Mavzu: Qog‘oz va karton bilan ishlash darslarin tashkil etish metodikasi


Download 1.34 Mb.
bet3/4
Sana20.02.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1216215
1   2   3   4
Bog'liq
1-ma\'ruza Qog\'oz va karton bilan ishlash

Sariq karton – oq kartondan ko‘ra pishiqroq, egiluvchan, yaxshi qirqiladi, yelimdan ko‘tarilmaydi. Turli ishlarda foyda laniladi.
Kulrang karton – oq va sariq kartondan pishiqroq, qirqish qiyin. Pichoq karton massasidagi qumdan tez o‘tmaslashadi. Kar tonning bu turidan o‘ta pishiqlikni talab qiluvchi narsalar tay yorlanadi.
Rangli karton bu yupqa, egiluvchan, sathiga turli rangda jilo berilgan, ishlov berish oson va ko‘rinishi chiroyli. Hajmi kichik narsalar, papkalar, muqovalar tayyorlash uchun qulay bo‘lgan karton turidir.
Applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi
Applikatsiya – tasvirlash texnikasining turli formalarni qir qish va ularni fon tarzida qabul qilingan materiallar hisobiga mustahkamlashga asoslanuvchi turidir.
Bu applikatsiyadan faqat bezash maqsadlarida ko‘rgazmali qurol lar, turli o‘yinlar uchun qo‘llanmalar, o‘yinchoqlar, bay roqlar, suvenirlar, devoriy gazetalar, stendlar va hokazolarni be zashda ishlatiladi.
Applikatsiya bilan shug‘ullanish o‘quvchilarni garmonik rivoj lantirishda katta ahamiyatga ega. Applikatsiya ijodni rivojlan tirishda katta yordam beradi, tasavvurni boyitadi, kuzatuvchanlik va diqqatni faollash tiradi, irodani tarbiyalaydi, chamalash va rang ni sezishni o‘stiradi.
Applikatsiya ishini bajarishda asosiy e’tibor uning umumiy ko‘rinishiga qaratilishi kerak. Yaxshi o‘ylangan kompozitsiya, ya’ni tasvirlash lozim bo‘lgan narsalarni joylashtirish applikat siyalar muvaffaqiyatining garovidir.
Ish mavzu va fikrni tanlashdan boshlanadi. Ko‘pincha ochiq tondagi qog‘oz va fon tanlanadi. Applikatsiya mo‘ljallangan tasvir va elementlar miqdori qog‘ozni tanlashni belgilaydi. Tasvir ustida ish langanda asosiy e’tibor tanlangan mavzuning mazmuniga, kerakli materiallar, ularning o‘lchamlari, ranglarini tanlashga qaratiladi. Tasvir hajmiga ko‘ra eng katta element asosiy tematik element bo‘lishi kerak.
Mozaika monumental dekorativ san’at turlaridan biridir. Turli davrlarda va turli mamlakatlarda mozaika qo‘llaniladigan materialiga ko‘ra ham, naqsh va rasmlariga ko‘ra ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan. O‘rta Osiyo madrasalari, masjidlar, hukmdorlarning saroylari mozaika bilan bezatilgan.
Mozaika hozirgi kunda monumental san’atga aylangan. Mozaika bilan binolarning tashqi qismlari, devorlari va xalq amaliy san’ati asarlari bezatiladi. Mozaika ishlarida oyna, sopol plitalaridan foydalaniladi. Mohir ustalar rangli ko‘zgu parchalaridan ajoyib mozaika asarlari yaratishadi, ular quyoshda bir-biriga qo‘shilib va porlab, shodlik kayfiyatini yaratadi.
Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling