8-sinf mustahkamlash ateroskeleroz


Download 1.43 Mb.
Sana19.06.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1623377
  • BIOLOGIYA
  • 8-sinf

MUSTAHKAMLASH

  • Ateroskeleroz
  • Gipertoniya
  • Gipotoniya
  • Miokard infarkt
  • Insult

MUSTAHKAMLASH

  • Arterial (maksimal, minimal), vena bosimi.
  • Qon bosimini o‘lchash
  • Puls (arterial puls, vena pulsi)
  • Pulsni o‘lchash

BIOLOGIYA

QON KETISHINING ORGANIZMGA TA’SIRI

  • Qon tomirlari jarohatlanib, ko‘p qon yo‘qotilganida qon bosimi pasayib ketadi, natijada organlarning qon bilan ta’minlanishi izdan chiqadi va odam hayoti uchun jiddiy xavf tug‘iladi. Odam 2-2,5 litr qon yo‘qotganida halok bo‘ladi.

KAPILLARLARDAN QON KETISHI

  • Terining kuchsiz jarohat olishi kapillarlardan qon ketishiga sabab bo‘ladi. Kapillarlardan qon ketishini to‘xtatish uncha qiyinchilik tug‘dirmaydi. Shikastlangan joy yuvilib, yod eritmasi bilan zararsizlantiriladi, keyin toza bint bilan bog‘lab qo‘yiladi.
  • Ba’zan burun devoridagi mayda kapillarlar jarohatlanib, burundan qon ketadi. Burundan qon ketishi sababini aniqlash uchun shifokorga murojaat qilish lozim.

VENALARDAN QON KETISHI

  • Venalardagi qon bosimi kapillarlardagiga nisbatan yuqori bo‘ladi. Shuning uchun shikastlangan joyda qon ivishidan hosil bo‘ladigan qon laxtasi yuvilib ketib, odam qon yo‘qotib qo‘yishi mumkin. Kichikroq venalar shikastlanganda tomir siqib bog‘lanadi va bemor shifoxanaga olib boriladi. Yirik venalardan qon ketganda arteriyalar shikastlanganida ko‘riladigan tadbirlar qo‘llaniladi.

ARTERIYALARDAN QON KETISHI

  • Arteriyalarda bosim yuqori bo‘lganidan qon jarohatlangan tomirdan favvora bo‘lib otilib chiqadi. Shuning uchun arteriyalardan qon ketishi hayot uchun juda katta xavf tug‘iradi. Qon ketishini to‘xtatish uchun jarohat joyi barmoq bilan bosib turiladi, qovuzloq qo‘yiladi. Qovuzloq 2 soatdan ortiq turmasligi lozim.
  • Qo‘l yoki oyoq arteriyalaridan qon ketishini qo‘l yoki oyoqni qattiq bukish orqali ham to‘xtatish mumkin.

ICHKI QON KETISHI

  • Ichki qon ketish hayot uchun juda xavfli bo‘lib, qorin va ko‘krak bo‘shlig‘i, oshqozon, ichak, bosh qutisi kabi organlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bunda kishining rangi oqaradi, yuza nafas oladi, tomir urishi sekinlashadi. Bunday hollarda zudlik bilan tibbiy yordam chaqirish zarur. Bemor yotqizilgan holatda tinch qoldiriladi, qon ketish gumon qilingan joy ustiga muz, qor, sovuq suv solingan polietilen xalta qo‘yiladi.

MUSTAHKAMLASH

  • Kapillarlardan
  • qon ketganda:
  • a) shikastlangan joy yuviladi
  • b) yod eritmasi bilan zararsizlantiriladi c) bint bilan siqib bog‘lanadi
  • Venalar
  • shikastlanganda:
  • a) kichikroq venalar shikastlanganda tomir siqib bog‘lanadi b) yirik venalar shikastlanganda qovuzloq qo‘yiladi
  • Burundan
  • qon ketganda:
  • a) burun sovuq suvda chayiladi
  • b) ustiga sovuq suvda ho‘llangan sochiq qo‘yiladi
  • c) shifoxonaga jo‘natiladi

MUSTAHKAMLASH

  • Arteriya va venadan qon ketganda
  • Burundan qon ketganda
  • Ichki qon ketish

MUSTAQIL BAJARISH UCHUN TOPSHIRIQLAR

  • 1. Darslikning 67-sahifasidagi “Tomirlardan qon ketganida birinchi yordam ko‘rsatish” mavzusini o‘qish.
  • 2. Lug‘at so‘zlarni yozib yod olish va mavzu so‘ngidagi “Oylab javob bering” topshirig‘ini bajarish.

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling