Mavzu: qo`shilgan qiymat solig`ini byudjetga undirishda mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo`llari


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/27
Sana30.09.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1690158
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27
Bog'liq
88888888888885953 uzsmart.uz

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


34 
II BOB. MAMLAKATIMIZDA QO`SHILGAN QIYMAT SOLIG`INI 
BUDJETGA UNDIRISH MEXANIZMINING AMALDAGI 
HOLATI TAHLILI (Angor tuman DSI ma’lumotlari asosida). 
2.1. Qo`shilgan qiymat solig`ining to`lovchilari, soliq obyekti va soliq 
bazasini aniqlash tartibi. 
Qo`shilgan qiymat solig`ining undirilish jarayonida davlat aslida yangi 
qiymatni taqsimlash qatnashchisiga aylanadi, tovar yoki xizmatni sotish paytida 
bu qiymatning bir qismini olishga o`z huquqi borligini ma`lum qiladi.
Qo`shilgan qiymat solig`ining to`lovchilari bo`lib, amaldagi qonun 
hujjatlariga asosan ushbu soliqni budjet oldida hisob-kitobini amalga oshiruvchi 
tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi yuridik shaxslar tushuniladi. 
Jumladan: 
1) soliq solinadigan oborotlarga ega bo`lgan yuridik shaxslar; 
2) 
O`zbekiston 
Respublikasi 
norezidentlari 
tomonidan 
amalga 
oshirilayotgan soliq solinadigan oborotlar uchun qo`shilgan qiymat solig`i 
to`lash bo`yicha majburiyat yuklatiladigan yuridik shaxslar; 
3) tovarlarni O`zbekiston Respublikasi hududiga import qiluvchi yuridik va 
jismoniy shaxslar (o`z ehtiyojlari uchun bojsiz olib kirish normalari doirasida 
tovarlar olib kiruvchi jismoniy shaxslar bundan mustasno); 
4) oddiy shirkat soliq solinadigan oborotlarni amalga oshirayotganida 
zimmasiga uning ishlarini yuritish yuklatilgan (ishonchli shaxs) oddiy shirkat 
shartnomasining sherigi (ishtirokchisi). 
Tovarlar (ishlar, xizmatlarning) sotilishiga doir aylanmalar deganda yuklab 
jo`natilgan mahsulot, bajarilgan ishlar, ko`rsatiladigan xizmatlar tushuniladi. 
Tovarlarning sotilishida o`zi ishlab chiqargan va chetdan sotib olingan barcha 
tovarlarning sotilishiga doir aylanmalar soliq solish obyekti hisoblanadi. 
O`zbekiston Respublikasi soliq kodeksiga muvofiq qo`shilgan qiymat 
solig`i solish obyekti bo`lib tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning sotilishi bo`yicha 


35 
aylanmalar hisoblanadi, qo`shilgan qiymat solig`idan ozod qilingan, o`z ishlab 
chiqarish ehtiyojlari uchun foydalanadiganlar bundan mustasno. 
Buni quyidagi chizmada ham ko`rish mumkin: 
1-chizma. Qo`shilgan qiymat solig`i soliq solish obyekti

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling