Mavzu: Qor parcha
Download 124.89 Kb.
|
Qor parcha.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsni tashkil qilish.
- Yangi mavzu bayoni
- Laylak qor-u laylak qor, Laylak qorga men xumor.
- MRO`TIBO`__________________ Abdullayeva X.
Sana: 21.12.2021–yil Mavzu: Qor parcha. Maqsad: Talimiy:O`quvchilarga ertak mazmuni haqida ma`lumot berish. Tarbiyaviy:O`quvchilarni tabiatni sevishga o`rgatish. Rivojlantiruvchi: O'quvchilar og'zaki nutqini o'stirish. Jihozlar: Mavzuga mos rasm. Darsning borishi:
I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish. 2. Davomatni aniqlash. 3. O’quvchilarni darsga tayyorlash. II. Uyga vazifani so`rash. O'qituvchi o'quvchilardan uyga berilgan topshiriqni so'raydi va o'tgan mavzuga doir tushunchalar yana bir bor takrorlanadi. O'tgan dars yuzasidan o'quvchilar bilimi baholanadi. III. Yangi mavzu bayoni.Qor parcha klaster usulida tarmoqlaymiz. Ertakni ifodali o`qib beraman. Qorparcha Oydinniso (Ertak) Qorparcha yoz faslini ko‘rishni orzu qilardi. U avvallari dunyoda yoz degan fasl borligini bilmasdi. Har qishda o’ynab-kulib, yayrab-sakrab yog‘ardi. Har bahorda bug’lanib, osmonga qaytar, ba'zan havo sovuq kelsa, kuzni ham ko‘rib qolardi. Bir qish u o’ynab tushib, daraxt shoxiga qo‘ndi. Sovqotib turgan daraxtga uning tashrifi yoqmadi, qovog’ini uydi. Qorparcha hayron bo’ldi: - Nega xafa bo’lasan? Axir seni bezatish uchun keldim-ku! Qara. qanday chiroyli bo’lib qolding! - Shuyam chiroy bo'ptimi? - tumtaydi daraxt. — Sovuqdan hamma yog'im uvushib ketyapti. Sen meni yozda ko'rganingda!.. - Yoz deganing nima u? - qiziqdi Qorparcha. - Yoz - bu... nur fasli. Ona yer quyosh nuriga cho’miladi. Gullar ochiladi, rang-barang kapalaklar ularga qo‘nib oynaydi. Laylaklar janubdan qaytib, shoxlarimga in quradi. Tuxumidan palaponlar chiqadi. Eh, ulami bir ko’rganingda! Qorparcha o'sha yili yerda qolib, yozni ko’rmoqchi edi. Biroq u quyosh chiqishi bilan erib, buglanib ketdi. Ko’z ochib-yumguncha o‘zini osmonda ko‘rdi. U endi avvalgi Qorparcha emasdi. Qalbini yozni ko’rish istagi qamrab olgandi. Har zamonda osmondan yerga mo'ralar, hech nima ko‘ra olmay xunob bolardi. - Meni kapalakka aylantirib qo’ying! – deb so’radi u ona Bulutdan. - Nima uchun? - hayron bo’ldi ona Bulut. - Kapalaklar yozda yashar emish. Men yozni ko’rmoqchiman. - Lekin... - Iltimos, kapalakka aylantirib qo’ying! Yana qish keldi. Ona Bulut Qorparchani kapalakka aylantirib, zaminga uchirib yubordi. - Kapalak qor yog'yapti, kapalak qor! -suyunib ko'chaga otildi bolakaylar. Qorparcha qanotlarini qoqib, havoda raqsga tushdi. Horigach, tanish daraxt shoxiga qo‘nib: - Hooy, salom! Ko‘rdingmi, men kapalakka aylanib keldim! Sen bilan birga yozni ko‘rmoqchiman, - dedi u daraxtga. Daraxt kulimsiradi: - Sen kapalak emas, kapalak qorsan. Quyosh chiqsa, erib ketasan. - Нес ham-da. - qaysarlik qildi Qorparcha, -men kapalakman! Daraxt haq edi. Qorparcha yana havo isishi bilan erib, bug‘lanib ketdi. Biroq orzu qilishdan to’xtamadi. Endi u ona Bulutdan laylakka aylantirib qoVishini so’radi. Laylaklar ham yozda yashaydi. Daraxtning aytishicha, ular kattagina qush ekan. Ehtimol, laylakka aylansa, erib ketmas... U qanotlarini laylakcha qoqib zaminga uchdi. Bolalar uni ko‘rib, qo'shiq kuylay boshlashdi. Laylak qor-u laylak qor, Laylak qorga men xumor. - Sen hech yozni ko'rgan qor haqida eshitganmisan? - so'radi Qorparcha tanish daraxtdan. - Eshitganman. Ular tog* cho‘qqilarida yashar emish. Ko'pchiligi yozga kelib qurtlab ketar ekan. Qorparchaning yuzi burishdi. Yo‘q, u qurtlashni xohlamaydi. Yozni bir ko’rsa bas, keyin erib ketsa ham mayli. Bu safar ham Qorparchamiz bahor kelishi bilan osmonga qaytdi. U dili xufton bolib, yana ona Bulutga yuzlandi. - Shunday qilamanki, bu gal yozni ko‘rib qaytasan! - soz berdi ona Bulut. U so‘zining ustidan chiqdi. Qorparcha endi uchib tushib, ochilib turgan bir kaftga qo‘ndi. Bu - qaynoq yurakli shoir bolaning kafti edi. Qoiparcha erib, uning vujudiga singib ketdi. Bu vujudda to‘rt fasl birday yashardi. Qorparcha orzu qilganiday, to’rt fasl go’zalligidan bahramand bold. So’ng shoiming ko’zlaridan quvonch yoshi bolib sizib chiqdida, osmonga buglanib ketdi... 1. Qorparchaning orzusi qanday amalga oshdi? 2. Hikoyaning oxirgi jumlasini o‘qing. O’z fikringizni bildiring. IV.Mustahkamlash. 1.Ertakni ifodali o'qing. 2. Ertak nima xaqida yozilgan? 3. Ertakda bolalarning qaysi o'yinlari tasvirlangan? V.Baholash. O'quvchilarni baholayman. VI.Uyga vazifa: Qayta aytib berishga tayyorlanish. MRO`TIBO`__________________ Abdullayeva X. Download 124.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling