Subtropik mintaqalar


Download 37.72 Kb.
bet1/3
Sana08.03.2023
Hajmi37.72 Kb.
#1248395
  1   2   3
Bog'liq
Suptropik va tropik zona o\'simliklari


Mavzu: Suptropik va tropik zona o'simliklari hamda ularning ayrim turlari areallarini o'rganish
Reja:

  1. Suptropik va tropik zona o'simliklari

  2. Tropik cho‘llar tabiati. 

  3. Subtropik tabiati.


Subtropik mintaqalar - Yerning har ikki yarim sharidagi geografik mintaqalar, 30° va 40° kengliklar orasida joylashgan. Sovuq oyning oʻrtacha temperaturasi 0° dan yuqori. S.da yil boʻyi oʻsimliklar vegetatsiyasi davom etadi. Yoz bilan qishning havo temperaturasi katta farq qiladi. Yozda tropik, qishda moʻʼtadil havo massalari hukmron. Dengiz boʻyidan quruqlik ichiga kirib borgan sari yogʻin miqdori kamayibiqlim kontinentallashib boradi. Subtropik iqlimning 2 turi: materik subtropik iqlim va okean subtropik iqlim mavjud. Materik subtropik iqlimda yoz issiq va quruq, qish beqaror, nisbatan sovuq boʻladi. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 24—30°, yanvarda 0— 4° boʻladi. Yogʻin 300–500 mm, togʻlarning shamolga roʻpara yon bagʻrilarida 800–1000 mm. Okean subtropik iqlimga havo temperaturasining yil davomida keskin oʻzgarmasligi, yozda ancha past (20° atrofida), qishda iliq (12° chamasida) tra boʻlishi xos. Sm.da tuproq, asosan, qizil hamda kulrangjigarrang, sariqqoʻngʻir tuproklar. Oʻsimlik dunyosi xilmaxil. Choʻl va chala choʻllardan doim yashil oʻrmonlargacha mavjud. Har bir materikda Sm.ning 3 asosiy — gʻarbiy okean boʻyi yoki oʻrta dengiz boʻyi, kontinental va sharqiy okean boʻyi sektorlari ajratiladi. Kontinental Sm. materikning ichki qismlariga xos. Ularda yogʻin kam (200–400 mm), yanvarning oʻrtacha temperaturasi 0—4°, obhavo beqaror. Yoz issiq va quruq (28—30°). Yozda issiq 50° ga yetgani va qishda sovuq —10° dan past boʻlgani qayd etilgan. Yogin qish va bahorda yogʻadi. Oʻzbekistonda Surxondaryo viloyatining Termiz va Denov tumanlari shu mintaqada joylashgan. Asosan, choʻl va chala choʻl zonasiga kiradi. Su v bor yerlar oʻzlashtirilib, vohalarga aylantirilgan. Issiqsevar oʻsimliklar, jumladanmagnoliyapalma daraxti ekiladi, ingichka tolali paxta, shakarqamash, subtropik mevalar (limonxurmoapelsin va boshqalar) yetishtiriladi.Bu mintaqa materikning chekka shimoli va chekka janubida tarkib topgan.



Download 37.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling