Mavzu: Qo‘qon xonligida sud-xuquq tizimi Mundarija: Kirish I bob. Qo’qon xonligining tashkil topishi va ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli
Kitobdor – saroy kitobxonasi uchun javob beradigan amaldor. Risolachi –
Download 70.98 Kb.
|
Qo‘qon xonligida sud-xuquq tizimi 5
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chopquchi
Kitobdor – saroy kitobxonasi uchun javob beradigan amaldor.
Risolachi – elchilar va ularning xat-xabarlariga javob berish uchun mas’ul bo‘lgan saroy amaldori. Jam’og‘a – xonning suhbati, qabuli hamda bazmlariga ishtirok etuvchilarga xabar berib, chaqirib keladigan saroy amaldori. Jarchi – xalq yig‘iladigan ommaviy joylarda xonning farmon va buyruqlarini jar solib (baland ovoz bilan) e’lon qiladigan shaxs. Chopquchi – pichoq yasovchi, xon saroyidagilar uchun qurollar (pichoq, xanjar qilich) yasab, qo‘rchi vazifasini ham bajargan. Shotir – xon rikobi oldida yuradigan hizmatchi, odamlarni xon kelishidan xabardor etib, ularni ta’zimga chorlab turgan. Udaychi – xon rikobi oldida yurib, uning sha’niga baland ovoz bilan maqtovli so‘zlar va hamdu sanolar aytib boruvchi hizmatchi. YUqoridagi amal va mansab egalari o‘z hizmatlari evaziga yillik maosh (pul, ot, qo‘y, g‘alla ko‘rinishida) olganlar. Bundan tashqari, ularga tegishli yer-mulklar ham berilgan. Xulosa Har bir davlatning boshqaruv tizimida amaldor shaxslarning o’rni kattadir.Turkiston xonliklarida ham oliy hukmdor o’z hokimiyatini maxsus amaldorlar vaxizmatchilari orkdli amalga oshirgan. Asrlar davomida sharqona davlatchilik tizimimuayyan bir tartibga kirgan edi. Qo‘qon xonligining diplomatik aloqalarida naqshbandiya-mujaddidiya oqimining boshchisi bo‘lgan Imom Rabboniy Ahmad al-Sirhindiy avlodlaridan Muhammad Xalil Sohibzodaning ushbu faoliyati alohida o‘rin tutadi. Qo‘qon xonligi tarixiga doir manbalarda Sohibzoda Hazrat, Hazrati Sohib, Hazrati eshon Sohibzoda, Miyon Xalil Sohibzoda kabi nomlar bilan qayd etiladi. Ammo arxiv hujjatlaridan ma’lum bo‘lishicha bu zotning to‘liq ismi Muhammad Xalil Sohibzoda bo‘lib ko‘proq aholi Miyon Xalil Sohibzoda yoki bu kishini avlodlarini Miyonlar deb atashgan. Xon tarafidan aynan Xalil Sohibzodaning tanlanishiga to‘xtalsak shuni ta’kidlash lozimki, uning Qo‘qonga kelishiga qadar ham boshqa nufuzli diniy ulamolar va tasavvuf yetakchilari ham mavjud bo‘lib, Xoja Ahror va Mahdumi A’zam avlodlari xonlik boshqaruvi tizimida faoliyat yuritganlar. Sh.Mahmudovning fikricha, Qo‘qon xonlari Mahdumi A’zam sulolasiga mansub bo‘lgan Ortiqxo‘ja nabiralari orqali Sharqiy Turkistonda Xitoy bilan o‘zaro munosabatlarda bo‘lganlar. Aynan Qo‘qon-Xitoy munosabatlariga ta’sir o‘tkazmaslik uchun ham ularning Sharqiy Turkistondagi faoliyatlari bilan cheklanganlar. Muhammad Alixonning bu zotga ixlosi baland bo‘lgan. Qolaversa, bu davrda nafaqat Qo‘qon xonligida, balki O‘rta Osiyo xonliklari hamda Rossiya imperiyasi hududida yashagan aholining musulmon qatlami va Usmonli turk davlatida ham naqshbandiya-mujaddidiya yetakchisi Imom Rabboniy Ahmad Sirhindiy yaxshi ma’lum bo‘lgan. Qo‘qon elchilarining Peterburgdagi qabuli fikrlarimizni yana bir bor tasdiqlaydi. Manbalarda qayd etilishicha Eron, Xiva va boshqa davlatlardan kelgan elchilarga nisbatan Qo‘qon elchilariga alohida ehtirom ko‘rsatiladi. Shuningdek, Muhammad Xalil Sohibzoda Peterburgda e’tiborga loyiq bo‘lgan joylar bilan tanishtiriladi. Xususan, texnologiya instituti, zarbxona, kutubxona, botanika bog‘i, chinni va oyna zavodi, Osiyo muzeyi va boshqa joylar. Albatta bu Qo‘qon xonligining Rossiya imperiyasi bilan bo‘lgan diplomatik aloqalarida bunga qadar ham, bundan keyingi elchiliklarda ham bu kabi munosabat bo‘lmagan. Elchilikdan ko‘zlangan maqsad esa o‘zaro savdo aloqalarini qayta faollashtirish, Makkaga ibodat uchun borayotgan xonlik fuqarolariga Rossiya orqali o‘tishga ruxsat olish, Sibir yo‘li bo‘ylab harakatlanuvchi savdogarlarga homiylik qilish va hatto Qo‘qonga kon muhandisligi bo‘yicha mutaxassislarni yuborish kabilar qayd etiladi. Shuni ham qayd etish lozimki, elchilarning barcha iltimoslariga Rossiya hukumati tomonidan ijobiy javob qaytariladi. Ammo bu elchilik davomida erishilgan natijalarning amalga oshishiga Buxoro amiri Nasrulloxonning 1842-yilgi yurishi to‘sqinlik qiladi. Qo‘qondagi isyonlar, o‘zaro kurashlar elchilarning uzoq vaqt davomida Semipalatinsk shahrida qolib ketishi, eng muhimi missiya davomida erishilgan yutuqlarning besamar ketishiga olib keladi. Download 70.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling