Mavzu: qo`shilgan qiymat solig`ini byudjetga undirishda mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo`llari


MEXANIZMINING AMALDAGI HOLATI TAHLILI


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/27
Sana30.09.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1690158
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
88888888888885953 uzsmart.uz

MEXANIZMINING AMALDAGI HOLATI TAHLILI 
(Angor tuman DSI ma’lumotlari asosida)…………………. 
34-56 
2.1. Qo`shilgan qiymat solig`ining to`lovchilari, soliq obyekti va 
soliq bazasini aniqlash tartibi tahlili…………………............. 
34 
2.2. Qo`shilgan qiymat solig`i stavkalari va soliqdan imtiyozlar 
tahlili……………………………………………………… 
39 
2.3. Qo`shilgan qiymat solig`ini budjetga to`lash va hisob-
kitoblarni taqdim etish muddatlari…………………………… 
50 
III BOB. IQTISODIYOTNI 
MODERNIZATSIYA 
QILISH 
SHAROITIDA QO`SHILGAN QIYMAT SOLIG`INI 
UNDIRISH MEXANIZMINING TAKOMILLASHTIRISH 
YO`LLARI…………………………………………………. 
56-64 
3.1. Qo`shilgan qiymat solig`ini hisoblash va budjetga to’lash 
mexanizmidagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish 
masalalari………………………………………….................
56 
3.2. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida qo’shilgan qiymat 
solig’ini budjetga undirish tartibini takomillashtirish…….. 
60 
XULOSA……………………………………………………. 
64 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI…….. 
67 
ILOVALAR…………………………………………………. 
73 
 



KIRISH 
 
Mavzuning dolzarbligi. Ijtimoiy yo`naltirilgan, ochiq iqtisodiy siyosatga 
va davlat tomonidan tartibga solib turiladigan bozor iqtisodiyotida o`tish 
sharoitida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish jarayonida soliq 
munosabatlarini takomillashtirish, jumladan, qo`shilgan qiymat solig`i va uning 
amal qilish mexanizmini ilmiy tahlil qilish o`ta muhim zaruriyat hamda 
murakkab muammolardan biri bo`lib hisoblanadi. Yuqorida bildirilgan 
fikrlarning nechog`li haqiqatga yaqinligini davlatimiz harbari I.Karimovning 
quyida bildirgan fikrlarida ham ko`rish mumkin: “Soliq yukini yanada 
kamaytirish, jumladan, yuridik shaxslar uchun foyda solig‘i stavkasini 9 foizdan 
8 foizga, jismoniy shaxslar uchun eng kam soliq hajmini 8 foizdan 7,5 foizga 
tushirish iqtisodiyotimiz rivojida albatta muhim ahamiyat kasb etadi. 
Bunday soliq yengilliklari 130 milliard so‘mdan ortiq mablag’ni tejash va 
uni korxonalar ixtiyorida qoldirib, ularning o‘z aylanma mablag‘larini 
ko‘paytirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnologik yangilash, 
shuningdek, aholi daromadlarini 90 milliard so‘mdan ko‘proq oshirish imkonini 
beradi
1
”. 
Xo`jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy faoliyatini soliqlar vositasida
ayniqsa uning eng katta turi bo`lgan qo`shilgan qiymat solig`ini undirish 
tartibini takomillashtirish orqali rag`batlantirish katta ahamiyat kasb etadi. 
Chunki deyarli barcha tovarlar ishlab chiqarishdan to iste`molchiga yetib 
borguncha bo`lgan jarayonda hech bo`lmasa bir marta qo`shilgan qiymat 
solig`iga tortilishi shubhasizdir. 
O`zbekiston Respublikasi istiqlol yillarida ijtimoiy himoyalangan bozor 
iqtisodiyotiga o`tish jarayonida bosqichma-bosqich mustaqil soliqlar tizimini 
barpo etdi. Bu jarayonda eski, bozor iqtisodiyoti tamoyillariga mos kelmaydigan 
1
Karimov I.A. 2014-yil yuqori o’sish sur’atlari bilan rivojlanish, barcha mavjud imkoniyatlarni safarbar etish, 
o’zini oqlagan islohotlar strategiyasini izchil davom ettirish yili bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2013-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014-yilga mo`ljallangan 
iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan majlisidagi ma`ruzasi. //Xalq so’zi 
gazetasi, 18-yanvar 2014-yil, 13-son 



soliqlar (oborot solig`i, foydadan ajratma, o`rmon solig`i va hokazolar) tugatildi 
va bozor iqtisodiyoti talablariga mos keladigan yangi soliq tizimi joriy etildi. 
Demak, bozor iqtisodiyotiga o`tish jarayonida moliyaviy va soliq 
munosabatlarini takomillashtirish o`ta muhim va murakkab muammolardan biri 
bo`lib qolmoqda. 
Respublika soliq tizimidagi o`zgarishlar bu masalaning ijobiy ham etilishi, 
turli xil yo`llar orqali amalga oshirilishini amalda ko`rsatmoqda. Bu borada soliq 
siyosatini erkinlashtirish mazkur sohalarda erishiladigan yutuqlar garovidir. Shu 
sababli, mamlakatimiz rivojlanishining muhim ustuvor yo`nalishi sifatida soliq 
siyosatini erkinlashtirishning belgilanishi bejiz emas.
Qo`shilgan qiymat solig`iga davrimizning ko`pchilik iqtisodchi olimlari 
turlicha ta`rif berib kelmoqdalar, lekin shu ta`riflarni barchasi mazmuni va 
mohiyati jihatidan bir xil hisoblanadi. Qo`shilgan qiymat solig`i ishlab chiqarish 
yoki muomalaning har bir bosqichida qo`shilgan qiymat qismidan undiriladi. 
Qo`shilgan qiymatga ish haqi, amortizatsiya, kredit uchun foiz, elektr 
energiyaga, transportga, reklamaga ketgan sarf xarajatlar kiradi. Bittagina Tovar 
boshqatdan sotilayotgan bo`lsa, soliq xarid va sotish narxlari o`rtasidagi 
ayirmani hosil qiluvchi qo`shilgan qiymatdan hisoblanadi. So`ngra bu soliq 
tovarning uzil-kesil narxiga qo`shiladi, ya`ni bunda ishlab chiqaruvchini emas
balki iste`molchining daromadi soliq solish obyekti bo`ladi. Qo`shilgan qiymat 
solig`i respublikada joriy qilingan soliqqa tortishning eng murakkab, ko’p qirrali 
va nisbatan kam takomillashgan qismidir. Qo`shilgan qiymat solig`i tovarlarni 
sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko`rsatilganda aksariyat yangi hosil 
qilingan qiymatdan (foyda, amortizatsiya ajratmasi, mehnat haqi fondi) kelib 
chiqib budjet daromadiga o`tkazishning bir shaklidir. 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling