Mavzu: Qon aylanish sistemasi kasaliklari reja


Download 51.72 Kb.
bet4/7
Sana06.11.2023
Hajmi51.72 Kb.
#1750116
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Qon aylanish sistemasi kasaliklari

Yurak yetishmovchiligi
Yurak yetishmovchiligi — qon bosimi me’yordaligi va tomirlarda to’lib oqishiga qaramasdan, yurakning to’qimalar talabini qondiradigan darajada kislorod yetkazib bera omlasigiga olib keladigan yurak tuzilmasi va funktsiyasining buzilishidir.
Patologiya tinch holatda yoki biroz faollikda hansirash, tez charchash, shishlar, tirnoqlar va lab-burun uchburchagi sianozi (ko’karishi) bilan namoyon bo’ladi.
Infektsion endokardit
Yurak ichki membranasida yallig’lanishli o’zgarishlar natijasida shikastlangan hududda vegetatsiyalar paydo bo’lishi, tarqalgan infektsiya belgilari va qon aylanishi buzilishlari kombinatsiyasi bo’lgan kasallik.
Miokarditlar
Miokardit — miokardning infektsion yoki autoimmun tabiatli yallig’lanishi isbotlangan yoki asosli shubha qilinganda yurak to’qimasining (kardiomiotsitlar, biriktiruvchi tizim, o’tkazuvchi tizim hujayralari va boshqalar) klinik va morfologik o’zgarishlari kombinatsiyasi.
Perikardit
Perikard seroz membranalarining yallig’lanishi bo’lib, uning bo’shlig’ida ekssudat paydo bo’lishi va bitishish hamda qobiqlarning chandiqli tiklanishi ehtimoli mavjudligi bilan xarakterlanadi.
Yurak o’smalari
O’smalar yaxshi sifatli (barcha o’smalarning taxminan 70%) va yomon sifatli (taxminan 30%) bo’lishi mumkin.
Yurak shikastlanishi
Yurak jarohatlari — penetratsiya yoki penetratsiyasiz mexanik kuch natijasida yurak shikastlanishi.
Aorta kasalliklari
Aorta anevrizmasi — tomir devorining kuch va egiluvchanligini pasayishiga olib keladigan turli patologik mexanizmlar tufayli aorta bo’shlig’ining yarim yoki undan ortiq martaga kengayishi.
Periferik qon tomir kasalliklari
Periferik arteriya kasalliklari ekstrakranial, vistseral va buyrak arteriyalari, qorin aortasi va qo’l-oyoq arteriyalarning zararlanishi bilan bog’liq bo’lgan sindromlardir.
Tarqalganlik nuqtai nazaridan eng muhimlari ateroskleroz va qandli diabetning tomirlarda aks etgan asoratlari hisoblanadi. Shu bilan birga, tomirlar patologiyasi tufayli yuzaga kelgan boshqa bir qator nozologiyalar mavjud. Masalan arterial yo’llarning degenerativ shikastlanishlari tomonidan chaqirilgan kasalliklar (Elers-Danlos, Marfan sindromi, Erdgeym o’smasi, neyrofibromatoz) anevrizma shakllanishiga va qavatlanishlarga olib kelishi mumkin. Fibromushakli displaziya ko’pincha buyrak, uyqu va yonbosh arteriyalari shikastlanishiga olib keladi.

Download 51.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling