Mavzu: qo’qon xonligida davlat va huquq xonlikning qisqacha tarixi
Download 23.16 Kb.
|
1 2
Bog'liqtarixxx
Qo’qon xonligi huquqi. Bir guruh mamsablar borki, ularni shariat, odil sudlovga tegishli mansablar deyish mumkin. Bularga fiqhshunos - mudarris - huquqdan dars beruvchi olim, professor; shayhulislom - musulmonlar jamoasi (diniy ishlar)ning oliy boshligi; shayhulmashoyix - muqaddas joylar mutasaddisi, qozi ul-quzzot - qozilar qozisi (qozi sudlarining hukm va qarorlarini apellyatsiya instansiyasi tartibida qayta koʻradigan sud), qozilar, qozi askar - harbiy qozilar, a’lam-huquqshunos - maslahatchi mufti kabi lavozim egalari kiradi.
Qo’qon xonligida musulmon dini va huquqiy falsafasi asosiy huquq manbasi hisoblangan. Huquqiy munosabatlarni tartibga solishda huquq manbai sifatida: a) musulmon huquqi; b) dunyoviy huquq (hukmdorlarning me’yoriy (norma) sifatidagi farmon, yorliqlari; v) odat huquqlari qo’llanilgan. Bu davrda huquqning yuridik manbalari xilma-xilligidan qat’i nazar, shariat huquqi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda asosiy manbaligicha qoldi. Boshqa manbalar shariatga zid kelmasagina qoʻllanilardi. Shuning uchun bu davlatlarda ham, xuddi avvalgi davrlardagidek, musulmon huquqining toʻrt manbai: Qur’on, Sunna-hadislar, ijmo, qiyos asosiy manbalar hisoblangan. Ular asosida yaratilgan Burxonniddin al-Margʻinoniyning “Hidoya” asari , Ubaydulla bin Mahbubiy tomonidan unga yozilgan “ Muxtasar” kabi fiqhiy qoʻllanmalar avvalgidek oʻz ahamiyatini saqlab qoldi va keng qoʻllanildi. Bulardan tashqari, ushbu xonliklarda, ayniqsa, jinoyat huquqi borasida hatto shariatga zid boʻlgan mezonlar va jazo choralari (masalan, “empale”) boʻlgan. Ular aniq bir huquqiy holatga nisbatan hukmdor tomonidan belgilangan. Bu yerda ham asosiy huquq manbai shariat boʻlib, qozoq va qirgʻizlar yashaydigan joylarda odat huquq ushrining ahamiyati kuchli edi. Yer, suv, davlat xizmati bilan bogʻliq ba’zi masalalar xonlarning farmonlari bilan ham tartibga solinishiga qaramasdan, yer, suv, oila va nikoh, vorislik huqukugari deyarli barcha xonliklarda bir xil boʻlgan. Bu huqugʻutrning asosiy belgilari respublikamiz olimlarining asarlarida yoritib berilgan. Ammo jinoyat va jazo masalalarida har bir xonlikda shariatga zid koʻpgina oʻziga xos usullar ham qoʻllanilgan. Ularning barchasida, jumladan, Qoʻqon xonligida qonunsizlik ildiz otgan. Chunki, hukumat ishida shariatdan boshqa muntazam qoidalar boʻlmagani holda, ularga zid ravishda fuqarolar davlat boshliqla rining quli sanalib, puli va moli ham davlatnikidek hisoblanar edi. “Agar biror odamni oʻz xohishlaricha gu nohkor topsalar, - deb yozgan edi bu haqsa Mahdum Hoji,- ani urub va qaggiq azobga hukm qilib, tamom molu am volini podsholikka deb olur edilar. Balki ul gunohkor ning gunohsiz xeshu aqrabolari ham ul gunohidin holi boʻlmas edi.” 1 Bundan koʻrinib turibdiki, azoblash (tan jazosi), qatl etish, mol-mulkini musodara qilish kabi uch xil jazo birdaniga qoʻllanilgan, javobgarlik gunoh korning qarindoshlariga ham yoyilgan, oʻzbek xonlikla rida, jumladan, Qoʻqon xonligida jinoyat huquqining asosiy xususiyatlari akademik H.S.Sulaymonovaning il miy ishlarida batafsil yoritilgan.2 Bu hakda boshqa bir qancha manbalar ham boy ma’lumot beradi. Jinoyatlar davlatga qarshi qaratilgan, diniy, mulk ka, shaxsga, oilaga qarshi qaratilgan jinoyatlarga boʻlin gan. Davlat jinoyatlari diniy jinoyatlar bilan chatish ganligidan har bir davlat jinoyati diniy jinoyatchi soblangan. Ularga hukmni faqat xon chiqarib, deyarli barcha hollarda oʻlim jazosi berilgan. Davlat jinoyatchilariga tayinlangan oʻlim jazosi ba’zi hollarda sazoyi qilish bilan birga boʻlib, osib oʻldirish shaklida ijro etilgan. “Davlatga qarshi isyonda ayblangan Musulmonqul asirga olinib... bir necha davlat xodimlari bilan Hoʻqandga yuborib, ikki odam boʻyi ba land taxt barpo etib, Musulmonqulni ul taxtga uzasiga oʻtqazib, haloyiqqa ibrat boʻlsin deb bir necha kun tut quzub, oxiri xonning amiri ila dorgʻa osdilar.” Sazoyi qilish jazosi ham ogʻir shaklda qoʻllanilgan. Jumladan, Rusiya askarlari bilan urisha olmay, Oqmasjidga qochgan Hoʻqand qoʻshini boshligʻi Shodmonqul sa zoyi qilingan. Uning ijrosini Maxdum Hoji quyidagicha tasvirlaydi: “Hoʻqand oʻrtasida jome’ azimning oʻrtasida Sh odmonqulning boshiga xotinlar roʻmolini oʻra tib, oldiga charx duk qoʻyib, sharmandayu sharmisor qilibdurlar.” 1 Bu oʻrinda harbiy jinoyat - urush maydoni ni tashlab qochish uchun tayinlangan jazoni koʻrish mum kin. Sazoyi qilishning keng qoʻllanilishini boshqa manbalar qam koʻrsatadi. Jumladan, 1813-1814-yillarda rus savdo karvonining tarjimoni sifatida Qoʻqonda boʻlgan F.Nazarov quyidagilarni yozib qoldirgan: “Xuku mat savdogarlarni kam oʻlchab, oshiqcha tortmasliklari ustidan qattiq nazorat qiladi. M yening koʻz oʻngimda kam oʻlchab, kam tortib bergan bir kimsani yalangʻoch holda koʻ chalarda qamchi urib, olib yurganlarini koʻrdim.” Jazoning maqsadi keltirilgan zararni qoplash hamda xalqni qoʻrqitishdan iborat edi. Jazo ochiq holda toʻp langan xalq oldida talioniya prinsipi asosida ijro etilgan. Bunga Kur’ondagi “ Biz jonga jon, koʻzga-koʻz, burunga-burun, tishga-tish, jarohatlashni buyurdik”, de gan koʻrsatmalari asos qilib olingan. Boy kishilar tan jazolaridan jarima bilan qutulib qolishlari mumkin edi. Bir yoki ikki marta darra urish “siyosat” yoki urish bilan qoʻrqitish deb atalgan. Ozodlikdan mahrum qilish jazosi zindonda oʻtalgan. Zindonda chayon, kanalar bilan toʻldirilgan maxsus xonalar boʻlgan yoki ba’zi hollarda aholiga chayon soliq solinib, ular yigʻilgach, mahbus ustiga tashlangan. Ba’zi hokimlar oʻz dushmanlariga nisbatan hech bir qoida-qonunga, shariat qoidalariga toʻgʻri kelmagan jazolarni qoʻllaganlar. Ma’lumki, empale, ya’ni qoziqqa oʻtqazib jazolash jazosi asosan, Oʻrta asr Sh arqiy Yevropa davlatlarida mavjud edi. Oʻzbekiston davlati va xuquqiga oid tarixiy manbalar orasida bu jazo mavjud boʻlganligini koʻrsatuvchi manba va misollar deyarli yoʻq. Ammo Qoʻqon xonligida ba’zi hokimlarning ana shu jazoni qoʻllaganliklariga guvohlik beruvchi ma’ lumot Mahdum Hojining asarida uchraydi: “ Ba’zi bir hokimlar gunohkorning ostiga qoziq qoqib, tiriklay holda ustiga oʻtkuzub, ul bechora bir necha kun xodaning Download 23.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling