Mavzu: qoraqalpog'iston respublikasi oliy ta'lim tizimi va undagi islohotlar
Download 32.61 Kb.
|
qoraqalpog\'iston respublikasi oliy ta\'lim tizimi va undagi islohotlar
MAVZU: QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM TIZIMI VA UNDAGI ISLOHOTLAR MUNDARIJA KIRISH QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM TIZIMI. QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASIDA OLIY TA`LIM TIZIMIDAGI ISLOHOTLAR. QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM TIZIMI VA YANGILIKLAR. XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida barcha darajadagi rahbarlar pastga tushib, oʻz sohasi boʻyicha mahallalardagi muammolarni oʻrganishi va ularga yechim topishi, odamlar sezadigan natijani taʼminlashi shart degan vazifa belgilangan edi. Ushbu vazifadan kelib chiqib, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiya hududlarga tashrif buyurgan holda taʼlim sifati va samaradoriligi taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish, bevosita pedagoglar va soha vakillari bilan uchrashgan holda ularning mavjud muammolarini hal qilish boʻyicha takliflarini tinglash, amaliy-uslubiy yordam koʻrsatish maqsadida ishlarni boshlab yuborishgan. Joriy yilning 27-28-yanvar kunlari Taʼlim inspeksiyasi ishchi guruhi taʼlim sifatini oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorlik koʻrsatkichlarini joyiga chiqqan holda oʻrganish va pedagoglarga amaliy-uslubiy yordam koʻrsatish maqsadida Qoraqalpogʻiston boʻldi. Tashrif mobaynida uzluksiz taʼlim tizimining barcha boʻgʻinidagi tashkilotlar: maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumiy oʻrta taʼlim maktablari, akademik, litseylar, professional taʼlim muassasalari, oliy taʼlim tashkilotlari faoliyati natijalari mazkur taʼlim muassasalari rahbarlari va pedagoglari ishtirokida muhokama qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilandi.Inspeksiya ishchi guruhida tomonidan taʼlim tashkilotlarida oʻtkazilgan oʻrganish natijalarini muhokama qilish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha rejalarni belgilab olish maqsadida 28-yanvar kuni Qoraqalpoq davlat universitetida yigʻilish oʻtkazildi. Unda Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev, Abdulla Avloniy nomidagi xalq taʼlimi muammolarini oʻrganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti rektori Ayubxon Rajiyev Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Muratbay Jumanov va hududdagi oliy taʼlim muassasalari rektorlari, maktabgacha taʼlim, xalq taʼlim va oʻrta-maxsus taʼlim boshqarmalari rahbarlari hamda boshqa tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi. Yigʻilishda Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarining bugungi kundagi holati, shuningdek, xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha belgilangan tayanch maktablarida olib borilayotgan ishlar, professional taʼlim muassasalaridagi taʼlim sifati koʻrsatkichlari, shuningdek, hududdagi oliy taʼlim muassasalaridagi taʼlim jarayonlarining borishi va amaliyot bilan bevosita bogʻlanishi bilan bogʻliq masalalar muhokama qilindi. –Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga va xalqimizga qilgan Murojaatnomasida mamlakatimiz taʼlim tizimi uchun dolzarb boʻlib turgan bir qator masalalarni hal qilish boʻyicha oldimizga ulkan vazifalar qoʻyilgan. 2021-yil bejizga “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash” yili deb belgilanmadi. Yangi uygʻonish davrining ostonasi maktabdan boshlanishi, uning asosiy ustunlaridan biri ustoz-muallim ekanligi taʼlimsiz taraqqiyot boʻlmasligidan dalolat berib turibdi. Shu nuqtayi nazardan mamlakatimizdagi barcha umumtaʼlim maktablaridagi taʼlimsifatini poytaxtda ham, olis qishloqlarda ham yuqori darajaga olib chiqish, taʼlim tizimini kompleks rivojlantirish boʻyicha Qoraqalpogʻistonda ham juda koʻplab ishlarni amalga oshirishimiz lozim, – dedi Ulugʻbek Tashkenbayev. Yigʻilish davomida hududdagi 345 ta (47,4%) maktabda birorta ham oliy toifalioʻqituvchilar mavjud emasligi tanqid qilindi. Bu koʻrsatkich Amudaryo tumanida 50 tani, Beruniy tumanida 38 tani, Toʻrtkoʻl tumanida 37 tani, Ellikqalʼa tumanida 29 tani, Qoʻngʻirot tumanida 23 tani va Kegeyli tumanida 22 tani tashkil etadi. Shuningdek, Respublikasida mavjud 9 ta oliy taʼlim muassasasiga 45 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablari biriktirilgan boʻlsada, bu borada pedagoglarga metodik yordam koʻrsatish, maktab bitiruvchilarining oliy taʼlimga kamrovini oshirishda koʻmak berish, iqtidorli oʻquvchilar bilan ishlash yoʻnalishlarida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar talaygina. Bundan tashqari, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida ham vazirlik va idoralar tomonidan ishlarni tizimli tashkil etish bilan bogʻliq muammolar saqlanib qolgan. Yigʻilish shu kabi muammolarni bartaraf etish hamda oʻrganish yakunlari boʻyicha hududda taʼlim sifatini yangi bosqichga koʻtarish yuzasidan qator takliflar ham ilgari surildi. Xususan, QQR xalq taʼlimi vazirligi va tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari tomonidan maktablardagi pedagoglar va bitiruvchi sinf oʻquvchilarining bilim va koʻnikmalarini diagnostika qilish va natijasi boʻyicha tegishli choralar belgilash, xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha hududlarda tashkil etilayotgan seminarlar salmogʻi va sifatini oshirish boʻyicha tegishli chora tadbirlar amalga oshirilishi lozimligi taʼkidlandi. Shu bilan birgalikda, Taʼlimni boshqarish organlari va oliy taʼlim muassasalari tomonidan maktablardagi oʻqituvchilarga boʻlgan ehtiyojni pedagogika yoʻnalishidagi bitiruvchi kurs talabalarining amaliyotini maktablarda tashkil etish orqali toʻldirish, oʻquvchilarda ilm-fanga qiziqishni uygʻotish maqsadida, ularning qiziqishlaridan kelib chiqib darsdan tashqari fan toʻgaraklarini tashkil etish, maktablarga biriktirilgan oliy taʼlim muassasalarining xususiyati va kafedralar salohiyatidan kelib chiqib, professor-oʻqituvchilar tomonidan maktabda faoliyat yuritayotgan fan oʻqituvchilarining malakasini oshirish va sifat tarkibini yaxshilashga koʻmaklashish boʻyicha ham choralar koʻrilishi kerak. Yigʻilish yakunida, koʻrilgan masalalar yuzasidan yoʻl xaritalarini tuzishga kelishilib olindi hamda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar muddati aniq belgilab olindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 yanvar kuni Qoraqalpog‘istonga tashrif buyurib, u yerdagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi va xalq vakillari bilan muloqotda bo‘ldi. Ta'lim tizimi, ilm-fan va madaniyatni rivojlantirish borasida jami 522 milliard so‘mni tashkil etgan 15 loyiha amalga oshirilishi - kam ta'minlangan oila farzandlari, maktabgacha ta'lim muassasalarida (MTM) tarbiyalanish qamrovini ikki marotaba oshirish imkonini beradi. 250 MTMni qurish, kapital va qayta ta'mirlash hisobiga qo‘shimcha yana 40 mingga yaqin bola maktablarda ta'lim olish imkoniga ega bo‘ladi. Shu bilan birga ushbu hududda joylashgan MTMlarga ota-onalarning oylik to‘lovi ikki barobarga kamaytiriladi. Barcha tumanlarda suv havzalari, 2 teatr va 87 madaniy markazni qurish va qayta ta'mirlash natijasida aholining dam olish sharoitlarini yaxshilash ko‘zda tutilgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasining mavjud ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan, ishlab chiqarish va investitsiya salohiyatidan samarali foydalanish, hududda muhandislik-kommunikatsiya, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmalarini yaxshilash, iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror rivojlantirish, shu asosda aholi bandligini ta’minlash va turmush darajasini oshirish maqsadida: 1. Quyidagilar 2020–2023 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin: a) muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish sohasida: 141 ming nafardan ziyod aholini markazlashgan ichimlik suvi ta’minoti tarmog‘iga ulash va aholining markazlashgan tarmoqlar orqali toza ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini 61,5 foizdan 70,1 foizga yetkazish; Nukus shahri, Taxiatosh va Xo‘jayli tumanlari markazlarida 105 ming nafardan ziyod aholi xonadonlarini oqova suv tarmoqlariga ulash va ularning oqova suv xizmatlari bilan ta’minlash darajasini 14,1 foizdan 20,2 foizga yetkazish; Nukus shahri va Taxiatosh tumanida ko‘p kvartirali uy-joylarning ichki issiqlik ta’minoti tizimlarini to‘liq rekonstruksiya qilish; 9 ta aholi punktida tabiiy gaz tarmoqlarini mukammal ta’mirlash va 246 ta aholi punktini maishiy gaz ballonlari bilan uzluksiz ta’minlash; 442 ta transformator punktini va 1 023,8 km elektr uzatish tarmoqlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish va elektr energiyasi iste’moli quvvatini 1,5 milliard kVt/сoaтdan 2,1 milliard kVt/сoaтga oshirish; 444,7 km xalqaro va respublika ahamiyatiga molik hamda 408,1 km mahalliy va ichki avtomobil yo‘llarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilish; 290 ta aholi yashash punktiga optik tolali tarmoqlarni tortish, 150 ta yangi bazaviy stansiya qurish va 200 taсini modernizatsiya qilish, har bir aholi punktini 10 Mb/сoaтdan kam bo‘lmagan tezlikdagi Internet tarmoғiga ulash; 90,9 ming gektar qishloq xo‘jaligi yer maйdonlarining suv ta’minotini, 208 ming gektar maydonning meliorativ holatini yaxshilash va 45 ming gektar ekin yerlarida suvni tejovchi texnologiyalarni joriy qilish; b) ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish sohasida: 21 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, 400 ta oilaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti binolarini qurish, 55 taсini rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash, 20 ta maktabgacha ta’lim tashkilotini davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish; 7 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabini qurish, 101 ta maktabni rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash, shu asosda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchi o‘rni koeffitsiyenti 1,1 foizdan oshib ketmasligini ta’minlash; 32 ta tibbiyot mуaссaсaсini qurish, rekonstruksiya qilish hamda xususiy tibbiyot tashkilotlarini tashkil etish, shu asosda tibbiyot muassasalarining qabul qilish quvvatini 20,4 mingga, o‘rinlar sonini 7,1 mingga yetkazish; 21 ta madaniyat ob’ektlarini qurish va rekonstruksiya qilish, shu asosda aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, ularning madaniy ehtiyojlarini qondirish va bo‘sh vaqtining mazmunli o‘tishini ta’minlash; 181 ta maktabni “Bir million dasturchi” loyihasiga kiritish va 3 mingdan ortiq yoshlarni kompyuter dasturlash asoslariga o‘rgatish orqali raqamli texnologiyalar yo‘nalishida yetuk mutaxassislarni tayyorlash, ularga kerakli bilim va ko‘nikmalarni berish; 39 ta sport ob’ektini qurish, rekonstruksiya qilish, qo‘shimcha 83 ming nafar aholi va yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, shu asosda yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish; v) 7 004 ta xonadonli 235 ta zamonaviy ko‘p kvartirali turar joy majmuasini barpo etish, shuningdek, yosh oilalar va kam ta’minlangan aholi uchun 2 084 ta xonadonli 36 ta arzon uy-joy qurilishini tashkil etish orqali ularning uy-joy sharoitini yaxshilash; g) investitsiyalarni faol jalb qilish va hududning eksport salohiyatini rivojlantirish sohasida: 2020–2022 yillarda hududiy investitsiya loyihalari doirasida umumiy qiymati 12,3 trillion сўmlik 1 359 ta loyihani ishga tushirish va 17,5 mingta yangi ish o‘rinlarini yaratish, shuningdek, 523 million dollar miqdoridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish; xalqaro moliya institutlarining 1 milliard dollar miqdoridagi mablag‘larini muhim infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga yo‘naltirish; yillik eksport ҳajmini 347 million dollarga, eksport qiluvchi korxonalar sonini 250 taga, eksport geografiyasini 45 ta mamlakatga yetkazish hamda eksportga yo‘naltiriladigan mahsulotlar turini 30 tadan oshirish; erkin iqtisodiy zonalarda qiymati 21,2 million dollarga teng bo‘lgan 9 ta loyihani, kichik sanoat zonalarida qiymati 28 million dollarga teng bo‘lgan 81 ta loyihani ishga tushirish; d) sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha yangi quvvatlarni tashkil etish, jumladan, 9 ta yangi sanoat mahsuloti ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, 27 ta sanoat klasterini tashkil etish, sanoati past darajada rivojlangan Taxtako‘pir, Bo‘zatov va Shumanay tumanlarida kamida 50 ta yangi sanoat korxonasini ishga tushirish; ye) qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, shu jumladan, chorvachilik, baliqchilik, sholichilik va kunjut yetishtirish hamda qayta ishlash klasterlarini tashkil qilish sohasida: 12 ming gektar yer maydonida paxta yetishtirishni bekor qilish; foydalanishdan chiqqan 35 860 gektar yer maydonlarini o‘zlashtirish; qishloq xo‘jaligi foydalanishiga qayta kiritiladigan 875 gektar yer maydonlarida issiqxonalar tashkil qilish; muzlatkichli omborxonalar quvvatini 40,8 ming tonnaga oshirish; qishloq xo‘jaligi texnikalari sonini 1,4 mingtagaчa oshirish; naslli qoramollar sonini qo‘shimcha 30 ming boshga oshirish; 30 ming gektar yer maydonlarida kunjut yetishtirish va mahsulotni to‘liq eksportga yo‘naltirish; baliq yetishtirish hajmini ikki baravarga oshirish hisobiga baliq mahsulotlarini 2021 yilda 35 ming tonnaga, 2022 yilda 50 ming тonnaga yetkazish; j) har yili kamida 900-950 ta yangi xizmat ko‘rsatish ob’ektini tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash orqali xizmat ko‘rsatish ҳajmini kamida 2,5 baravarga oshirish; z) xorijiy turistlar sonini 80 ming nafarga, turizm xizmatlari eksportini 45 million dollarga yetkazish, shuningdek, ichki turistlar sonini 800 ming nafargacha oshirish, 210 o‘rinli yangi mehmonxonalar qurish hamda turoperator va turagentlar sonini 45 taga yetkazish; i) sharoiti og‘ir bo‘lgan 45 ta mahalla va ovulda aholining turmush sharoitini yaxshilash va hududlarni obodonlashtirish hisobiga ularni og‘ir toifadan chiqarish hamda mahallaning o‘rni va rolini kuchaytirish, jumladan, 12 ta tuman markazida “Mahalla markazlari” majmуalarini qurish va rekonstruksiya qilish, 157 ta mahalla va ovul ma’muriy komplekslarini qurish; k) 19,7 ming nafar fuqarolarni ish bilan ta’minlash va 6 ming nafar fuqarolarni kasb-hunarga o‘rgatish orqali “Temir daftar”ga kiritilgan 15,5 mingta oila daromadlarini oshirish hamda ularning hududdagi jami oilalardagi ulushi 4 foizdan oshmasligini ta’minlash; l) yoshlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, jumladan, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 14 ming nafar yoshlarni ish bilan ta’minlash, 1,6 ming nafar yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish, “Fidoyi yoshlar otryadlari”ni tashkil qilish orqali 8 ming nafar ishsiz yoshlarni haq to‘lanadigan jamoat va mavsumiy ishlarga jalb qilish, 3 ta yosh tadbirkorlar kovorking markazi, 7 ta “Yoshlar mehnat guzari” kompleksini barpo etish; m) ayollarning jamiyatdagi rolini kuchaytirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, jumladan, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va “Ayollar daftari”ga kiritilgan 8,4 ming nafar xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash; n) mehnat bozoriga yangi kirib kelayotgan fuqarolar bandligini ta’minlash maqsadida mehnat migratsiyasidan qaytgan 9 ming nafar fuqarolarni ish bilan ta’minlash hamda fuqarolarni xorijga mehnat qilish faoliyatiga yuborish uchun ularni talab qilinadigan mutaxassisliklarga o‘qitish. Zarur mablag‘lar o‘z vaqtida ajratilishi, manzilli sarflanishi va to‘liq o‘zlashtirilishini ta’minlasin; amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha mas’ullarning har oylik hisobotlarini eshitib borsin; yuklatilgan vazifalar to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlamagan mansabdor shaxslarga nisbatan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risida takliflar kiritib borsin; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi M.K.Kamalov: bir hafta muddatda har bir shahar va tumanlarda belgilangan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha ishchi guruhlarini tashkil etsin; mazkur bandda nazarda tutilgan ko‘rsatkichlarga erishish jarayonida vujudga keladigan joriy muammolarni joyida tezkor hal etish choralarini ko‘rib, respublika darajasida hal etiladigan masalalar yuzasidan aniq takliflar kiritib borsin. 2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2020-2023 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi (keyingi o‘rinlarda – Dastur) ma’qullansin: 1-ilovaga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi shahar va tumanlarining o‘sish nuqtalari (“drayver” sohalari); 2-ilovaga muvofiq 2020–2023 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi og‘ir bo‘lgan shahar va tumanlarini rivojlantirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar; 3-ilovaga muvofiq 2020-2022 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida yangi ish o‘rinlari tashkil etish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar; 4 va 4a-ilovalarga muvofiq 2020–2023 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini moliyalashtirish yig‘ma ko‘rsatkichlari; 5 va 5a-ilovalarga muvofiq 2020-2022 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari yig‘ma jadvali va manzilli ro‘yxati; 6 va 6a-ilovalarga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasida xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari hamda amalga oshiriladigan istiqbolli investitsiya loyihalari ro‘yxatlari; 7–7ye-ilovalarga muvofiq 2021–2023 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan loyihalar (ob’ektlar) yig‘ma ko‘rsatkichlari va manzilli ro‘yxatlari; 8–8ye-ilovalarga muvofiq 2021-2023 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida ijtimoiy soha ob’ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va ularning moddiy-texnika bazasini yaxshilash bo‘yicha amalga oshiriladigan loyihalar (ob’ektlar) yig‘ma ko‘rsatkichlari hamda manzilli ro‘yxatlari; 9-9a, 10-10a va 11-11a-ilovalarga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlanish darajasi past bo‘lgan Taxtako‘pir, Bo‘zatov va Shumanay tumanlarini rivojlantirishni moliyalashtirish manbalari yig‘ma ko‘rsatkichlari va chora-tadbirlar dasturlari; 12-ilovaga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasida sharoiti og‘ir 45 ta mahalla va ovulda aholining turmush sharoitini yaxshilash, hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi; 13-ilovaga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasida paxta-to‘qimachilik, meva-sabzavot va kunjut klasterlarini tashkil qilish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi. 3. Belgilansinki: a) mazkur qarorning 1-ilovasiga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlarining o‘ziga xos “o‘sish nuqtasi” deb belgilangan iqtisodiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha yangidan tashkil qilingan tadbirkorlik sub’ektlari 2024 yil 1 яnvarga qadar yer solig‘i, mol-mulk solig‘i, kichik korxonalar aylanmasidan olinadigan soliq, yakka tartibdagi tadbirkorlarning qat’iy miqdordagi daromad solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi; b) ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlanish darajasi past bo‘lgan Taxtako‘pir, Bo‘zatov va Shumanay tumanlarida yangidan tashkil etiladigan sanoat yo‘nalishidagi tadbirkorlik sub’ektlari 2024 yil 1 яnvarga qadar: yer solig‘i, mol-mulk solig‘i, kichik korxonalar aylanmasidan olinadigan soliq, yakka tartibdagi tadbirkorlarning qat’iy miqdordagi daromad solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi; foyda solig‘i va suv solig‘i to‘lovini amaldagi belgilangan soliq stavkalarining 50 foizi miqdorida amalga oshiradi; O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kiriladigan va faqat o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan asbob-uskuna, butlovchi va ehtiyot qismlar uchun bojxona boji to‘lashdan ozod qilinadi; v) Qoraqalpog‘iston Respublikasida sharoiti og‘ir 45 ta mahalla va ovulda yangidan tashkil etiladigan xizmat ko‘rsatish yo‘nalishidagi tadbirkorlik sub’ektlariga 2026 yil 1 яnvarga qadar: foyda solig‘i, yer solig‘i, mol-mulk solig‘i, kichik korxonalar aylanmasidan olinadigan soliq, yakka tartibdagi tadbirkorlarning qat’iy miqdordagi daromad solig‘ini to‘lashdan ozod qilish imtiyozi qo‘llaniladi; biznes-loyihalarni amalga oshirish maqsadida milliy valyutada olinadigan bank kreditlari foiz stavkasining bir qismini qoplash uchun Markaziy bank asosiy stavkasining 50 foizi miqdorida Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan kompensatsiya beriladi; g) Qoraqalpog‘iston Respublikasining shahar va tumanlarida bo‘sh turgan davlatga tegishli bino-inshootlar va yirik bo‘lmagan davlat aktivlarini tadbirkorlik sub’ektlariga soddalashtirilgan tartibda berish tartibi joriy qilinadi. Bunda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi raisi bilan kelishgan holda ularning qarori asosida: davlat korxonalari va xo‘jalik jamiyatlari ustav kapitalidagi davlat ulushlarini hamda davlatga tegishli ko‘chmas mulk ob’ektlarini, shu jumladan, bo‘sh turgan va samarasiz foydalanilayotgan qishloq xo‘jaligi maqsadlariga mo‘ljallanmagan yer maydonlarini (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlariga muvofiq alohida tartib asosida sotiladigan davlat aktivlari bundan mustasno) sotish, uning shartlari, savdo turi va narxini belgilash; bo‘sh turgan bino-inshootlar va samarasiz foydalanilayotgan ortiqcha yer maydonlarini balansda saqlovchi vazirlik va idoralarning roziligidan qat’i nazar zaxiraga qaytarib olish va sotish yuzasidan qaror qabul qilish; davlat ishtirokidagi xo‘jalik jamiyatlarini qayta tashkil etish, tugatish, ustav kapitalidagi davlat ulushini boshqa xo‘jalik jamiyatlari ustav kapitaliga o‘tkazish vakolatlari beriladi; d) Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha davlat aktivlarini sotishda: davlat aktivining qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 50 ming baravaridan yuqori bo‘lgan taqdirda, tuziladigan oldi-sotdi shartnomalariga muvofiq to‘lovlarni 5 yilgaчa bo‘lgan muddatda bo‘lib-bo‘lib to‘lash tartibi joriy etiladi; oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan kundan boshlab bir oy ichida sotib olish to‘lovlari to‘liq amalga oshirilgan taqdirda, sotib olish to‘lovlari summasining 20 foiziga teng miqdorda chegirma beriladi; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashining qarorlari asosida sotiladigan davlat mulki ob’ektlarini sotishdan tushadigan mablag‘lar Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetiga yo‘naltiriladi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Savdo-sanoat palatasi tasarrufida qoldiriladigan mablag‘lar bundan mustasno; j) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga bo‘sh turgan yoki samarasiz foydalanilayotgan, umumiy egallagan maydoni 3 ming kvadrat metrgacha bo‘lgan davlatga tegishli bino-inshootlarni ommaviy savdolar orqali sotish to‘g‘risida qaror qabul qilish huquqi beriladi. 4. Shunday tartib joriy etilsinki, unga ko‘ra, istisno tariqasida, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridagi tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida biznes-loyihalarni amalga oshirish uchun 2022 yil 1 яnvarga qadar olinadigan bank kreditlari bo‘yicha garov ta’minoti sifatida tegishli viloyat hokimliklari kafolatlar berishi mumkin. Bunda: biznes-loyihalar mazkur qarorga muvofiq ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlanish darajasi past bo‘lgan Taxtako‘pir, Bo‘zatov va Shumanay tumanlarida, sharoiti og‘ir 45 ta mahalla va ovul hududlarida, shuningdek, “o‘sish nuqtasi” deb belgilangan iqtisodiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli tumanlarda joylashtiriladi; kafolatlar bank krediti summasining 50 foizigaчa qismiga, biroq 5 milliard сўmdan ortiq bo‘lmagan miqdorda beriladi; kafolatlar soliqlar hamda oldingi tuzilgan kredit shartnomalari bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorligi mavjud bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlariga berilishi mumkin emas. 5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Q.R.Sariyev) Xalq ta’limi vazirligi (Sh.X.Shermatov) bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–6108-son Farmoniga muvofiq: Finlyandiyaning ta’lim sohasidagi ijobiy tajribasini, shu jumladan, o‘quv dasturlari, darsliklari va o‘qitish metodikalarini Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi umumta’lim muassasalarning ta’lim jarayoniga joriy qilish; umumiy o‘rta ta’limning sifatini oshirish, tizimdagi muassasalarning ko‘rsatkichlarini yuqori darajaga olib chiqish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida xususiy sektor vakillarini keng jalb qilish; matematika, kimyo va biologiya fanlarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablarni tashkil etish, ularni zarur o‘quv va laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar, uslubiy adabiyotlar, inventarlar va moddiy-texnik resurslar bilan jihozlash; hududiy oliy ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini jalb qilgan holda xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish, mazkur sohaga zamonaviy ta’lim texnologiyalarni joriy qilish; maktab o‘quvchilari o‘rtasida kasbga yo‘naltirish ishlarini olib borish, o‘quvchilarning maktab fanlari bo‘yicha amaliy darslarini salohiyatli ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi korxonalarida o‘tkazish, oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kira olmagan maktab bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash; tuman (shahar) kesimida tuzilgan reytingda yuqori o‘rinlarni egallagan umumta’lim muassasalari rahbar xodimlari va pedagoglarini mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan rag‘batlantirish choralarini ko‘rsin. 6. Moliya vazirligi (T.A.Ishmetov) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Q.R.Sariyev) bilan birgalikda ikki hafta muddatda Soliq kodeksiga va boshqa qonunlarga Qoraqalpog‘iston Respublikasining tadbirkorlik sub’ektlariga imtiyozlar berishni nazarda tutuvchi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda: aholiga o‘z xonadonlarida intensiv usulda baliq yetishtirish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskuna, material va tovarlar yetkazib beruvchi baliqchilik klasterlari va boshqa tadbirkorlik sub’ektlariga; suv chiqarish uchun quduq burg‘ulash va ishga tushirish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlariga, shu jumladan, ular tomonidan olib kiriladigan burg‘ulash uskunalari va maxsus transport vositalariga; XULOSA
Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqib, eng dolzarb iqtisodiy faoliyat yo‘nalishlarida tadbirkorlik sub’ektlariga soliq imtiyozlari berish nazarda tutilsin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati: Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q.-T.: O`zbekiston, 1998 y. Azamat Ziyo. O`zbek davlatchiligi tarixi.-T.:Sharq, 2000 y. Buniyatov Z.M. Gosudarstvo Xorezmshaxov Anushteginidov.-M.: Nauka, 1986 g. Vamberi Herman. Buxoro yohud Movarounnahr tarixi.-T.:Adabiyot va san`at, 1990 Jaloliddin Mirzo. Termiz Saljuqiylar davrida. O`zbekiston tarixi.-2001.-№1.-B 20-25 Karayev O. Gosudarstvo Karaxanidov.-Frunze: 1983 g. Nabiyev A. Mustaqillik uchun kurash yohud parchalangan Turkiston tarixi.-T.,1998 Narshahiy. Buxoro tarixi. «Meros».-T.: Kamalak, 1991 y. Shoniyozov K.SH. Qang` davlati va qang`lilar.-T.: Fan,1990y. O`zbekiston tarixi. 1-qism.-T.: O`qituvchi, 1994 y. Download 32.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling