Odamning qobiliyatlarida bor bo`lgan kompensatorlik imkoniyatlari, masalan, ko`rish va eshitishdan mahrum bo`lgan odamlarni maxsus tarbiyalashda nomoyon bo`ladi. Qobiliyatlarni aniqlash Qobiliyatlarni MIQDOR jihatdan o`lchash muammosi psixologiyada katta tarixga egadir. XIX asrning oxiri va XX asrning boshlaridayoq bir qator psixologlar (Kettel, Termen, Spirman va boshqalar) ommaviy ixtisosliklar uchun kasb tanlashni amalga oshirish zarurati bilan uzviy bog`liq bo`lgan talablar ta`siri ostida ta`lim olayotganlarning qobiliyat darajasini aniqlashni talab qilib chiqdilar. O`sha paytlarda qobiliyatlarni o`lchash usuli sifatida AQLIY ISTE`DOD TESTLARIdan foydalanildi. Aqliy iste`dod testlarining yordami bilan bir qator mamlakatlarda (AQSh, Buyuk Britaniya va boshqalar) qobiliyatlarni aniqlash va maktablarda o`quvchilarni saralash, armiyada ofitserlik xizmatini bajarish, ishlab chiqarishda rahbarlik lavozimini tanlash va shu kabilar amalga oshiriladi. Aqliy iste`dod testlari o`zlarining mazmunlariga ko`ra muvaffaqiyatli echilishi (ko`pincha sarflangan vaqtni hisobga olib) ball yoki ochkolar yig`indisi bilan hisoblanadigan bir qator savollardan yoki masalalardan iboratdir. Test natijalari maxsus ravishda standartlashtiriladi, maxsus koeffitsientlarga aylantiriladi. Bular "aqliy iste`dod koeffitsienti" (IQ) ni aniqlash imkonini beradi. O`sha davrdagi ko`pchilik psixologlarning ko`rsatishicha qandaydir o`zgarmas, har tomonlama iste`dodni yoki "umumiy intellektni" (general intellegence) nomoyon qiladi deb ta`kidlaganlar. QOBILIYATLARNING TURLARI Qobiliyatlar umumiy va maxsus bo`ladi. Umumiy qobiliyatlar mavjud bo`lganda kishi faoliyatning turli xillari bilan muvaffaqiyatli shug`ullana oladi. Maxsus qobiliyatlar kishiga qandaydir bir muayyan faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug`ullanish imkoniyatini beradi. Masalan, matematik, texnikaviy, adabiy, musiqiy, tasviriy va boshqa qobiliyatlar bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |