Mavzu: qoraxoniylar davlati
Qoraxoniylarning Movarounnahrga hujumi
Download 21.09 Kb.
|
4-referat Qoraxoniylar
Qoraxoniylarning Movarounnahrga hujumi
992-yilda Hasan Bug'roxon boshliq Qoraxoniylar Movarounnahrga tomon hujum boshlaydilar. Ularning harbiy yurishlarida Marida Shosh, Farg'ona va boshqa viloyatlarda yashovchi turk qabilalari ham qatnashadilar. Chunki bu yurtlar Qoraxoniylar davlati tarkibiga kirgan qarluqlar davlatining mulki edi. Bu davrda Somoniylar ma'muriyati va harbiy qo'shinlari boshqaruvini o'z qo`liga olgan turk noiblari, hatto ayrim viloyatlarni egallab olib, deyarli mustaqil hukmronlik qilayotgan turk noiblari mamlakatni mudofaa qilish o'rniga xoinlik yo'lini tutib, Qoraxoniylarga yon bosadilar. Qoraxoniylar Buxoroni qarshiliksiz ishg'ol qiladilar. Ko'p o'tmay Bug'roxon hojib Foyiqni Termiz va Balxga noib qilib tayinlaydi. Ammo Bug'roxon Buxoroda uzoq turolmaydi. Kasallik uni Koshg'arga qaytishga majbur etadi. Yo'lda u vafot etadi. Bunday qulay sharoitdan foydalangan Nux ibn Mansur Buxoroga qaytib o'z taxtini egallaydi. Ammo ikki mahalliy turk noiblari Foyiq Balxda, Abu Ali Simjuriy Xurosonda amirga qarshi qo'zg'olon ko'taradilar. O'z kuchiga ishonmagan Nuh ibn Mansur - G'azna hukmdori Sobuqtakinni yordamga chaqiradi. Yigirma mingli qo'shin bilan u Movarounnahrga yetib keladi va Nuh bilan birlashib, qo'zg'olonchilarga qarshi yurish qiladi. Bir necha janglardan so'ng Foyiq va Abuali qo'shinlari tor-mor qilinadi. Shuningdek, Sobuqtakinni Abuali Simjuriy o'rniga Xurosonning noibi qilib tayinlaydi. Natijada G'azna va Xurosonda Sobuqtakin va o'g'li Mahmudning siyosiy xukmronligi mustahkamlanib, G’aznaviylar davlati tashkil topadi. Tez orada bu davlat kuchayib, Hindiston chegarasidan Amudaryogacha bo'lgan yerlarni egallaydi. 996-yilda Qoraxoniylar Movarounnahrga tomon yana hujum boshlaydilar. Ularga Nasr ibn Ali boshchilik qiladi. Nuhga yordam berish uchun Sobuqtakin Chag'oniyon, Juzg'on va Xuttalon hokimlari ning birlashgan qo'shinlaridan iborat katta kuch bilan Keshga yetib keladi. Nuhning ham o'z qo'shini bilan unga qo'shilishini talab qiladi. Bu Somoniylar amirining xukmdorlik huquqlarini mensimaslik va ochiqdan-ochiq unga qarshi chiqish edi. Nuh shubhasiz, bundan bosh tortadi va farmoyish yuborib, Sobuqtakinni Buxoroga chaqirtiradi Bunga javoban Sobuqtakin qo'shin yuborib Buxoroni egallaydi. So'ngra u Qoraxoniylar bilan muzokaralar olib boradi. Natijada ular o'rtasida shartnoma tuzilib, unga muvofiq Sirdaryo havzasi Qoraxoniylar qo'liga o'tadi. Sobuqtakin esa Amudaryodan janubdagi yerlar, shu jumladan Xurosonga hukmdor bo'lib oladi. Somoniylarga Movarounnahrning markaziy qismigina beriladi, xolos. Biroq, ko'p vaqt o'tmay Qoraxoniylar Buxoroni bosib oladilar. Garchi Somoniylar to 1005-yilgacha Samarqand va Buxoroni qaytarib olishga uringan bo'lsalarda ammo 999-yilda Buxoroning Nasr Eloqxon tomonidan zabt etilishi bilan Somoniylar hukmronligi barham topgan edi. Shunday qilib x asr oxirida Somoniylar davlati o'rnida ikkita yangi davlat tashkil topdi: biri Koshg'ardan Amudaryogacha cho'zilgan Sharqiy Turkistonning bir qismini, Yettisuv, Shosh, Farg'ona va qadimgi Sug'dni o'z ichiga olgan Qoraxoniylar davlati bo'lsa, ikkinchisi Shimoliy Hindistondan Kaspiy dengizining janubiy qirg'oqlarigacha bo'lgan viloyatlarni qamrab olgan G’aznaviylar davlati edi. Download 21.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling