Mavzu: “Qovun sayli” (Shukur Sa‘dulla). 1-qism. Darsning maqsadi: Ta’limiy


Download 49 Kb.
Sana18.03.2023
Hajmi49 Kb.
#1281599
Bog'liq
Qovun sayli


Mavzu: “Qovun sayli” (Shukur Sa‘dulla). 1-qism.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarga “Qovun sayli” hikoyasi haqida ma’lumot berish. O‘quvchilarni ifodali o‘qish, mazmunini so‘zlab berish malaka- sini takomillashtirish.
FK 1: hikoya mazmuni va fikrini og‘zaki bayon qila olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarni tabiatni sevishga, uni asrab-avaylashga, o‘rgatish, tarbiyalash, axloqiy fazilatlarni singdirish.
TK 4: hikoyada aks etgan milliy qadriyatlarni anglash.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarda og‘zaki va yozma nutqni, mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish.
FK 2: o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, muammoli izlanish, “Shivirlab o‘qish”, “Pinbord” usullari, “Qovunlar nomini toping” o‘yini.
Dars jihozlari: tarqatma materiallar, multimedia ilovalar.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilar Shukur Sa’dullaning “Kuz” she’rini yoddan aytib beradi.
O‘quvchilarga savol va topshiriqlar beriladi.
- Kuz faslida tabiatda qanday o’zgarishlar bo’ladi?
- She’rdagi qofiyadosh so'zlarni aytib bering.
Test topshiriqlari:
1. G‘ir-g‘ir shamol nima qiladi?
A) yeladi B) uchadi D) qo‘nadi E) sakraydi
2. O‘g‘il-qizlar qayerga boradi?
A) dalaga B) maktabga D) kutubxonaga E) bog‘ga
3. Taftidan so‘ziga qofiyadosh so‘zni toping. A ) daraxtlar B) kuz D) palladan E) aftidan
A) barglar B) gullar D) patlar E) mevalar
5. Aftidan so‘zining ma’nodoshini toping?
A) oy B) vaqt D) qiyofa E) yuz
4. Kuzda nimalar to‘kiladi?
Qovunlar nomini toping” o‘yini. Qovunlarning rasmi ko'rsatiladi, o'quvchilar uning turini topadilar. “Amiri”, “Sariq qirqma”, “Ko‘kcha”, “Bosvoldi”, “Qorako‘l”, “Doniyor”, “Asati”, “Obi novvot”, “Kampirchopon”.
III. Yangi mavzu bayoni.
- Bugun biz Shukur Sa’dullaning “Qovun sayli” hikoyasi bilan tanishamiz.
Muallif haqida ma’lumot beriladi.
Hikoya mazmuniga mos rasmlar namoyish etilib, matn o‘qiladi.
Hikoya mazmuni tushuntiriladi. O‘quvchilar ketma-ket matnni o‘qiy- di. Qolgan o‘quvchilar kuzatib boradilar. Notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.
Lug‘at ishi:
bejirim - shinam va chiroyli; xushbichim. yoqalab o’tib – chekkasi
pushtalarida - yonma-yon jo‘yaklar orasidagi, odatda qator qilib ekin ekiladigan uzun yer bo‘lagi, ekin palak otishi uchun qoldirilgan bo‘sh joy.
choydish - suv, choy qaynatiladigan metall idish, qumg‘on.
karji - qovun tilimidan ko‘ndalangiga kesilgan bo‘lak.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. O‘quvchilar “Qovun sayli” matnini “Shivirlab o‘qish” usulida o‘qiydilar va hikoya qilib beradilar.
Savol-javob o‘tkaziladi:

1. Bolalar polizga nima uchun borishdi?


2. Ular polizda qanday qovunlarni ko‘rishdi?
3. Qovun polizida qanday voqealar yuz berdi?
Pinbord” usulida matn yaratish.
O‘quvchilar 2 guruhga bo‘linadi. Reja asosida “Pinvord” usulida “Qovun sayli” matni yaratadi. Shu tariqa matn kengaytirilib boriladi.
V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
O‘quvchilar bilan savol-javob o‘tkaziladi:
1. Fasllarga bog‘liq yana qanday an’analarni bilasiz?
2. O‘zingiz shunday an’analarda ishtirok et- ganmisiz?
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.


VI. Uyga vazifa. “Qovun sayli” hikoyasining 1-qismini o‘qish .
Download 49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling