Мavzu: Qon guruhlari rezus omillar qonning biologik va fiziologik xususiyatlari
Download 301.49 Kb. Pdf ko'rish
|
Maruza(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qon hosil bо‘lishi (gemopoez) va uning boshqarilishi.
- Nazorat uchun savollar
- Asosiy adabiyotlar ro’yxati
- Anatomy of the Human Body.Henry Gray.Nega Assefa Alemaya University Yosief Tsige Jimma University.In collaboration with the Ethiopia
- Elektron ta’lim resurslari
Мavzu: Qon guruhlari. rezus omillar. qonning biologik va fiziologik xususiyatlari Darsning rejasi: 1. Immunitet. 2. Qon ivishi va koogulyatsion mexanizmi. 3. Qon guruxlari 4. Gemopozz va uning boshqarilishi. Tayanch sо‘zlar: lizotsimm, properdin, biologik faol moddalar, eritropoyetin, tomboplastin, trombin, tromboz, trombotsitopoz qon guruxlari, gemopozz, fagotsitozz, rezus-faktop, agglyutogen, agglyutinin, afibrinogenemiya, fibrinogen. Qon ivishining boshqarilishi. Asrimizning boshida hozir stress nomini olgan (qо„rqish, g„azablanish, azoblanish va boshqa) holatlarda qonning ivishi tezlashishi aniqlangan edi. Ma‟lumki, bunday hollarda simpatik nerv tizimi qо„zg„alib, buyrak usti bezlaridan adrenalin ajralishi kuchayib giperadrenalemiya rivojlanadi. Qonning ivish vaqti tromboplastin hosil bо„lish bosqichi hisobiga 5– 10 daqiqadan 3– 4 daqiqagacha qisqaradi. Simpatik nerv
tizimi qо„zg„alganidagi qon ivishining tezlashishi (giperkoagulemiya) adrenalin va noradrenalin ta‟siriga bog„liq. Uning asosiy sababi shuki, adrenalin qon tomirlar devoridan tromboplastin ajralishini tezlashtirish qobiliyatiga ega. Bundan tashkari, adrenalin tomirlardagi konning Xageman omilini faollaydi, bu omil esa qon tromboplastini paydo bulishining sababchisi hisoblanadi. Adrenalin tо„qima lipazalarini faollab, fosfolipidlarning eritrositlardan ajralishini yengillashtirib, qonda tromboplastin faolligini oshiradi. Simpatik nerv tizimi qо„zg„alganda rivojlangan giperkoagulemiya qо„zg„alish tugagandan sо„ng ikkilamchi gipokoagulemiyaga о„rin beradi. chunki birlamchi qon ivishi kuchayganda ivituvchi omillar sezilarli miqdorda sarflangan edi. Shunisi qiziqki, parasimpatik nerv tizimining qо„zg„alishi ham giperkoagulemiyaga olib keladi. Bu gemokoagulyasiya mexanizmlarining evolyusiyasida faqat yagona himoya moslashuv reaksiya sifatida (qon oqishini tez tо„xtashini ta‟minlovchi giperkoagulemiya sifatida) shakllanganidan dalolat beradi.
Katta yarim sharlar pо„stlog„i qon ivishi jarayoniga sezilarli ta‟sir kо„rsatadi. Bu ta‟sir endokrin bezlar, xususan buyrak usti bezlarining mag„iz qismi faoliyatini о„zgartirish, qon tomirlarni kengaytirish yoki toraytirish yо„li bilan yuzaga chiqadi. Yarim sharlarning qon ivishini boshqarishda ishtirok etishidan giperkoagulemiya yuzaga keltiradigan shartli reflekslar hosil qilish mumkinligi ham dalolat beradi. Qadim zamonlarda kо„p qon yо„qotgan odamga qon quyilsa, qon yо„qotish natijasida halok bо„layotgan odamni о„limdan asrab qolish mumkin, degan fikr paydo bо„lgan. 1667 yilda farangistonlik faylasuf Deni va shifokor Emmerel qon yо„qotib, о„layotgan yig‟itga qо„zichoq qonini quyishdi, natijada u tuzalib ketdi. Ammo undan keyingi qon quyishlar natijasi fojiali bо„ldi. Hatto odamning qoni odamga quyilganda ham har 5– 6 hodisadan bittasida halokat rо„y berdi. Asrimizning boshlarigacha shifokorlar va olimlar har bir odamning qoni о„ziga xos biologik xususiyatga ega ekanini bilishmagan. Buni 1901 yilda avstraliyalik olim K. Landshteyner va 1903 yilda chex olimi Y. Yanskiy batafsil о„rgandilar va qon guruhlarini kashf etdilar. Agar predmet oynasida odamning qoni bir-biriga qо„shilsa, kо„pchiligida eritrositlar bir-biriga yopishib, g„uj bо„lib qoladi. Bu hodisa a g g l y u t i n a s i y a deyiladi. Eritrositlar agtlyutinasiyasi antigen bilan antitana о„rtasidagi reaksiyaning natijasidir. Eritrositlarning qobig„i – membranasiga bog„liq bо„lgan agglyutinogenlar antigen rolini о„ynaydi, antitana sifatida qon plazmasidagi agglyutininlar agglyutinasiya reaksiyasida ishtirok etadi. Agglyutinogenlar spesifik aminokislotali polisaharid kompleksdan iborat, agglyutininlar esa qonning u- globulin oqsil fraksiyasidir. Agglyutinasiya reaksiyasi rо„y berganida agglyutininning 1 molekulasi ikki eritrositni bir-biriga boglaydi. Bu eritrositlarga yana boshqa eritrositlar qо„shiladi, ular g„uj bо„lib qoladi. Odamning qonida о„z eritrositlariga qarshi agglyutinin bо„lmaydi. Har qaysi odamning qonida faqat unga xos spesifik eritrositar agglyutinogenlar tо„plami bor. Hozirgacha odamlar qonida juda kо„p (400 dan ortiq) agglyutinogenlar topilgan. Ulardan 30 ga yaqini kо„proq uchraydi. Klinika uchun ABO va Rh (rezus) agglyutinogenlar tizimi katta ahamiyatga ega. ABO tizimi. K. Landshteyner qon guruhini о„rganib, 1901 yilda ABO tizimini kashf etdi. U odam eritrositlarini antigen xususiyatlariga kо„ra 4 guruhga bо„ldi. O (1) guruh eritrositlarda A, V antigen (agglyutinogen) yо„q. Ammo bu odamlarning qonida anti-A va anti-V antitanalar bor. Bu antitanalar α- va β- agglyutinindir. A (II) guruh eritrositlarida A-agglyutinogen, shu guruh plazmasida β - agglyutinin uchraydi. V (III) guruh V-agglyutinogen, β - agglyutininga ega. AV (IV) guruhda A va V agglyutinogenlar bor, ammo α va β- agglyutininlar uchramaydi. Markaziy Yevropa mamlakatlarida odamlarning 40% 0 (I) guruhga mansub, A (II) guruhi ham 40% ga yaqin, V (III) guruh– 10% ga yaqin, AV (IV) guruh taxminan 6%. Aksari odam eritrositlarida (85%) yana bir omil bor. Uni birinchi marta K. Landshteyner va I. Viner 1940 yilda makakus rezus maymun qonidan topishgan va rezus – faktor deb atashgan. Unga ega bо„lgan odam qoni – rezus-musbat qon, mazkur omil bо„lmagan rezus-manfiy qonga quyilsa, rezus- manfiy odam qonida anti – rezus agglyutininlar hosil bо„ladi. Shu rezus-manfiy odamga rezus-musbat qon ikkinchi marta qо„yilsa, Rh musbat eritrositlar anti-rezus agglyutinin ta‟sirida agglyutinasiyaga uchraydi, kichik kon tomirlarga tiqilib qoladi va hayot uchun xavf tug„diradi. Rezus-faktor bilan bog„liq bо„lgan ikkinchi kо„ngilsiz ahvol ona bilan homila о„rtasida rivojlanishi mumkin bо„lgan rezus-kelishmovchilik. Agar rezus-musbat erkakdan rezus-manfiy ayol homilador bо„lsa (bunday nikohlarning ehtimolligi 50% ga yakin), homilaga rezus-faktor otasi- dan о„tishi mumkin. Uning eritrositlaridagi rezus-faktor (antigen) yо„ldosh orqali ona qoniga о„tadi. Rezus- faktorga qarshi ona qonida anti – rezus-agglyutininlar paydo bо„ladi. Ular ham yо„ldosh orqali homila qoniga о„tadi va homila eritrositlarini agglyutinasiya va gemolizga uchratadi. Agar antirezus agglyutininlar konsentrasiya yuqori bо„lsa, bu jarayon kuchayib ketib, homilani halokatga olib kelishi mumkin. Rezus-mos kelmaslik uncha kuchli bо„lmasa, gemoliz natijasida bola sariq bо„lib tug„iladi. Uning terisini va shilliq pardalarini gemoglobindan kо„p miqdorda paydo bо„lgan bilirubin shu rangga bо„yaydi. Agar rezus-manfiy ayol rezus-musbat erkak bilan turmush qurgan bо„lsa, bu holatni oldini olish choralarini kо„rish kerak. Agglyutinasiya rivojlanishini о„rganish natijasida qon quyishning ikkita asosiy sharti shakllandi: 1) quyiladigan qon tanlashda donorning (qon beruvchi odamning) agglyutinogenlari resipiyent (qon oluvchi odam) qonida bir nomli ag- glyutininlar bilan uchramasligini ta‟minlash zarur; 2) donorning agglyutininlari hisobga olinmaydi – bu suyo‟lish qoidasi: oz miqdorda (200– 500 ml) quyilgan qonning plazmasi resipiyent qonida kо„p marta suyo‟lib ketadi, agglyuti ninlarning konsentrasiyasi keskin kamayadi va ular resipiyent eritrositlarini agglyutinasiyaga uchrata olmaydi. Bu qoidalarga rioya qilinganda I guruh qonni birinchi va boshqa uchta guruhga quyish mumkin. II guruhga mansub qonni ikkinchi va tо„rtinchi guruhga, III guruh qonni uchinchi va tо„rtinchi guruhga quyish mumkin. Keyingi yillarda faqat bir guruhdagi qon quyishga о„tish taklif qilindi. Buning sabablaridan biri shundaki, kо„p miqdorda qon quyilganda (4-5 l) donorning agglyutininlari suyo‟lmaydi va resipiyent eritrositlarini agglyu- tinasiyalaydi. Ikkinchidan, I guruh qoniga ega bо„lgan shaxslarning 10– 20% ida anti-A va anti- V agtlyutininlari borligi aniqlandi. Bo‟larning qoni boshqa guruhlarga quyilganda gemotransfuzion shok rivojlanib, halokatga olib kelishi mumkin. Bu xavfli holatning rivojlanish mexanizmi quyidagicha: eritrositlar bir-biriga yopishib qoladi, ulardan tromboplastin ajralib chiqib, tomirlarda qon- ni ivitadi, qon tomirlardan о„tmay qoladi. Hozirgi vaqtda qon quyish qoidalarini shunday ta‟riflash mumkin: donor va resipiyent qoni bir guruhga mansub bо„lishi kerak; rezus-manfiy odamga rezus- musbat qonni quyish mumkin emas; bir donorning qonini muayyan resipiyentga qayta quyishdan voz kechish kerak.
Qon hosil bо‘lishi (gemopoez) va uning boshqarilishi. Maxsus hujayralarning qiyoslanish jarayonida qon hujayralarining yetuk shakllari hosil bо„lishi g e m o p o e z deb ataladi. Hozir aksariyat olimlar tan olgan unitar nazariyaga kо„ra qon shaklli elementlarining hammasi yagona polipotent ustun hujayradan rivojlanadi. Ustun polipotent hujayralarning о„z-о„zini saqlab qolish qobiliyati juda yuqori. Har bir hujayra 100 martagacha mitotik ravishda bо„linishi mumkin. Ustun hujayralarning bir qismi limfopoezning о„tmishdoshi bо„lsa, ikkinchi qismidan miyelopoez boshlanadi. Limfopoezning о„tmishdosh hujayralari V- limfositlarning va T-limfositlarning о„tmishdoshlariga bо„linadi. V-limfositlarning о„tmishdoshi plazmoblast va proplazmositlar bosqichlaridan о„tib, plazmosit (yetuk V-limfosit) ga aylanadi. T-limfositlarning о„tmishdoshi avval limfoblastga aylanadi, prolimfosit bosqichidan о„tib, timusda T-limfositga aylanadi. Miyelopoyezni boshlovchi hujayralar ichida
eritropoetinga va
trombositopoetinga sezgir hamda maxsus muhitda koloniyalar hosil qiluvchi hujayralar tafovut qilinadi. Koloniya hosil qiluvchi hujayralardan avval monoblastlar, keyin promonositlar paydo bо„lib, monosit yetiladi. Monositlar esa turli xildagi makrofaglarga aylanadi. Trombositopoetinga sezgir hujayralardan megakarioblast paydo bо„lib, u promegakariosit va megakariositga aylanadi. Msgakariositlardan trombositlar ajralib chiqadi. Qonning hosil bо„lishi 19 kunlik embrionning sariq qopchasida boshlanadi. Bu gemopoezning mezoblastik davri. U embrion 4 oylik bо„lganda tugaydi. Gemopoezning ikkinchi jigar davri homiladorlikning 6- chi haftasidan boshlanib 5- oyida chо„qqisiga chiqadi. 4– 5 oylik homilada qon yaratilishi kо„mikka о„tadi. Ammo fetal eritropoez kattalarda qon yaratilishidan farq qiladi. Eritrositlar kichiklanib, soni kо„payadi. Ularda gemoglobin о„zgaradi: ilk bor paydo bо„lgan eritrositlarda primitiv gemoglobin (HbR), homilaning qonida asosan HbG„ va katta odamning qonida HbA uchraydi. Qon hosil bо„lishini asosan gumoral omillar boshqaradi. Har turdagi shaklli elementlarning hosil bо„lishi mustaqil yо„l bilan boshqariladi. Qon hosil bо„lishiga eritropoetindan tashqari, boshqa gormonlar ham ta‟sir qiladi. Masalan, androgenlar erit ropoezni kuchaytiradi. Eritropoez vitamin V 1 2 , V
6
va boshqa vitaminlarga muhtoj jarayon. Qon hosil bо„lishini nerv tizimi boshqarishi yaxshi о„rganilmagan. Gipotalamus gipofiz va vegetativ nerv tizimi orqali qon yaratilishiga sezilarli ta‟sir kо„rsatadi. Qon yaratilishini boshqarib turuvchi murakkab mexanizmlar juda aniq faoliyat kо„rsatadi. Shu tufayli, sog„lom organizmda yemirilayotgan qon tanachalarining miqdori hosil bо„layotgan miqdoriga teng bо„lib, ular о„rtasida doimo muvozanat saqlanib turadi. Nazorat uchun savollar: 1.Qon nima va uning organizm uchun ahamiyati nimada? 2.Qon qanday funksiyalarni bajaradi? 3.Qonning fizik xossalari. 4.Qon qanday komponentlardan iborat? 5.Qonning bufer sistemasi nima?
1. Rajamurodov Z.T., Rajabov A.L. “Odam va hayvonlar fiziologiyasi” T.: Tib. Kitob. 2010 y. 2. Nuriddinov.E.N. “Odam fiziologiyasi” T.: “A‟loqachi” 2005 y.206-207 bet 3. Almatov K.T., Allamuratov.Sh.I. “Odam va hayvonlar fiziologiyasi” T.: Universitet. 2004 y. 4. Xudoyberdiev.R.E.,I.K.Axmedov. “Odam anatomiyasi” T.: “Ibn Sino” 1993 y. 5. Ahmedov.A. “Odam Anatomiyasi” T.: “Iqtisod moliya” 2007 y. 6. R.Boxodirov “Odam anatomiyasi” T.: “O„zbekiston”, 2006 y.
7. I.K.Axmedov “Atlas
odam anatomiyasi”T.: “Uzb. Milliy
ensiklopediyasi”1998y. 8. Anatomy of the Human Body.Henry Gray.Nega Assefa Alemaya University Yosief Tsige Jimma University.In collaboration with the Ethiopia Public Health Training Initiative, The Carter Center, the Ethiopia Ministry of Health, and the Ethiopia Ministry of Education 2003. 22-227bet 9. Anatomy of the Human Body.Henry Gray.Nega Assefa Alemaya University Yosief Tsige Jimma University.In collaboration with the Ethiopia Public Health Training Initiative, The Carter Center, the Ethiopia Ministry of Health, and the Ethiopia Ministry of Education 2003. 269bet
1. www.tdpu.uz 2.
www.pedagog.uz
3. www.physiology.ru/handbooks.html 4.
www.curator.ru/e-books/b22.html
Download 301.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling