Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion
Download 374.61 Kb. Pdf ko'rish
|
2-amaliy mashg\'ulot tarqatma
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-AMALIY MASHG`ULOT. Ziradoshlar - apiaceae oilasiga qisqacha tarif. Amaliy mashg‘ulotning maqsadi
- Topshiriqlar 1. Ziradoshlar oilasiga mansub o’simliklarni sanab bering 2. Ziradoshlar oilasiga mansub o‘simliklar ro‘yxatini shakllantiring
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI TERMIZ AGROTEXNOLOGIYALAR VA INNOVATSION RIVOJLANISH INSTITUTI O ‘RMONCHILIK, DORIVOR O‘SIMLIKLAR VA MANZARALI BOG‘DORCHILIK KAFEDRASI Q/F KOVRAK YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI fanidan amaliy mashg‘ulotlar uchun tarqatma material Bilim sohasi: 800000 – Qishloq va suv xo‘jaligi Ta’lim sohasi: 810000 – Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi Ta’lim yo‘nalishi: 5411100 – Dorivor o’simliklarni yetishtirish texnologiyasi Termiz tumani-2022 yil 2-AMALIY MASHG`ULOT. Ziradoshlar - apiaceae oilasiga qisqacha ta'rif. Amaliy mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarga ziradoshlar - apiaceae oilasi haqida ma’lumot berish. Ziradoshlar oilasi - ikki urug‘pallalilar ichida eng yirik oilalardan biri bo‘lib, Soyabongulnamolar (Umbelliflorales) qabilasiga kiradi. Bu oila soyabonguldoshlar (umbellifera) deb yuritilgan, sababi unga mansub o‘simliklarning tupgullari murakkab soyabondan iborat. Gullari aktinomarf , ikki qatorli kosacha bargli. Changchilari bir aylana bo‘lib , urug‘chisi bir urug‘ kurtakli. O‘tlar, chalabutalar , buta, liana va daraxtlardir. Ziradoshlar oilasi 300 turkumga oid 3500 ga yaqin turni o‘z ichiga oladi. Dunyoning hamma joyida tarqalgandir. O‘rta Osiyoda bu oilaning 93 turkumga mansub 420 turi uchraydi. O‘zbekitsonda 69 turkumga oid 198 tur o‘simlik o‘sadi. Ziradoshlar (Soyabonguldoshlar) oilasi muhim xo‘jalik ahamiyatiga ega. Ularning asosiy qismi o‘rta va suptropik iqlimda,Shimoliy yarimsharlarning subtropik mamlakatlarning tog‘li hududlarida o‘sadi. O‘simliklarning ko‘pchiligi bir va ko‘p yillik, ba'zilari buta, chalabuta, daraxtsimon shakldagi turlari ham mavjud. Masalan, Mirridendron- (Myrrhidendron). Poyasi asosan tik o‘suvchi (3 m gacha) ichi po‘kak bo‘lib, ba'zilari yotib o‘suvchi formalari ham uchraydi. Oila vakllarining orasida yostiqsimon chim hosil qiluvchi Azorella - Azorella, poyasiz, karlik holidagi bir yillik o‘tsimon turlari ham mavjud. Bu oilada barg plastinkasi reduksiyalanib, bigizsimon shaklga kirgan turlari ham uchraydi. Masalan, Janubiy Amerika botqoqliklarida uchraydigan Lilaeopsis turkumiga mansub o‘simliklar. O‘simlikning mayda gullari asosan murakkab soyabongullarni hosil qiladi. Ko‘pchilik turlari oddiy soyabon gullarda ba'zilari boshsimon to‘pgulni hosil qiladi. Masalan, Sanicula. Oddiy soyabongulning asosida ikkilamchi soyabongullarda uncha yirik bo‘lmagan barglar va kosachabarg mavjud. Oddiy va soyabongullar navbat bilan poyada joylashishi mumkin. Poyada joylashib, sershox gul to‘plamini hosil qiladi, Ularning markazi ancha rivojlangan bo‘ladi. Oila vakillari yer yuzida juda keng tarqalgan bo‘lib, uning asosiy qismi shimoliy yarim sharda shuningdek, tropik va subtropik mamlakatlarda o‘sadi. Ziradoshlar oilasining vakillari yer sharining dearli hamma qit'alarvda uchraydi, lyokin subtropik xududlarda ko‘prok tarqalgan. Ular ko‘p yillik juda yirik o‘tlardan iborat. Masalan, arxar ut (Angelikca ternata), gulpar (Heraclium) va boshqalarning buyi 3 metrgacha yetishi mumkin. Bir yillik o‘tlari ham bor. Ularning urug‘ida efir moylari va smola yo‘llari bo‘ladi. Umuman bu oila vakillari efir moylariga boyligi bilan ajralib turadi. Topshiriqlar 1. Ziradoshlar oilasiga mansub o’simliklarni sanab bering? 2. Ziradoshlar oilasiga mansub o‘simliklar ro‘yxatini shakllantiring? Download 374.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling