atkor, etuk sportchi bo‘lish holatlari uchrab turadi. Qobiliyatli shaxslar ijtimoiy turmushning turli jabhalarida o‘z o‘rnini topa oladi, hamda yuksak yutuqlarga erishadi, hatto bir necha faoliyat turida tekis muvaffaqiyatlar qozonishi ham mumkin. Kasb nuqtai-nazaridan kelib chiqib, pedagoglikning eng muhim qobiliyati ustuvorligida quyidagilar bo‘lishi lozim.


Download 446.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling