Mavzu: qo’qon xonligida davlat va huquq xonlikning qisqacha tarixi


Download 23.16 Kb.
bet1/2
Sana22.04.2023
Hajmi23.16 Kb.
#1379480
  1   2
Bog'liq
tarixxx


MAVZU: QO’QON XONLIGIDA DAVLAT VA HUQUQ
Xonlikning qisqacha tarixi. XVIII asr boshlariga kelib Fargʻona vodiysida ishlab chiqarish nisbatan yuksala boshlaydi. Buxoro amirligi tarkibida boʻlgan bu davlatda asosan, oʻzbeklar ming qabilasining ta’siri kuchli edi. Uning a’zolari Fargʻonani Buxoro ta’siridan ajratib olishga harakat qilardilar. Buning natijasida, 1710-yilda shu qabiladan boʻlgan Shohruhbiy hozirgi Chust yaqinidagi Chodak xoʻjalarining hokimiyatini agʻdarib, Buxoro amirligiga boʻysunmagan mustaqil mulk tuzdi. Bu voqea natijasida yangi oʻzbek xonligini tashkil topishiga olib keldi.
Olimxon davrida /1800-1809/ harbiy islohot oʻtkazilib, kuchli armiya tuzildi. Ohangaron. Chimkent va Turkiston Qoʻqon xonligiga qoʻshib olindi. 1805-yilda u o’z davlatini rasman Qoʻqon xonligi deb atab, “xon” unvonni oldi hamda markazlashgan davlat tuzishga harakat qildi. Umarxon esa oʻz hukmronligi davrida /1810-1822/ Qo’qon shahrida jome’ masjidi qurilishiii boshlab yubor ganligi tufayli "amir al-muslimin” - musulmonlar amiri unvonini oldi. Turkiston shahri qoʻlga kiritilgach, uning atrofi va Sirdaryoning o’rta oqimigacha boʻlgan qozoq dashtlari ham aholisi bilan xonlik tarkibiga kirib, Orenburgga boradigan savdo yoʻllari tutashgan joyda Qoʻqon xonligining chegara qal’asi - Oqmachit qurildi. Keyinchalik, xonning oʻgʻli Muqammad Alixon davrida /1822-1841/ Qorategin, Koʻlob, Darvoz viloyatlari bosib olinib, xonlikka qoʻshildi. Xonlik to Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinguncha , ya’ni 1876 – yilgacha mavjud bo’ldi.

Davlat tuzumi. Qoʻqon xonligi bir kishining mutlaq hukmronligiga tayangan (mutlaq monarxiya) oʻrta asr davlati boʻlib, uning tepasida qadimiy turk odatlariga koʻra saylanadigan (koʻtariladigan) xon turardi.Xon davlatni fuqaro, harbiy amaldorlarga va musulmon ruhoniylarga tayangan holda boshqaradi. Qoʻqon xonligidagi davlat mansablariga kelganda, Xiva va Buxoro davlatlaridagidek mansablarning koʻpchiligi unda ham mavjud boʻlgan, ammo bajaradigan vazifalarida ba’zan farqlar uchraydi. Tarixchi Mahdum Hojining “Turkiston tarixi” asarida 24 mansabga ta’rif berilgan. Jumladan, qushbegi - Qoʻqon xonligida xon xuzurida gi maslahatchi boʻlib, u biror katta shaharga mustaqil xokimlik ham qilgan.


Download 23.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling