Mozaika bu rasm sathiga ayrim parchalar (qog‘oz, oyna, sopol, gul tojibarglari, tuxum po‘sti va shu kabilar)ni qo‘yib chiqishdir.
1. Tuxum po‘stidan mozaika ishlarini bajarish uchun yuvib quritilgan tuxum po‘sti mo‘yqalam yordamida akvarel bo‘yoqlari bilan kerakli ranglarga bo‘yaladi.
2. Bo‘yoq qurigandan keyin tuxum po‘stini tanlangan rasmga ko‘ra mayda va yirik bo‘laklarga bo‘linadi.
3. Tuxum po‘stidan mozaika qilishda shunday tasvirni tanlash kerakki, ularning konturlari mumkin qadar tekis va mayda, egri-bugrilari bo‘lmasligi kerak.
4. Kontur qora qog‘oz orqali o‘tkaziladi yoki shablondan aylantirib chiziladi.
5. Avval rasm sathining bir qismiga yelim surtiladi. U yerga tuxum po‘sti terib chiqiladi, keyin ikkinchi qismiga ham shu tartibda davom ettiriladi.
6. Ortiqcha yelim toza mato bo‘lagi bilan artib tozalanadi, po‘st yaxshiroq yopishishi uchun ustidan sekin bosib qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |