Mavzu: qobiliyatlar va ularning turlari “Kasb ta`limi”kafedrasi katta o`qituvchisi Korshubayeva R. X


Umumiy qobiliyatlarga ko`p hollarda intellekt, tafakkurning kreativligi va shaxsning psixomotor qobiliyatlari kiradi deb hisoblaydilar


Download 306.07 Kb.
bet5/7
Sana07.03.2023
Hajmi306.07 Kb.
#1246448
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
qobiliyat презентация

Umumiy qobiliyatlarga ko`p hollarda intellekt, tafakkurning kreativligi va shaxsning psixomotor qobiliyatlari kiradi deb hisoblaydilar.

INTELLEKT. Yuqorida ko`rsatib o`tganimizdek odamning aqliy rivojlanish darajasini o`rganishga intilish "intellekt" tushunchasini va nazariyasininng yaratilishiga olib keldi.

PSIXOMOTOR QOBILIYATLAR

PSIXOMOTOR QOBILIYATLAR - harakatlar va harakatlar tizimini amalga oshirish va boshqarishning psixologik va motor (harakat) asoslari. Ularga quyidagilar kiradi: statistik kuch; dinamik kuch; keskin harakatlardagi kuch; umumiy moslashuvchanlik qobiliyati; epchillik; umumiy chidamlilik; maxsus faoliyatga chidamlilik; muvozanatni tuta olish.

Biror faoliyatning ayniqsa muvaffaqiyatli, mustaqil va original tarzda bajarilishini taqozo qiladigan zo`r qobiliyatlar birikmasi talant deyiladi. Ijodiy faoliyatga qobiliyatli bo`lgan kishilarni talantli kishilar jumlasiga kiritish mumkin.

Talantlilikning yuqori bosqichi geniallik deb ataladi. Ijtimoiy hayotda, fan, adabiyot, san`at va shu kabi sohalarda printsipial ravishda yangi bo`lgan biror narsani yaratgan kishilar geniylar deb hisoblanadilar

KREATIVLIK (ijodiy qobiliyatlar).

KREATIVLIK (ijodiy qobiliyatlar). Ko`rsatib o`tganimizdek birgina IQ (intellekt koeffitsienti) asosida kishini ishga qabul qilish, uning imkoniyatlarini baholash noto`g`ri bular edi. Shu sababli 50 yillardan boshlab aqliy rivojlanishni o`rganish bilan bir qatorda kishining ijodiy qobiliyatlarini ham o`rganish va o`lchashga katta e`tibor berib boshlandi. Bu borada maxsus testlar yaratildi.

"Intellekt" tushunchasi ko`proq psixologiyadagi konvergent tafakkur tushunchasiga mos keladi - birdan-bir to`g`ri javobni izlash va unga keltirishga yo`nalgan.

"Kreativlik" tushunchasi divergent tafakkur kabi…

"Kreativlik" tushunchasi esa ko`proq divergent tafakkur tushunchasiga mos keladi. Divergent tafakkur, bu turli tomonlarga tarmoqlanuvchi, bir vaqtning o`zida turli yo`nalishlarga tarqaluvchi, ko`plab echim variantlarni yaratishga yo`nalgan tafakkur. Shu sababli divergent tafakkur kutilmagan natija va yechimlarga olib keladi.


Download 306.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling