Mavzu: Qor va ko‘chkilardan himoyalash inshootlari


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana08.05.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1443788
1   2
Bog'liq
4 tasi

1. Ko’prik osti o’zani va regulyatsion inshootlarni tekshirish

2.Sun’iy inshshootlardagi nuqson va shikastlanishlarining sinflanishi

3.Nuqsonlar 



Ko’prik o’zanining normal ishi ko’prik kechuvi oralig’ida uning
tarhdagi holatining sezilarli o’zgarmaganligi, tayanch, ko’tarma
konusi va regulyatsion inshootlarning suv yuvub ketmaganligi bilan
tavsiflanadi. Uning normal ishining buzilishiga regulyatsion
inshootlar talablariga javob bermaydigan qiyaliklar, ko’tarma konusi
va daryo o’zanining qoniqarsiz mahkamlanishi bo’lgan ko’prik
tuynugining yetarli emasligi sabab bo’lishi mumkin
[1,4,6,17,18].
Ko’prik osti o’zani normal holatining buzilish va regulyatsion
inshootlar qoniqarsiz ishining sabablarini aniqlash uchun, yilning har
xil fasllarida va bir necha yillar davomida suvning oqib o’tish
sharoitlari, daryoning muzlashi va muz ko’chishi to’g’risida
ma’lumotga ega bo’lish lozim.



Suvning oqib o’tish shartlari uning sathlari (baland va past) va
unga tegishli tezligi hamda oqim yo’nalishi bilan tavsiflanadi.
Ko’prik osti o’zanini tekshirishda o’zan holatining ham tarhda,
ham profilda chetka chiqishi mavjudligiga e’tibor qaratish lozim
bo’ladi. Тayanchlar va ko’tarmalar yaqinidagi konuslar, hamda
regulyatsion inshootlarning har xil turdagi suv yuvishi ayniqsa xavfli
hisoblanadi. Daryo o’zani profilining o’zgarishini kuzatish o’zanni
davriy tarzda o’lchab borish yo’li bilan amalga oshiriladi. Odatda,
o’zan chuqurligi qish faslida toshqindan oldin, kuzda esa suvning
yuqori sathi pasayganidan so’ng oqim bo’ylab ko’prik o’qidan
25 m yuqorida va pastda o’lchanadi.


Oraliq qurilmalardagi nuqsonlar



Jiddiy nuqsonlar – bu yoriqlardir. Chuqur yoriqlar, ayniqsa, ochiq yoriqlar
tayanchlar holatining qoniqarsizligidan darak beradi. Ko’p hollarda
yoriqlar toshli tayanchlarda, kam hollarda esa betonli va butobetonli
tayanchlarda sodir bo’ladi. Yirik tayanchlarda yoriqlarning juda ko’p
uchraydigan tavsifli turlari 2.2-rasmda ko’rsatilgan. Yaxlit tayanchlarda
(2.2,a-rasm) fermaosti maydonlari ostida qo’zg’aluvchan tayanch
qismlarning tiqilib harakatlanmay qolishi oqibatida oraliq qurilmalarning
harorat ta’siridagi deformatsiyalari erkin sodir bo’la olmasligi tufayli
yoriqlar (2) sodir bo’ladi. Ko’prik tiragichlarining yuqori qismidagi
yoriqlar (9) ham shu tufayli sodir bo’ladi. Тayanch qismlarining tayanch
qirralarigacha bo’lgan masofasi yetarlicha bo’lmaganda, xavfli qiya
yoriqlar
(10)
sodir
bo’ladi.


Yirik tayanchlardagi nuqsonlar



Orqa devorli ustunlarda (orqa va old devorlar
orasida)
ba’zida
ko’tarmaning
namlanishi
va
drenajlarning
bekilib
qolishi
natijasida
gruntli
to’kilmalarning gorizontal bosimining ortishidan
sodir bo’ladigan yoriqlar (1) kuzatiladi. Shunga
o’xshash yoriqlar hamda ustunning old devoridagi
yoriqlar (3) poydevorlarning notekis cho’kishidan
sodir bo’ladi, bu holda ular, odatda, yuqori yoki
pastga
qarab
ochilishi
eng
katta
bo’ladi.
j



Siniq muz kesuvchili eski tayanchlarda poydevorlarning
notekis cho’kishi oqibatida muz kesuvchi va tayanchning
asosiy jismi orasida ba’zida vertikal chuqur yoriqlar (13)
paydo bo’ladi. Muz va kemalarning ancha katta bosimi va
boshqa kuchlarning ta’siri natijasida yoriqlar (12) sodir
bo’ladi. Betonli tayanchlarda bu yoriqlar odatda betonlash
choklari bilan ustma-ust tushadi. Harakati pastda bo’lgan
katta oraliqli keng ko’priklarda ko’prik tiragichlarining yuqori
qismida, ba’zida mahalliy cho’zuvchi kuchlanishlardan vertikal
yoriqlar
(11)
sodir
bo’ladi.


ADABIYOTLAR RO’YXATI

Аsqarov B.А., Nizomov Sh.R., Yermatov I.T. Proektirovanie i raschet
injenernыx soorujeniy. Elektronnoe uchebnoe posobie, T., 2003. 

Vaxnenko P.F., Vaxnenko V.P. Jelezobetonnыe konstruktsiy
selьskoxozyaystvennыx zdaniy. Kiev, Budivelьnik, 1982. 

Berger R.I. i dr. Injenernыe konstruktsii. M., 1989. 

Zurnadji V.А., Nikolaev V.V. Mexanika gruntov, osnovaniya i fundamentы. 
M.,1987. 

Karimov I.А. Barkamol avlod orzusi. T. ‖Oʼzbekiston‖ 1995.

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling