Mavzu: qonun tushunchasi uning mohiyati va falsafiy talqini


Download 103.12 Kb.
Sana16.04.2023
Hajmi103.12 Kb.
#1360603
Bog'liq
REFERAT Hujaqulov.A




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI



“IQTISODIYOT” KAFEDRASI
“FALSAFA” fanidan
R E F E R A T

MAVZU: qonun tushunchasi uning mohiyati va falsafiy talqini.


Tekshirdi:Primov.M


Tayyorladi:Hujaqulov.A


TOSHKENT-2023


Reja:
1.Qonun haqida tushuncha
2.Falsafada qonun tushunchasi
3.Qonun va qonuniyat


1. Qonun (falsafada) — narsa va hodisalar oʻrtasidagi muhim, zaruriy, barqaror, takrorlanuvchi munosabat. Mazkur munosabat obyektiv voqelikka mansub boʻlsa, u voqelik Qonunlari deb yuritiladi. Voqelik Qonunlarining inson tomonidan oʻrganilib, muayyan nazariy tilgʻa koʻchirilishi fan Qonunlari deyiladi. Shu jihatdan fan Qonunlari voqelik Qonunlarining tafakkurda inʼikos etilishidir. Fan Qonunlari, oʻz navbatida, aks ettiruvchi obʼyektiga koʻra, tabiat Qonunlari, jamiyat Qonunlari, tafakkur Qonunlariga boʻlinadi. Tasodifiy yoki oʻtkinchi munosabatlar esa Qonunni asoslashga yetarli emas. Zaruriylik Qonunning muhim belgisidir, chunki undan kelib chiqadigan natijalarning yuz berishi muqarrardir. Qonun tushunchasining mohiyati qonuniyat tushunchasiga yaqin turadi. Qonuniyat Qonundan farqli ravishda sistemaning oʻzgarishlaridagi barqaror jihatlarni va yoʻnalishlarni ifodalaydi. Shu jihatdan, fanda statistik va dinamik qonuniyatlarga tayanib ish yuritiladi. Dinamik qonuniyatlarda oʻrganilayotgan jarayonlarning kelajagi aniq, muayyan va bir xil koʻrinishda bashorat qilinadi, yaʼni sistemaning kelajakdagi holati uning oldingi holati bilan uzviy bogʻlangan boʻladi. Statistik qonuniyatlarda esa, jarayonlarning kelajagini bashorat qilish ehtimol shaklida boʻlib, muayyan miqdordagi tasodiflar ichidan roʻyobga chiqishi mumkin boʻlgan ehtimollar nazarda tutiladi, yaʼni bunda bir qancha oʻzaro bogʻlangan aloqadorliklar ichidan roʻyobga chiqishi mumkin boʻlgan imkoniyat darajasi ehtimollik bilan chamalab olinadi. Qlar obʼyektlar oʻrtasidagi, sistema rivojlanishining turli holatlari va bosqichlari oʻrtasidagi aloqadorliklarni ifodalaydi. Qonunlar oʻzining umumiylik darajasi va taʼsir etish doirasiga koʻra, xususiy. umumiy va eng umumiy Qonunlarga boʻlinadi. Xususiy Qonunlar narsa va hodisalar oʻrtasidagi nisbatan tor doiragi achoqalarni funknional tarzda aks ettiradi (mas. mexanikada tezliklarni qoʻshish Qonunlari). Umumiy Qonunlar narsa va hodisalarning umumiy xossalari oʻrtasida munosabatni, eng umumiy Qonun lar esa tabiat, jamiyat, tafakkur rivojining eng umumiy munosabatlarini, tomonlarini, taraqqiyotini, tendensiyalarini ifodalaydi. Butun olam tortishish Qonuni umumiy Qonunga, olamning rivojlanish Qonunlari esa engʻ umumiy Qonunga misol boʻlishi mumkin. Umumiy Qonunlar bilan xususiy Qonunlar oʻrtasida oʻzaro bogʻliqlik mavjud. Umumiy Qonunlar xususiy Qonunlar orqali amal qiladi, xususiy Qonunlar esa umumiy Qonunlarning bir koʻrinishi boʻlib, obyektiv xarakterga ega. Qonunlar, birinchidan, narsa va hodisalar va ular orasidagi munosabatlarning mohiyati, sababi, kelib chiqishi, rivojlanish tendensiyasini tushuntiradi; ikkinchidan, Qonun hodisadagi rivojlanish tendensiyasi va yoʻnalishini aks ettirish orqali jarayonlarning kelajagini bashorat qilish funksiyasini bajaradi. Tabiat va jamiyat Qonunlari obyektiv jarayonlarni aks ettiradi. Agar tabiat Qonunlari bizga stixiyali tarzda boʻlib koʻrinsa, jamiyat Qonunlari esa kishilarning ongli faoliyatida namoyon boʻladi. Qonunlarni bilish asosida kelajak haqida bashorat qilish, tabiiy va ijtimoiy jarayonlarni boshqarish mumkin. Tafakkur Qonunlarini mantiq fani oʻrganadi. Qonunlar haqida Forobiy, Xorazmiy, Fargʻoniy, Beruniy, Ibn Sino, Ulugʻbek kabi mutafakkirlar maxsus risolalar yozishgan. Huquqqa doir, xususan, shariat Qonunlariga oid asarlar ichida Burhoniddin Margʻinoniyning "Xidoya" kitobi dunyoga tanilgan. Qonunlarni anglab olish, bilish olamning rivojlanish xususiyatlarini bilib olish va uni oʻzlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

2. 5. QONUN VA FALSAFA QONUNLARIFalsafada qonun tushunchasi va uning moxiyati. Tabiat va jamiyat qonunlaridagiumumiylik va tafovut. Eng umumiy, umumiy va xususiy qonunlar, ularning o‘zaro aloqadorligi.Qonun va qonuniyat. Dialektikaning asosiy qonunlari: miqdor va sifatning o‘zaro o‘tish qonuni.Respublikamizda mustaqillik tufayli ro‘y berayotgan tub sifat o‘zgarishlari va ularning moxiyati.Dialektik ziddiyatlilik qonuni va uning moxiyati. Bu qonunning tabiatda, jamiyatda,ilmiy bilishda namoyon bo‘lishining o‘ziga xos xususiyatlari. Dialektik ziddiyatlar va ularningturlari: ichki va tashqi, asosiy va noasosiy, antogonistik va noantogonistik ziddiyatlar.Ziddiyatlarni bartaraf etish yo‘llarini bilishning amaliy va ilmiy axamiyati. Qarama-qarshilik ziddiyatlilikning bir ko‘rinishi sifatida.Inkorni inkor qonuni, uning moxiyati. Mustaqillikni mustaxkamlash jarayonida vorislikka munosabat. Bu jarayonning milliy mafkurani shakllantirish va komil inson tarbiyasiuchun axamiyati. 6.FALSAFA FANI KATEGORIYALARIFalsafiy toq kategoriyalari, ularning olamni falsafiy bilishdagi o‘rni. Falsafakategoriyalarining xususiy fanlar kategoriyalaridan farqi.Olamdagi umumiy aloqadorlikni ifodalovchi kategoriyalar: ayrimlik, xususiylik vaumumiylik, moxiyat va xodisa. Narsa va xodisalar tuzilishini aks ettiruvchi kategoriyalar: mazmunva shakl, butun va qism, sistema, struktura va element.Narsa va xodisalar o‘rtasidagi sababli bog‘lanish (determinizm)ni anglashga imkonyaratuvchi kategoriyalar: sabab va oqibat; zaruriyat va tasodifiyat; imkoniyat va voqealik.7.FALSAFA FANI TAMOYILLARIFalsafaning asosiy tamoyillari: narsa va xodisalarni har tomonlama va o‘zaro munosabatdataxlil etish tamoyili; narsa va hodisalarning o‘zaro aloqada va bir-birini taqazo etishda olib qarashbilan birga ularning doimiy xarakatda, o‘zgarishda, rivojlanishda olib qarash tamoyili, narsa vahodisalarni o‘z-o‘zidan paydo bo‘lish, rivojlanish va yo‘qolish (boshqa xolatga o‘tish) jarayonidaolib qarash tamoyili, har qanday narsa va xodisani taxlil etishda unga aniq (konkret) tarixiy nuqtainazardan yondashish tamoyili.8.FALSAFA FANINING BILISH NAZARIYASIBilish – voqealik in’kosi. Bilish muammosining falsafada qo‘yilishi va xal qilinishi.Agnostitsizm – bilish mumkinligini inkor etuvchi ta’limot, uning ijtimoiy – gnoseologikildizlari. Bilishning ob’ekti va sub’ekti. Sub’ektning aktivligi va bilimning ob’ektivliligi. Bilishziddiyatli, murakkab, dialektik jarayon. Bilish jarayonida amaliyotning roli. Bilishning asosiybosqichlari. Xissiy bilish va uning shakllari: sezgi, idrok, tassavvur. Aqliy bilish va uningshakllari: tushuncha, xukm, xulosa. Xissiy va aqliy bilishning birligi. Bilish jarayonida ijod,intuitsiyaning roli va hozirgi zamon falsafasida bularning ifodalanishi.Xaqiqat tushunchasi. Xaqiqatning ob’ektivligi. Nisbiy va mutloq xaqiqatdialektikasi. Xaqiqatni bilishda amaliyotning roli.


3. Milliy g'oya qonun va qonuniyatlari haqida gapirar ekanmiz bevosita falsafa qonunlari haqida ham to'xtalib o'tish lozim. Tabiat va jamiyatda insonning ongiga bog'liq bo'lmagan holda mavjud bo'lgan biri ikkinchisini taqozo qiluvchi qonunlardir. Falsafa qonunlari tizimida dialektik ziddiyatlilik qonuni markaziy o'rinni egallaydi. Qonunning muhim jihatlarini aniqlash uchun uning asosiy kategoriyalarini ko'rib chiqish kerak. Tahlilni qarama-qarshilik tushunchasidan boshlaymiz.


Qonun falsafiy jihatdan narsa va hodisalar o'rtasidagi muhim, zaruriy, barqaror, takrorlanuvchi munosabat. Mazkur munosabat ob'yektiv voqelikka mansub bo'lsa, u voqelik qonulari deb yuritiladi. Voqelik qonunlarining inson tomonidan o'rganilib, muayyan nazariy tilg'a ko'chirilishi fan qonunlari deyiladi. Shu jihatdan fan qonunlari voqelik qonunlarining tafakkurda in'ikos etilishidir. Fan qonunlari, o'z navbatida, aks ettiruvchi ob'yektiga ko'ra, tabiat qonunlari, jamiyat qonunlari, tafakkur qonunlariga bo'linadi.


Tasodifiy yoki o'tkinchi munosabatlar esa qonunni asoslashga yetarli emas. Zaruriylik qonunning muhim belgisidir, chunki undan kelib chiqadigan natijalarning yuz berishi muqarrardir. Qonun tushunchasining mohiyati qonuniyat tushunchasiga yaqin turadi. Qonuniyat qonundan farqli ravishda sistemaning o'zgarishlaridagi barqaror jihatlarni va yo'nalishlarni ifodalaydi. Shu jihatdan, fanda statistik va dinamik qonuniyatlarga tayanib ish yuritiladi. Dinamik qonuniyatlarda o'rganilayotgan jarayonlarning kelajagi aniq, muayyan va bir xil ko'rinishda bashorat qilinadi, ya'ni sistemaning kelajakdagi holati uning oldingi holati bilan uzviy bog'langan bo'ladi. Statistik qonuniyatlarda esa, jarayonlarning kelajagini bashorat qilish ehtimol shaklida bo'lib, muayyan miqdordagi tasodiflar ichidan ro'yobga chiqishi mumkin bo'lgan ehtimollar nazarda tutiladi, ya'ni bunda bir qancha o'zaro bog'langan aloqadorliklar ichidan ro'yobga chiqishi mumkin bo'lgan imkoniyat darajasi ehtimollik bilan chamalab olinadi. qonunlar ob'yektlar o'rtasidagi, Sistema rivojlanishining turli holatlari va bosqichlari o'rtasidagi aloqadorliklarni ifodalaydi. Qonunlar o'zining umumiylik darajasi va ta'sir etish doirasiga ko'ra, xususiy, umumiy va eng umumiy qonunlarga bo'linadi. Xususiy qonunlar narsa va hodisalar o'rtasidagi nisbatan tor doiragi aloqalarni funksional tarzda aks ettiradi (masalan fizika qonunlari mexanikada tezliklarni qo'shish qonunlari, butun olam tortishish qonuni). Umumiy qonunlar narsa va hodisalarning umumiy xossalari o'rtasida munosabatni, eng umumiy qonunlar esa tabiat, jamiyat, tafakkur rivojining eng umumiy munosabatlarini, tomonlarini, taraqqiyotini va boshqa holatlarni ifodalaydi. Butun olam tortishish qonuni umumiy qonunga, olamning rivojlanish qonunlari esa eng umumiy qonunga misol bo'lishi mumkin. Umumiy qonunlar bilan xususiy qonunlar o'rtasida o'zaro bog'liqlik mavjud. Umumiy qonunlar xususiy qonunlar orqali amal qiladi, xususiy qonunlar esa umumiy qonunlarning bir ko'rinishi bo'lib, ob'yektiv xarakterga ega.
Download 103.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling