Mavzu: qobiliyatlar va ularning turlari “Kasb ta`limi”kafedrasi katta o`qituvchisi Korshubayeva R. X


Download 306.07 Kb.
bet3/7
Sana07.03.2023
Hajmi306.07 Kb.
#1246448
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
qobiliyat презентация

Qobiliyat va bilim, ko`nikma va malakalarning birligi nimada ifodalanadi? Qobiliyat bilim, ko`nikma va malakalarning o`zida ko`rinmaydi, balki ularni eGALLASh DINAMIKASIDA nomoyon bo`ladi, ya`ni, boshqacha qilib aytganda, mazkur faoliyat uchun zarur bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalarni o`zlashtirish jarayoni turli sharoitlarda qanchalik tez, chuqur, engil va mustahkam amalga oshirilishida nomoyon bo`ladi.

Qobiliyatlar faqat FAOLIYATDA

Xuddi mana shu erda yuzaga chiqadigan farqlar qobiliyatlar bizga haqida gapirish imkonini beradi.

Shunday qilib, qobiliyatlar shaxsning faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti hisoblangan va bilim, ko`nikma hamda malakalarni egallash dinamikasida yuzaga chiqadigan farqlarda nomoyon bo`ladigan individual-psixologik xususiyatidir.

Qobiliyatlar faqat faoliyatda nomoyon bo`ladi. Idrok etish paytida,masalan, ranglarning tovlanishidagi nozik farqlar, predmetlarning aniq ko`rinishi, proportsional nisbatlarni tushunish (rassomlar ishida), absolyut eshitish (musiqa bilan shug`ullanishda) va hokozolarda ayon bo`ladi. YOzuvchi ixtirochining mehnatida ayniqsa zarur bo`ladigan ijodiy xayol ham qobiliyatlar uchun katta ahamiyatga ega.

QOBILIYATLARNING SIFAT VA MIQDOR XARAKTERISTIKASI

Qobiliyatlar individual-psixologik xususiyatlar sifatida xarakterlanadi, ya`ni bir odamning boshqa odamdan farq qiladigan sifatlarini ochib beradi. O`z-o`zida ma`lumki kishilar teng emas. Mana shuning uchun qobiliyatlar haqida gapirganda, bu farqlarni xarakterlab o`tish zarur. Ular sifat va miqdor jihatdan xarakterlanishi, farq qilishi mumkin.

Qobiliyat xususiyatlarining sifat tomonidan qaralishi maqsadga turli yo`llar bilan borishga imkon beruvchi "o`zgaruvchan miqdor" to`plami sifatida, faoliyat muvaffaqiyatini ta`minlovchi psixologik xususiyatlarning murakkab kompleksi sifatida ko`rinadi.

Qobiliyatlarning kompensatorlik imkoniyatlari

Qandaydir faoliyatni bajarishdagi bir xil yoki nimalar bilandir o`xshash yutuqlar asosida juda xilma xil qobiliyatlar birikmasi yotishi mumkin. Bular bizning ko`z o`ngimizda shaxs qobiliyatlarining muhim tomonini ochib beradi: bir xususiyatning o`rnini boshqa bir xususiyatlar bilan to`ldirish (kompensatsiya qilish) ning keng imkoniyatlari bor bo`lib, buni odam o`zida chinakam va qat`iyatlik bilan ishlash orqali rivojlantirish mumkin.


Download 306.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling