Mavzu: qoyatosh tasvirlari va ularning o'rganish tarixi kirish


Download 158.21 Kb.
bet4/8
Sana18.06.2023
Hajmi158.21 Kb.
#1575832
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
QOYATOSH TASVIRLARI VA ULARNING O\'RGANISH TARIXI234

Z ARAUTSOY QOYA RASMLARI
Respublikamizning qariyb barcha tog’larida ibtidoiy ajdodlar chizgan toshdagi rasmlar uchraydi. Suratlar toshlarning sirtiga ikki xil usulda: urib cho’kichlash va tabiiy bo’yoqlar yordamida ishlangan. 
Olimlarning uzoq vaqt mobaynida olib borgan tadqiqotlari natijasida qizil tabiiy bo’yoq- oxra bilan cho’p, qamish, suyak va qushlarning pati vositasida Zarautsoy qoyalariga ishlangan tasvirlar ibtidoiy zamonning mezolit davriga, ya’ni bundan 8-6 ming yillar ilgari o’tgan o’rta tosh asriga oidligi aniqlangan. Bu - mamlakatimiz qoya suratlari ichida Surxondaryo viloyati Ko’xitang tog’ tizmalaridagi Zarautsoy tasvirlarining eng qadimiy tasvirlar ekanligini bildiradi. 
Umuman, Surxondaryo bugungi kunda eng qadimiy madaniyat beshiklaridan biri ekanligi bilan jahon miqyosida mashxurdir. Haqiqatdan ham Boysun tog’larida bundan yuz ming yillar ilgari yashagan neandertal odami, SHerobod cho’lidan topilgan respublikamiz tarixida eng birinchi shahar hisoblanmish Jarqo’ton va boshqa ko’plab asori atiqalar buni isbotlab turibdi. Ibtidoiy davrda yashagan. ajdodlarimiz esa qorin tuyg’azish uchun faqat tog’ma-tog’ yovvoyi hayvonlarni quvib yurish bilan kifoyalanmay, shu bilan birga san’at bilan ham shug’ullanganliklarini Zarautsoy yodgorligi tasdiqlaydi.
Zarautsoy qoya san’ati nafisligi, nozikligi va go’zalligi bilan Vatanimiz qoya tasvirlarining barchasidan ajralib turadi. Jahon ibtidoiy san’atining rivojlanishi mezolitgacha va mezolit paytida umumiy bir xil yo’nalish va sharoitda kechganligi aniqlangan. Zarautsoy tasvirlarining mavzui va g’oyaviy mazmuni yevropa, Afrika va Osiyoda topilgan qadimiy qoya suratlariga o’xshab ketishligi ana shu jihatdan nihoyatda hayajonlidir.
Mamlakatimiz va xalqimiz tarixida eng qadimgi davrlarda yashab o’tgan ota-bobolarning turmushi va ma’naviyati haqida so’zlaydigan daliliy hikoya bo’lgan Zarautsoy haqli ravishda avlodlar uchun yorqin xotira, toshda yozib qoldirilgan ochik kitob, san’atimizning ilk beshigi, ta’lim-tarbiya o’chog’i, fan har doim murojaat qiladigan manba hisoblanadi. Zarautsoy yodgorligi o’tgan asrning qirkinchi yillarida o’rganilgan.
Harbiy davrning o’ta qiyin sharoitlarida ham uning jahon tarixidagi ahamiyati ko’zda tutilib muhofazaga olingan va sobik Ittifoqda ilk marotaba san’atshunoslik qo’riqxonasi deb e’lon qilingan, qo’riqchi shtati ajratilgan. SHerobod tuman ijroiya qo’mitasining 1946 yil 8 iyuldagi № 14/156 qarori bilan Zarautsoy davlat qo’riqxonasining chegara hududlari belgilangan.
Afsuski, keyinchalik bebaho rasmlar qarovsiz qolgani natijasida soni tobora oshib borayotgan «yovvoyi sayyoh»larning vahshiyona munosabati va eng yomoni so’nggi 20-25 yil ichida tabiiy sizot suvlarining suratli kamar ustiga to’g’ri kelib qolganligi oqibatida qoyaning monolit toshlari yorilib bu yoriqlardan suv sizib chiqmoqda.
Masalan, 1940-1943 va 1945 yillarda Zarautsoyga ekspeditsiyalar uyushtirilib qoyatosh va kamarlarga bitilgan 264 ta surat-yozuvlar o’rganilgan bo’lsa, 1964 yilda hammasi bo’lib 212 surat qayd etilgan. 1976 yilga kelib to’rtta kamarda saqlanib qolgan 88 ta surat ilmiy o’rganilgan. SHundan beri o’tgan 30 yil mobaynida Zarautsoy suratlarining qanchasi o’chib, nechtasi butun qolganini hech kim bilmaydi va hech kim aniqlamagan.
Agar ahvol shunday davom etaversa, 7-8 ming yildan beri gard yuqmay turgan nodir suratlar bizning ko’z oldimizda tez orada yo’qolib ketadi, buyuk o’tmishdan qolgan moddiy madaniyatimizning yorqin va betakror dalili kelajak avlodlarga yetib bormaydi va bu joylarda oddiy tog’u-toshdan bo’lak hech vaqo qolmaydi.
Xo’sh, o’z yurtimizda, o’z tuprog’imizda milliy-ma’naviy qadriyatimizning ilk namunasi nes-nobud bo’lib ketishiga befark qarab turaverish kerakmi? Yo’q, aslo! Axir, u bir marta yaratilgan, boshqa qaytarilmaydi, o’tmishimiz buyukligining isboti, haqiqiy hikoyasi, toshdagi doston hisoblanadi-ku?
Ana shu sabablar borligi tufayli ham Zarautsoyni saqlab qolish, xalqimiz, ayniqsa yoshlar tarbiyasida undan foydalanish darkor, buning uchun oqilona tadbirlarni amalga oshirib, kelajak avlodlarni bizdan minnatdor etmog’imiz shart.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov «Zamonlarning beshafqat sinovlaridan omon qolgan eng qadimgi toshyozuvlar va bitiklar... bizning beqiyos ma’naviy boyligimiz va iftixorimizdir» degan edilar.
To’g’ri, shu paytgacha ham Zarautsoy yodgorligini asrab qolish va uni muhofaza etish masalasiga e’tiborni qaratish maqsadida matbuot, televidenie va radioda ko’plab chiqishlar bo’lgan, jamoatchilik vakillari va olimlarning murojaatlari qabul qilingan, Zarautsoy yodgorligining xalq pedagogikasi taraqqiyotida ahamiyatiga bag’ishlab o’tkazilgan «Zarautsoy -95» va «Zarautsoy - 98» xalqaro simpoziumlarida noyob suratlarni asrash va ta’mirlash borasida xolis fikrlar bayon etilgan. Ammo gaplar quruqligicha qolib ketgan, masala haligacha amalda o’z yechimini topmagan.
Faoliyati qadimiy yodgorliklarni saqlash va restavratsiya qilishga qaratilgan davlat organlarining mablag’lari har doim ham yetarli bo’lmayapti, madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish inspektsiyasi esa obidalarning sekin-asta yo’qolib ketishini qayd etishdan boshqa narsaga iloji bo’lmayapti. SHuning uchun ham biz «Zarautsoy» jamoatchilik Markazini tuzganmiz va xalqimizning muqaddas yodgorligini asrab qolish hamda muhofaza qilish vazifasini o’z oldimizga qo’yganmiz. 
Bu oliyjanob maqsadlarni amalga oshirish uchun birinchi navbatda obidaning ahvolini arxeolog, san’atshunos va gidrogeolog o’rganishi, ikkinchi navbatda yuqoridagi mutaxassislar xulosalari asosida Zarautsoy kamarlarining joyini, uning suratlarini saqlash, muhofaza qilish choralari ko’rilishi lozim, deb hisoblaymiz. SHuningdek, Zarautsoydagi bitiklar hamda qoyatosh suratlarining akslarini alohida rangli kitob-albom holida chop etish, «Zarautsoy ibtidoiy san’ati» xujjatli filmini suratga olish rejamizda bor.
Agar shu va boshqa ishlar amalga oshirilsa, natijada «Zarautsoy» jamoatchilik Markazi o’z oldiga qo’ygan muhim ilmiy, ma’rifiy, tarixiy, siyosiy masala bajariladi yoki anikroq qilib aytganda Zarautsoy taqdiriga befarq qarashni bartaraf etish keng xalq ommasi, xususan yosh avlodni vatanparvarlik, milliy iftixor ruhida tarbiyalashga amaliy xizmat qiladi: eng qadimiy merosiy madaniyatimizdan tortib to hozirgi zamon va kelajak orasida ko’zga ko’rinmas vorisiylik iplarining bog’lanishi Vatanimizda milliy istiqlol g’oyasi shakllanayotgan bir paytda o’ta muhimdir. Bu ishga mahalliy aholi ham qiziqmoqda. 
SHu yerda unib o’sib turli joylarga tarqalgan kishilar va ularning farzandlari ham bu ishda o’z hissasini qo’shish istagini bildirmoqda. O’tgan 2006 yilda "Zarautsoy" jamoatchilik Markaziga YUNESKO vakillari tashrif buyurishdi va bizning hamrohligimizda Zarautsoy yodgorligini borib ko’rdilar. Missiya rahbari, qoya san’atlari bo’yicha professor Aleksey Rogojinskiy Zarautsoy suratlarining g’oyat go’zal va nafis ekanligiga, zamonlar o’tishi bilan ham yaxshi saqlanganligiga alohida e’tibor berar ekan, bebaho rasmlar ustidan chizib tashlanganligi, ancha rasmlar yo’qolib ketayotganligi yodgorlikning amalda qarovsizligi bilan bog’liqligini ta’kidladi. 
SHu ma’noda Zarautsoy yodgorligini muhofaza qilish va saqlash qolish maqsadini ko’zlagan nodavlat notijorat tashkiloti tuzilishi har taraflama qo’llab-quvvatlashga loyiq. Markaz faollari olijanob g’oyalarni ro’yobga chiqarish uchun xomiylar va a’zolar ko’magida mablag’lar topishi dolzarb masala bo’lib turibdi.
Zarautsoy qoya rasmlari obidasini YUNESKO ro’yxatiga olish uchun hujjatlar tayyorlash maqsadida kelgan ushbu nufuzli xalqaro tashkilot missiyasi a’zolarining fikricha, yodgorlik muhofazasi, targ’iboti, ekoturizm sohasidagi ahamiyati masalasiga jamoatchilik e’tiborini jalb etish, yoshlarni yodgorliklarni e’zozlash ruhida tarbiyalash muhim hisoblanadi.

Talabalar ongi va qalbiga milliy istiqlol g'oyasini singdirish muammosi


ta'lim-tarbiya jarayonida samarali usul va vositalardan foydalanishni taqozo etadi.
«Hozirgi murakkab sharoitda xalqimiz, awalo, o'sib-unib kelayotgan yosh
avlodimiz ongi va qalbida mafkuraviy immunitet hosil qilish muhim ahamiyatga
ega. Bu ishni bamisoli yosh ni-holga mevali daraxt kurtagini payvand qiladigan
usta bog'bondek noziklik va mehr bilan oqilona amalga oshirish lozim*
Talabalar ongi va qalbiga milliy. istiqlol g'oyasini singdirish ta'lim
muassasalaridagi ijtimoiy-gumanitar yo'nalishdagi fanlarning vazifasi bo'lib
qolmasdan, balki o'rta maxsus kasb-hunar kolleji barcha o'quv fanlarining vazifasi
sanaladi. Bu boradagi ma'naviy-ma'rifiy ishlar keng ko'lamda olib borilib, ta'lim-
tarbiya jarayo-nining barcha jabhalarida asosiy o'rinni egallashi lozim. Xususan,
tasviriy san'atni o'qitilishida bu vazifa talabalarda Vatan tuyg'usini shakllantirish
— Ona Vatanga, uning tabiatiga mehr-muhabbat uyg'otish; o'lkamiz boyliklarini
asrab-avaylab, tabiatdagi o'simliklar va hayvonlarga nisbatan ongli va to'g'ri
munosabatni tarkib topti-rish, ularning ekologik madaniyatni yuksaltirishdan
iborat.
«Hozirgi vaqtda eng muhim, eng dolzarb vazifamiz — jamiya-timiz
a'zolarini, awalambor, voyaga yetib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirish,
ularning qalbida milliy g'oya, milliy mafkura, o'z Vataniga mehr-sadoqat tuyg'usini
uyg'otish, o'zligini anglash, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida
tarbiyalashdan iboratdin>
O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyatining ishchi guruhi tomonidan
tayyorlangan «milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushunchalar va tamoyillar» risolasida
qayd etilgandek, milliy istiqlol mafkurasi O'zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, demokratiya tamoyillariga
asoslanadi, xalqimiz-ning asrlar davomida shakllangan yuksak ma'naviyati, ustozshogird an'analari, ajdodlarimizning tarixiy merosidan oziqlanadi. Shu sababdan
barcha ta'lim muassasalari tayanch o'quv rejalariga o'quvchi-yoshlarning huquqiy
madaniyatini oshirish, ta'lim-tarbiya jarayonini huquqiy demokratik jamiyat qurish
tamoyillariga moslash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini
o'rganish o'quv kurslariga kiritilgan.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1990 yil 16 avgust
qaroriga ko`ra 1999-2000 o`quv yilidan boshlab umumiy o`rta ta`lim maktablarga
barcha fanlar qatori tasviriy san`at talimi bo`yicha ham davlat ta`lim standartlari
joriy etildi. Davlat ta`lim standartlarini ishlab chiqilishi avvalo O`zbekistonning
Mustaqilligi uning jahon hamjamiyatiga faol kirib borayotganligi bilan bog`lanadi.
1.1 Tasviriy san'at fanidan davlat ta'lim standarti
O'quvchilar tasviriy san'at faniga oid quyidagi bilim, ko'nikma va
malakalarni egallashlari shart:
- tasviriy san'atning kishilar hayotidagi ahamiyatini tasavvur qilish;
- tasviriy, amaliy-bezak san'ati, me'morlik san'atida ishlatiladigan asosiy
atama va tushunchalarni hamda ularning ma'nosini bilish;
- miniatyura san'ati haqida umumiy ma'lumotga ega bo'lish;
- tasviriy san'atning nazariy asoslarini bilish va ularga amaliy tasviriy
faoliyatda rioya qila olish;
- tasviriy san'at asarlarining ifodalilik vositalari (chiziq, siluet, rang, ritm,
simmetriya, assimetriya, kompozitsiya)ni bilish va ularni amalda qo'llay olish;
- tasviriy san'atning asosiy tur va janrlarini bilish;
- o'zbek xalq amaliy bezak san'atining turlari va uning mashhur ustalari va
ularning asarlarini bilish;
- tasviriy san'atda ijod qiluvchi eng mashhur o'zbek va chet el rassomlarining
hayoti va ijodini, ularning ayrim asarlarini bilish;
- O'zbekiston va chet el mamlakatlarining eng mashhur me'morchilik
obidalarini bilish;
- 15-20 rang nomlarini bilish va ularni amaliy faoliyatda to'g'ri qo'llay olish;
- tasviriy va amaliy san'at asarlarini badiiy idrok eta olish;
- badiiy bezak ishlarini erkin bajara olish;
- qush, hayvon, odamni asliga qarab rasmi va haykalini tasvirlay olish;
- tasviriy faoliyatda turli material va uslublardan foydalana olish;
- afsonaviy mavzularda rasm va haykallar ishlaganda ularni fantaziya
asosida tasvirlay olish;
- tasvirlar ishlaganda o'zbek san'atining milliy badiiy an'analarida maqsadga
muvofiq foydalana olish;
- tasviriy faoliyat jarayonida texnika xavfsizligi va gigiyena qoidalariga
rioya qila olish.


Download 158.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling