Mavzu: Qon tarkibi va uning turlari. Qon tomirlarining turlari. Reja: Qon tarkibi va uning turlari


Tomirlar devorining ichki tuzilishi


Download 290.22 Kb.
bet3/3
Sana05.01.2022
Hajmi290.22 Kb.
#224440
1   2   3
Bog'liq
Mavzu Qon tarkibi va uning turlari. Qon tomirlarining turlari.

Tomirlar devorining ichki tuzilishi

Tomirlarning ichki qavati endoteliy, endoteliy osti qavati va elastik tolalardan iborat. Endoteliy epiteliy to’qimasining maxsus turi bo’lib, qon va to’qima suyuqligi o’rtasida yarimo’tkazgich vazifasini bajaradi. Endoteliy bazal membranada yotadi. Tomirlar ichki devorida bir tekis joylashadi, yadrosi bor qismi bo’rtib turadi. Tomir endoteliysining vazifalari turlicha:



  1. O’zidan antitrombotik omil ishlab chiqaradi. U qonning qon tomirlar ichida ivib qolmasligini ta’minlaydi.

  2. Mahalliy qon tomirlari tonusini va qon oqishini ta’minlab turadi.

  3. Ular immun hamda yallig’lanish jarayonlarida ishtirok etadi. Ular maxsus moddalar ishlab chiqaradi, ular interleykinlar deyiladi. Ular yallig’lanish o’chog’ida leykotsitlarning faollashishini ta’minlaydi.

Endoteliy osti qavati siyrak tolali shakllanmagan biriktiruvchi to’qimadan tashkil topgan bo’lib, o’zida ko’p miqdorda yulduzsimon hujayralar ham tutadi. Bu qavatda shuningdek, ko’ndalang yo’nalgan mushak hujayralarini ham uchratish mumkin.


Endoteliy osti qavatidan chuqurroqda siyrak elastik tolalar qavati joylashgan bo’lib, ular halqasiman va bo’ylama tartibda joylashgan.
Tomirlarning o’rta qavati halqasimon joylashgan mushak tolalari va ular orasidagi elastik va to’rsimon tolalardan iborat.
Tomirlarning tashqi ya’ni adventitsial qavati shakllanmagan biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan bo’lib, unda ko’p miqdorda kollagen va elastik tolalar bo’ladi. Tomirlarning tashqi qavati boshqa a’zolarning biriktiruvchi to’qimasi bilan qo’shilib ketadi. Tashqi qavatda tomirlarning tomiri(vasa vasorum) va nervi(nervi vasorum) joylashgan bo’ladi. Ular tomir devorining oziqlanishi va inervatsiyasini ta’minlaydi.
Arteriyalar devorining tuzilishiga ko’ra 3 guruhga bo’linadi: elastik tipdagi, mushak-elastik tipdagi va mushak tipidagi arteriyalar.

Kapillyarlarning qaysi a’zoda joylashishiga ko’ra bir necha xil bo’ladi. Birinchi turi uzluksiz kapillyarlar bo’lib, uzluksiz joylashgan endoteliy va bazal membranadan iborat. Ular terida, mushakda va nerv sistemasida bo’ladi. Ikkinchisi fenestrlangan kapillyarlar bo’lib, devori kichik teshikchalar tutgan endoteliy va uzluksiz bazal membranadan iborat. Fenestrlangan kapillyarlar ichak vorsinkalarida, endokrin bezlarida va buyrak koptokchalarida bo’ladi. Uchinchisi sinusoid kapillyarlar bo’lib, ilma-teshik endoteliy va uzuq-yuluq bazal membrana tutadi. Bu turdagi kapillyarlar suyak ko’migida, taloqda va ba’zi endokrin bezlarida uchraydi. Jigar hujayralarida sinusoid kapillyarlarning maxsus turi uchraydi. Ularning bazal membranasi umuman yo’q.


Arteriol-venulyar anastomozlar, u shunday tizimki, arteriyalarda oqayotgan qon kapillyarlarga quyilmasdan to’g’ridan to’g’ri venalarga o’tib ketadi. Tomirlardagi qon oqimining boshqarilishida va qon bosimini me’yorida ushlab turishda katta ahamiyatga ega. Ular tufayli qon a’zolarga keraklicha yetkaziladi.
Download 290.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling