Mavzu: Qon aylanish tizimi haqida umumiy tushuncha. Darsning maqsadi


Download 120.19 Kb.
bet2/4
Sana20.06.2023
Hajmi120.19 Kb.
#1628983
1   2   3   4
Bog'liq
Qon tomirlari, qon aylanish doirasi

Darsning borishi.

  1. Tashkiliy qism:

  1. salomlashish

  2. davomatni aniqlash (sinfdagi navbatchi o‘quvchi o‘quvchilar davomatini aytadi)

  3. ma’naviyat daqiqa:

  1. “Harakatlar strategiyasi” haqida tushuncha being?

  2. Fanga oid yangiliklardan tinglaymiz.

  1. O‘tgan mavzuni takrorlash.


O‘quvchilar o‘tgan mavzudagi olgan bilimlarini quyidagi “Klaster” usuli orqali

namoyish etishadi:

Orttirilgan immunitet

I.I. Mechnikov

Passiv

Barcha tushunchalarni umumlashtirib, o‘tgan mavzu takrorlanadi.


Darsda ishtirok etgan o‘quvchilarga rag‘bat kartochkalari berib boriladi.

  1. Yangi mavzu.

Reja:

  1. Yurakning tuzilishi va ishlashi.

  2. Yurakning sistolik va minutlik hajmi.

  3. Yurak avtomatiyasi va yurak biotoklari.

O‘qituvchi yangi mavzuni tushuntirishdan oldin o‘quvchilarga “BBB” jadvali taqdim etadi:



Mavzuga doir asosiy tushunchalar

Bilaman

Bilib oldim

Bilishni xohlayman

1.Yurak haqida










2.Joylashish o‘rni










3.Ishlashi










4.Yurak biotoki













2-jadval
O‘quvchilar mavzuga doir tushunchalarni bilsa, “Bilaman” ustuniga ma’lumot yozadilar.
O‘qituvchi o‘quvchilarni qanchalik mavzu haqida bilimga ega ekanliklarini tekshiradi.
Yangi mavzuni o‘qituvchi reja asosida ko‘rgazma va slaydlardan foydalangan holda tushuntiradi.
Yurakning tuzilishi

  1. o‘ng bo‘macha;

  2. o‘ng qorincha;

  3. chap bodmacha;

  4. chap qorincha;

  5. aorta yoyi;

  6. 7-yuqorigi va pastki kovak venalar;

  1. o‘pka areriyasi;

  2. ikki tavaqali klapan;

  3. uch tavaqali klapan;

  4. 12-yarimoysimon klapanlar.

Qon aylanish sistemasi organlariga yurak, arteriya, kapillarlar, vena va limfa
tomirlari kiradi. Yurak va tomirlar odam organizmida qonning to‘xtovsiz harakatlanishini ta’minlaydi.
Yurak qon aylanish sistemasining markaziy organi bo‘lib, vazni erkaklarda 220 - 300 g gacha, ayollarda esa 180 - 220 g gacha bo‘ladi.
Yurak ko‘krak qafasida to‘sh suyagining orqasida, ikkala □‘pkaning o‘rtasida joylashgan. Uning ko‘proq qismi ko‘krak bo‘shlig‘ining chap tomonida turadi.
Yurak devori uch qavatdan: ichki epiteliy qavat - endokard, o‘rta - muskul, ya’ni miokard va tashqi - perikarddan iborat. Perikard ikki qavat bo‘lib, ichki qavati yurak muskuliga yopishib turadi, u epikard deb ataladi. Tashqi qavati xalta sifatida yurakni o‘rab turadi. Ikkala qavat o‘rtasidagi bo‘shliqdagi suyuqlik yurakning qisqarish va kengayish harakatlariga ishqalanishni kamaytiradi.
Yurak to‘rt kamera: o‘ng va chap bo‘lmalar, o‘ng va chap qorinchadan tashkil topgan. Yurakda to‘rtta klapan (qopqoq) bo‘lib, chap bo‘lma bilan chap qorincha o‘rtasida ikki tavaqali, o‘ng bo‘lma bilan o‘ng qorincha o‘rtasida uch tavaqali, chap qorincha bilan aorta qon tomiri o‘rtasida hamda o‘ng qorincha bilan o‘pka arteriyasi o‘rtasida bittadan yarimoysimon klapanlar joylashgan. Yurak klapanlari shunday tuzilganki, ular qonni faqat bir tomonga, ya’ni bodmalardan qorinchalarga, qorinchalardan esa aorta va o‘pka arteriyasi tomonga oqishini ta’minlaydi.
Yurak nasos singari vena qon tomirlaridagi qonni so‘rib, arteriya qon tomirlariga chiqarib beradi. Yurak bo‘lmalari va qorinchalarining qisqarishi - sistola, kengayishi - diastola deyiladi. Yurak bo‘lmalari va qorinchalarining bir martadan qisqarib bo‘shashishi yurak sikli deyiladi. Yurak orqali bir minutda 5 1 qon oqib o‘tadi, lekin bu qondan o‘z ehtiyoji uchun foydalanmaydi. Yurak muskullari ikkita maxsus tojsimon arteriya orqali qon bilan ta’minlanadi. Tinch holatida katta odam yuragi bir minutda 70—72 marta qisqaradi va kengayadi. Yurak sikli o‘rtacha 0,8 sek. davom etadi.

Download 120.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling