Mavzu: qo`shilgan qiymat solig`ini byudjetga undirishda mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo`llari


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/31
Sana05.01.2022
Hajmi0.56 Mb.
#211267
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
qoshilgan qiymat soligini byudjetga undirishda mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yollari

KIRISH 

 

Mavzuning  dolzarbligi.  Ijtimoiy  yo`naltirilgan,  ochiq  iqtisodiy  siyosatga 

va  davlat  tomonidan  tartibga  solib  turiladigan  bozor  iqtisodiyotida  o`tish 

sharoitida  iqtisodiy  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish  jarayonida  soliq 

munosabatlarini takomillashtirish, jumladan, qo`shilgan qiymat solig`i va uning 

amal  qilish  mexanizmini  ilmiy  tahlil  qilish  o`ta  muhim  zaruriyat  hamda 

murakkab  muammolardan  biri  bo`lib  hisoblanadi.  Yuqorida  bildirilgan 

fikrlarning  nechog`li  haqiqatga  yaqinligini  davlatimiz  harbari  I.Karimovning 

quyida  bildirgan  fikrlarida  ham  ko`rish  mumkin:  “Soliq  yukini  yanada 

kamaytirish, jumladan, yuridik shaxslar uchun foyda solig‘i stavkasini 9 foizdan 

8  foizga,  jismoniy  shaxslar  uchun  eng  kam  soliq  hajmini  8  foizdan  7,5  foizga 

tushirish iqtisodiyotimiz rivojida albatta muhim ahamiyat kasb etadi. 

Bunday  soliq  yengilliklari  130  milliard  so‘mdan  ortiq  mablag’ni tejash  va 

uni  korxonalar  ixtiyorida  qoldirib,  ularning  o‘z  aylanma  mablag‘larini 

ko‘paytirish,  ishlab  chiqarishni  modernizatsiya  qilish  va  texnologik  yangilash, 

shuningdek, aholi daromadlarini 90 milliard so‘mdan ko‘proq oshirish imkonini 

beradi


1

”. 


Xo`jalik  yurituvchi  subyektlarning  iqtisodiy  faoliyatini  soliqlar  vositasida, 

ayniqsa  uning  eng  katta  turi  bo`lgan  qo`shilgan  qiymat  solig`ini  undirish 

tartibini  takomillashtirish  orqali  rag`batlantirish  katta  ahamiyat  kasb  etadi. 

Chunki  deyarli  barcha  tovarlar  ishlab  chiqarishdan  to  iste`molchiga  yetib 

borguncha  bo`lgan  jarayonda  hech  bo`lmasa  bir  marta  qo`shilgan  qiymat 

solig`iga tortilishi shubhasizdir. 

O`zbekiston  Respublikasi  istiqlol  yillarida  ijtimoiy  himoyalangan  bozor 

iqtisodiyotiga  o`tish  jarayonida  bosqichma-bosqich  mustaqil  soliqlar  tizimini 

barpo etdi. Bu jarayonda eski, bozor iqtisodiyoti tamoyillariga mos kelmaydigan 

                                                 

1

  Karimov  I.A.  2014-yil  yuqori  o’sish  sur’atlari  bilan  rivojlanish,  barcha  mavjud  imkoniyatlarni  safarbar  etish, 



o’zini  oqlagan  islohotlar  strategiyasini  izchil  davom  ettirish  yili  bo’ladi.  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Mahkamasining  2013-yilda  mamlakatni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  yakunlari  va  2014-yilga  mo`ljallangan 

iqtisodiy  dasturning  eng  muhim  ustuvor  yo`nalishlariga  bag`ishlangan  majlisidagi  ma`ruzasi.  //Xalq  so’zi 

gazetasi, 18-yanvar 2014-yil, 13-son 




 

soliqlar (oborot solig`i, foydadan ajratma, o`rmon solig`i va hokazolar) tugatildi 



va bozor iqtisodiyoti talablariga mos keladigan yangi soliq tizimi joriy etildi. 

Demak,  bozor  iqtisodiyotiga  o`tish  jarayonida  moliyaviy  va  soliq 

munosabatlarini takomillashtirish o`ta muhim va murakkab muammolardan biri 

bo`lib qolmoqda. 

Respublika soliq tizimidagi o`zgarishlar bu masalaning ijobiy ham etilishi, 

turli xil yo`llar orqali amalga oshirilishini amalda ko`rsatmoqda. Bu borada soliq 

siyosatini erkinlashtirish mazkur sohalarda erishiladigan yutuqlar garovidir. Shu 

sababli,  mamlakatimiz  rivojlanishining  muhim  ustuvor  yo`nalishi  sifatida  soliq 

siyosatini erkinlashtirishning belgilanishi bejiz emas.  

Qo`shilgan  qiymat  solig`iga  davrimizning  ko`pchilik  iqtisodchi  olimlari 

turlicha  ta`rif  berib  kelmoqdalar,  lekin  shu  ta`riflarni  barchasi  mazmuni  va 

mohiyati jihatidan bir xil hisoblanadi. Qo`shilgan qiymat solig`i ishlab chiqarish 

yoki  muomalaning  har  bir  bosqichida  qo`shilgan  qiymat  qismidan  undiriladi. 

Qo`shilgan  qiymatga  ish  haqi,  amortizatsiya,  kredit  uchun  foiz,  elektr 

energiyaga, transportga, reklamaga ketgan sarf xarajatlar kiradi. Bittagina Tovar 

boshqatdan  sotilayotgan  bo`lsa,  soliq  xarid  va  sotish  narxlari  o`rtasidagi 

ayirmani  hosil  qiluvchi  qo`shilgan  qiymatdan  hisoblanadi.  So`ngra  bu  soliq 

tovarning  uzil-kesil  narxiga  qo`shiladi,  ya`ni  bunda  ishlab  chiqaruvchini  emas, 

balki  iste`molchining  daromadi  soliq  solish  obyekti bo`ladi. Qo`shilgan  qiymat 

solig`i respublikada joriy qilingan soliqqa tortishning eng murakkab, ko’p qirrali 

va  nisbatan  kam  takomillashgan  qismidir.  Qo`shilgan  qiymat  solig`i  tovarlarni 

sotish,  ishlarni  bajarish  va  xizmatlar  ko`rsatilganda  aksariyat  yangi  hosil 

qilingan  qiymatdan  (foyda,  amortizatsiya  ajratmasi,  mehnat  haqi  fondi)  kelib 

chiqib budjet daromadiga o`tkazishning bir shaklidir. 




Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling