Mavzu: Qon tarkibi va uning turlari. Qon tomirlarining turlari. Reja: Qon tarkibi va uning turlari
Download 290.22 Kb.
|
Mavzu Qon tarkibi va uning turlari. Qon tomirlarining turlari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Trombositlar
Qonning shaklli elementlari
Qonning shaklli elementlariga eritrositlar, leykositlar va trombotsitlar kiradi. Ular qonning quyuq qismini tashkil etadi. Eritrositlar Eritrositlar (qizil qon tanachalari) – suyaklarning ko‘mik qismida hosil bo‘ladi. Eritrositlarning hosil bo‘lishi va soni normal miqdorda bo‘lishi odamning sog‘lig‘iga, ovqatlanishiga, jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishiga, quyoshning ultrabinafsha nurlarini yetarli qabul qilishiga bog‘liq. Ayniqsa, ovqat tarkibida oqsillar, temir moddasi, V guruhga kiruvchi vitaminlar yetarli miqdorda bo‘lishi zarur. Eritrositlarning asosiy vazifasi organinzmning barcha hujayralarini kislorod bilan ta’minlashdan iborat. Ular tarkibidagi gemoglobin o‘pkalardan kislorodni o‘ziga biriktirib hujayralarga yetkazadi, ularda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan karbonat angidridni yana o‘ziga biriktirib o‘pkalarga olib boradi. Eritrositlarning soni va ular tarkibidagi gemoglobin miqdorining kamayishi kamqonlik (anemiya) kasalligi deb ataladi. Bu kasalligning oldini olish uchun ovqat tarkibida oqsil, temir moddalari, vitaminlar yetarli miqdorda bo‘lishi, jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullanish, nafas oladigan havoning toza bo‘lishi kabilar katta ahamiyatga ega.
Leykositlar (oq qon tanachalari) – yadroli qon hujayralari bo‘lib, yadrosining shakliga va bo‘yalishiga qarab uch turga: monositlar-bir yadroli yirik leykositlar limfositlar-bir yadroli, lekin monositlardan bir oz maydaroq; donador leykositlar, ya’ni granulositlarga bo‘linadi. Leykositlar sonining ko‘payishi leykositoz, kamayishi leykopeniya deb ataladi. Leykositlar suyaklarning ko‘mik qismida va taloqda (limfositlar) hosil bo‘ladi. Leykositlarning asosiy vazifasi organizmni yuqumli kasalliklardan himoya qilishdir. Ular organizmga kirgan mikroblarni yutib, eritib yuboradi. Bu hodisa fagositoz deb ataladi. Leykositlarning bu xossasini atoqli rus olimi I.I. Mechnikov aniqlagan. Odam yuqumli kasalliklar bilan kasallanganda leykositlarning soni ko‘payib, 1mm3 qonda 10 20 mingga yetadi va undan ham ortishi mumkin. Odam uzoq vaqt davomida kam va sifatsiz ovqatlansa, bir necha kun, hafta davomida og‘ir mehnatdan charchasa, surunkali uzoq davom etuvchi kasalliklarda leykositlar soni kamayadi. Bu esa organizm nihoyatda kuchsizlanganligidan dalolat beradi.
Trombositlar (qon plastinkalari) – suyaklarning ko’mik qismida va taloqda hosil bo’ladi. Yadrosi bo’lmaydi. Past tabaqali umurtqali hayvonlar trombositlarning yadrosi bo’ladi. 1mm3 qonda 300-400 ming dona trombosit bo’ladi. Ular leykositlarga o’xshab 2-5 kun yashaydi. Trombositlarning asosiy vazifasi qonning ivishini ta’minlashdan iborat. Ularning soni kamayganda qonning ivish xossasi buziladi. Bunday odamning jarohatlanishi juda xavfli, chunki qon oqishini to’xtatish qiyin bo’ladi. Salgina urilish, turtilish natijasida badandan ko’karish (qon quyilishi) yuzaga keladi, o’z-o’zidan burundan qon kelishi mumkin. Shuning uchun trombositi kamaygan odam har xil shikastlanishlardan saqlanishi zarur. Trombosit tarkibida serotonin moddasi bo’lib, u qon tomirlarini toraytirish va qon ketgan vaqtda uning ivishini tezlashtirish xossasiga ega. Qon tomirlar katta-kichik shakldagi naylar tizimidan tuzilgan bo’lib, qonni barcha a’zo va to’qimalarga yetkazib berish va qonni faqat qon tomirlarda oqishini ta’minlaydi. Qon tomirlarga arteriyalar, arteriolalar, qon kapillyarlari(gemokapillyarlar), venullalar, venalar va arteriolavenullar anastomozlar kiradi. Tomirlar devorining tuzilishi. Kapillyarlardan tashqari boshqa qon tomirlarining devori bir xil qavatlardan iborat bo’ladi. Ammo, ular ham bir biridan bir necha xil xususiyatlari bilan farqlanadi. Tomirlar devori qavatlari: Ichki – tunica intima; O’rta – tunica media; Tashqi – tunica externa seu adventitia. Download 290.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling