Subtropik mintaqalar


Download 37.72 Kb.
bet3/3
Sana08.03.2023
Hajmi37.72 Kb.
#1248395
1   2   3
Bog'liq
Suptropik va tropik zona o\'simliklari

Subtropiklar tabiati. Afrikaning shimoli-g‘arbiy va janubi-g‘arbiy qismlarida qattiq bargli doimiy yashil o‘rmonlar va butazorlardan tashkil topgan subtropik zona joylashgan.

Shimoliy subtropikdagi Atlas tog‘larining 3 000 m dan tepa qismida qishda havo sovib (–10 –17°C gacha), qor yog‘adi. Ba’zi joylarda qorning qalinligi 2 m ga yetadi. Sohil va tog‘ yonbag‘irlarida makvis, zaytun, pakana palma, probka emani (dub) o‘rmonlari, yuqoriroqda yirik atlas kedri, tis (butasimon daraxt), yana balandroqda (1 500-3 000 m) keng bargli o‘rmonlar, undan balandda alp o‘tloqlari joylashgan. Bu zonada hayvon turlari ko‘p. Kattaligi quyonday keladigan o‘txo‘r daman tog‘larda to‘da bo‘lib yashaydi. Uni ovlashadi va go‘shtini iste’mol qilishadi. Yana turli kemiruvchilar, dumsiz makaka, yirtqichlardan chiyabo‘ri, yovvoyi mushuk, qoplon, sirtlon, sudralib yuruvchilardan kaltakesak, ilon, echkemar, toshbaqalar yashaydi. Ba’zan chigirtkalar bosqinidan qishloq xo‘jaligi ancha zarar ko‘radi.

Janubiy Afrika subtropik landshaftida kiрaris, kap zaytuni, kumush daraxti, kedr, Afrika yong‘og‘i, kap kashtani, sariq daraxt va turli o‘t o‘simliklar o‘sadi.
Asosan, subtropik mintaqalarits yetishtiriladi. Oranjereya yoki transheyalarda, shuningdek, uy sharoitida oʻstiriladi. S.oʻ.ning sovuqqa chidamliligi turlicha. Masalan, limon sovuqqa chidamsiz, anjir, anor, xurmo chidamliroq. Oʻzbekistonda S.oʻ.ning baʼzi turlari (apelsin, mandarin, limon va boshqalar) oranjereya yoki transheyalarda, shuningdek, uy sharoitida oʻstiriladi. Soʻnggi yillarda subtropik mevalar Shreder nomidagi Bogdorchilik, uzumchilik va vinochilik institutining Janubiy Oʻzbekiston tajriba stansiyasida, Toshkent viloyati Qibray tumanidagi limonariy shirkat xoʻjaligida, Surxondaryo viloyatidagi Denov oʻrmon xoʻjaligida va boshqa bir qancha viloyatlardagi ayrim xoʻjaliklarda, shuningdek, tomorqalarda oʻstirilib, koʻchatlari yetishtirilmoqda.
Download 37.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling