Mavzu: Qo‘ng‘ir va diatom suvo‘tlari bo‘limi
Download 43 Kb.
|
5-mavzu Qo‘ng‘ir va diatom suvo‘tlari bo‘limi. Reja
Mavzu: Qo‘ng‘ir va diatom suvo‘tlari bo‘limi. Tallomi va hujayrasining tuzilishi. Hujayra qobig‘ining o‘ziga xos xususiyatlari. Vegetativ va jinsiy ko‘payishidagi o‘ziga xos xususiyatlari. Sentriksimonlar - Centrophyceae sinfi va uning asosiy vakillari. Patsimonlar - Pennatophyceae sinfi va uning asosiy vakillari. Diatom suvo‘tlarining tarqalishi va ahamiyati. Qo‘ng‘ir suvo‘tlar bo‘limi - phaeophytaio tallomining hamda hujayrasining tuzilishi. Pigmentlari. Monad tuzilishidagi hujayralarining o‘ziga xos xususiyatlari. Hujayralaridagi zaxira moddalari. Ko‘payishi. Sinflarga bo‘linishi. Izogeneratsimonlar - Isogeneratae, geterogeneratsimonlar - Heterogeneratae va siklosporasimonlar - Cyclosporeae sinflari, ularning asosiy vakillari va rivojlanish sikli. Qo‘ng‘ir suvo‘tlarning filogenezi, evolyusion aloqalari va xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Qo‘ng‘irtoifa suvo‘tiari bo‘limi – piiaeopiiycophyta Qo‘ng‘irtoifa suvo‘tlari xromatoforlarida xlorofill ,,a“ va ,,s“, beta karoijn hamda ko‘p miqdorda qo‘ng‘ir rang beruvchi ksantofillar, ayniqsa fukoksantin bo‘lishi bilan boshqa suvo‘tlaridan ajralib turadi. Ayniqsa, ular Shimoliy va Janubiy yarimsharlarning sovuq suvlarida kcng tarqalgan. Tallomining morfologik diflerensiatsiyasi bo‘yicha ular barcha suvo‘tlariga nisbatan murakkabroq tuzilishga ega. Jumladan, ularning ichida bir hujayrali, kolonial, shoxlamnagan yoki oddiy shoxlangan ipsimon vakillari uchramaydi. Eng oddiy tuzilgan qo‘ng‘irtoifa suvo‘tlari har xil ipsimon (geterotrixial), ko‘pchiligi esa plastinkasimon tuzilgan. Tallomining hujayralari kuchli shilimshiqlangan qobiqli bo‘lib, bir yadroli, hujayra shirasiga boy bir yoki bir necha vakuolli va har xil shakldagi hujayra qobig‘iga yaqin joylashgan xromatoforlarga ega. Ko‘payishi vegetativ, jinssiz va jinsiy. Vegetativ ko‘payish tallomining mexanik ravishda bo‘laklarga bo‘linishi natijasida yoki ayrim vakillarida (masalan, sfatsillariyada) maxsus uzilib tushuvchi kurtaklar hosil qilib amalga oshadi. Qo‘ng‘irtoifa suvo‘tlarining jinssiz ko‘payishi sistcmatik guruhlariga qarab har xil bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik vakillarida jinssiz ko‘payish zoosporalar vositasida amalga oshib, ular diploid o‘simliklarda yuzaga keluvchi bir uyachali zoosporangiylarda hosil bo‘ladi. Diktiotalar qabilasiga kiruvchi vakillarining bir uyachali sporangiylarida to‘rttadan aplanosporalar (tetrasporalar) yuzaga keladi. Zoosporalar va tetrasporalar hosil bo‘lishidan oldin rcduksion bo‘linadi va ulardan jinsiy bo‘g‘in — gaploid gametofit o‘sib chiqadi. Lekin ayrim qo‘ng‘irtoifa suvo‘tlarida (masalan, diktiotada) ham bir uyachali, ham ko‘p uyachali zoosporangiylar yuzaga kclib, ko‘p uyachali zoosporangiyda hosil bo‘lgan zoosporalar reduksion bo‘linmaydi va diploid zoosporadan yana diploid sporofit o‘sib chiqadi. Jinsiy ko‘payish qo‘ng‘irtoifa suvo‘tlarining nisbatan primitiv tuzilgan vakillarida izogamiya yo‘li bilan amalga oshib, gamctalar ko‘p uyachali gamctangiylarda hosil bo‘ladi. Qo‘ng‘irtoifa suvo‘tlarining ayrim vakillarida esa jinsiy ko‘payish gcterogamiya usulida borib, ular ham ko‘p uyachali gamctangiylardan yuzaga keladi. Lekin ba’zi gametangiylarda maydaroq, ayrimlarida esa yirikroq gamctalar paydo bo‘ladi. Nisbatan yuksak tuzilgan qo‘ng‘irtoifa suvo‘tlarida jinsiy ko‘payish oogamiya usulida amalga oshadi. Odatda, oogoniy va anteridiylarida bittadan gamctalar hosil bo‘ladi. Lekin fukus turkumli turlarining har bir anteridiysida 64 tadan spermatozoid, oogoniylarida esa 8 ta tuxum hujayra yuzaga keladi. Qo‘ng‘irtoifa suvo‘tlarining ayrim vakillarida ko‘payish a’zolarining yig‘ilgan to‘plamlari vujudga kelib, ular sorus deb ataladi. Masalan, diktiotada oogoniy va anteridiylar sorusi, laminariyada esa zoosporangiylar sorusi vujudga keladi. Shuningdck, ayrim vakillarining tallomi ustida maxsus shoxlangan nasi shoxchalari yuzaga kelib, ular retseptakullar deb ataladi. Rctseptakullar jinsiy a’zolarning hosil bo‘luvchi o‘rni bo‘lib, ko‘pinchalik noksimon chuqurchada (skafidiyada) tuxum hujayra va spermatozoidlarni vujudga kelliradi (masalan, fukusda). Qo‘ng‘irtoifa suvo‘tlarining ko‘pchilik vakillarida jinssiz va jinsiy bo‘g‘inlar gallanib turadi. Gallanish izomorf (gamctofit va sporofit bir xil tuzilishga va kattalikka ega) yoki getcromorf (gamctofit va sporofit har xil) bo‘lishi mumkin. Ushbu bo‘limga mansub suvo‘tlarida nasllarning gallanishi sistcmatik guruhlarga bo‘linishi uchun asos qilib olingan. Izomorf gallanishga ega bo‘lgan vakillari izogeneratasimonlar, geteromorf gallanib ko‘payuvchilari gctcrogeneratasimonlar, faqat jinsiy ko‘payish xususiyatiga cgalari esa siklosporasimonlar sinflariga biriktirilgan. Izogeneratasimonlar ajdodi (sinfi) — Isogcncratophyceac. Ushbu sinfning tipik vakilla¬ridan biri cktokarpus (Ectocarpus) bo‘lib, u qo‘ng‘irtoifa suvo‘tlari ichida eng primitiv tuzilishga ega. Ektokarpusning sporofit va ga¬mctofit tallomlari substrat bo‘ylab yozilgan iplardan va ulardan o‘sib chiqqan bir qator hujayralardan tashkil topgan hamda ko‘pincha rangsiz hujayralardan iborat tuklar hosil qiluvchi vcrtikal iplarni vujudga kcltiradi. U bir necha santimetr uzunlikdagi kichik tallomli bo‘lib, dengiz va okcanlarda keng tarqalgan. Jinssiz ko‘payishida bir uyachali zoo¬sporangiylarda gaploid zoospora¬lar, iqlim sharoiti o‘zgarganda esa ko‘p uyachali zoosporangiylarda diploid zoosporalar hosil qilishi mumkin. Ko‘p uyachali zoospo- rangiyda hosil bo‘lgan zoospora¬lar yana sporofitni, bir uyachali zoosporangiylarda yuzaga kelgan zoosporalar esa gamctofitni hosil qilib, izogamiya yo‘li bilan ko‘payadi. Geterogcncratasimonlar ajdodi (sinfi) Hetcrogeneratophyceae. Ushbu sinf yakillarining riasllar gallanishi gctcromar.f bo‘lib, gametofillari bir-birigao‘xshash, mikroskopik maysalar ko‘rinishi- da, ayrim turlarida bir-'nccha hujayralardan iborat ipsimon o‘sirttani tashkil etadi. Odatda, ayrim jinsli bo‘lib, erkak gamctofitida mayda hujayralar ko‘rinishidagi antcridiyda bittadan spcrnnatiazoid, urg‘ocHi gametofitining oogoniysida esa bittadan luxum hujayra yetiladi. Tuxum hujayrasi oogoniydan tashqariga chiqib otalanadi va undan sporofit o‘sib chiqadi. Sporofitlari sistcmatik guruhlariga qarab bir-biridan keskin farq qiladi va ko‘pinchalik suvo‘tlari ichida eng yirik, murakkab anatomik tuzilishga hamda sczilarli morfologik diffencnsiatsiyaga ega tallomlarini yuzaga kcltiradi. Download 43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling