Mavzu: Qon guruxlarini aniqlash
Download 21.79 Kb.
|
qon guruxlari
Qon guruhlari
0 (I) guruh qon eritrositlarida agglyutinogen yo'q, qon plazmasida esa a va P agglyutininlar uchraydi. A (II) guruh qon eritrositlarida A agglyutinogeni, qon plazmasida esa p agglyutinini bo'ladi. B (III) guruh qon eritrositlarida B agglyutinogeni, qon plazmasida esa a agglyutinini bo'ladi. AB (IV) guruh qon eritrositlarida A va B agglyutinogenlari bo'ladi, plazmada esa agglyutininlar bo'lmaydi. Bir odamning qonini boshqa odamga qon guruhini hisobga ol-gan taqdirda qiyish mumkin. Qon beruvchi odam donor, qon oluvchi odam restipiyent deb ataladi. Qon quyishdan awal donorni va resti-piyentni qon guruhlari aniqianadi. Hozirgi vaqtda faqat bir guruhdagi qonni quyishga o'tilgan. Ya'ni I guruh qonni I guruh qonli odamlar-ga, II guruh qonni — II guruhga, III guruh qonni — III guruhga va IV guruhni — IV guruhga quyish mumkin. Rezus-faktor. Eritrositlarda asosiy aglyutinogenlardan tashqari birinchi marta makakus rezus maymuni qonida topilgan yana bir ortijj rezus-faktor bor. U 85 %ga yaqin odam qonida uchraydi va bunday qon rezus-musbat (Rh+) qon deyiladi. Rezus-faktor bolmagan q0n rezus-manfuy (Rh~) qon deyiladi. Bunday qonga ega odamda anti-rezus-agglyutinin bo'lmaydi. Agar rezus-manfiy qoni bo'lgan odarnga rezus-musbat qon quyilsa, rezus-manfiy odam qonida antirezus ag-glyutinin hosil bo'ladi. Shu rezus-manfiy qonli odarnga rezus-musbat qon ikkinchi marta quyilsa, Rh+ musbat eritrositlar antirezus agglutinin ta'sirida agglyutinatsiyaga va gemolizga uchrab gemotrasfu-zion shok kelib chiqadi. Rezus-faktor homilladorlikning kechishida alohida ahamiyat-ga ega. Agar rezus-musbat erkakdan rezus-manfiy ayol homilador bo'lsa, homilaga rezus-faktor otasidan o'tishi mumkin va rezus-musbat bo'lishi mumkin. Homila erirostlaridagi rezus-faktor yoidosh or-qali ona qoniga o'tib, unda antirezus-agglyutinin paydo qiladi. Im-munizatsiya sekin o'tgani uchun, birinch bola yaxshi tug'ilishi mumkin. Qayta homiladorlik ro'y bersa, ona qonidagi antirezus-agglyuti-ninlar yo'ldosh orqali homila qoniga o'tadi va homila eritrositlarini agglyutinatsiya va gemolizga uchratadi. Agar antirezus-agglyutinin-lar konsentratsiyasi yuqori bo'lsa, bu jarayon kuchayib ketib, homila halokatga uchrashi mumkin. Rezus mos kelmaslik uncha kuchli boimasa, bola gemolitik sariqlik bilan tug'iladi. Bunday holatda bo-laning qonini to'liq almashtirish kerak bo'ladi. Download 21.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling