Mavzu: qoyatosh tasvirlari va ularning o'rganish tarixi kirish
Download 158.21 Kb.
|
QOYATOSH TASVIRLARI VA ULARNING O\'RGANISH TARIXI234
Kurs ishining vazifasi:
Chingiz Ahmarov hayoti va ijodini haqidagi bilimimni rivojlantirish. Kurs ishi tuzilishi: kirish, ikki bob, xulosa foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat bo`lib, jami 29 sahifani tashkil etadi.1 I–BOB. TASVIRIY SAN`ATNI O`QITISH METODIKASI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA. Qoya tosh suratlari B epoyon dara. Qo‘l-oyog‘idan tashqari tanasining barcha a’zolarini qo‘ng‘iroqni eslatuvchi niqob bilan berkitib olgan odamlar o‘q-yoy, nayza, o‘roqsimon qurollar va itlar yordamida bahaybat bir yovvoyi buqaga hamla qilmoqchi. Uzun shoxli hayvon esa ulardan qochmoqchi bo‘lib, bor kuchi bilan oldinga intilmoqda. Biroq foydasiz. Uni oldinda yana ovchilar kutib turibdi. Bir tomonda esa biyasini qizg‘angan ayg‘ir otlar ayovsiz jang qilmoqda. Salgina narida uzoq manzilni ko‘zlab yo‘lga chiqqan karvon ko‘rinadi... O‘ziga xos rang-baranglikni ifoda etgan mazkur manzara Zarautsoy qoyatosh suratlarining birida aks etgan. Zero, ming yillar osha saqlanib kelayotgan buyuk o‘tmishimizdan hikoya qiluvchi yurtimizdagi qoyatosh suratlari, san’at va ma’naviyatimizning ilk kurtaklari hisoblanadi. Ajdodlarimiz oddiy toshlarga bejirim rasmlarni shu qadar nafis, o‘ziga xos did bilan ishlaganki, ularni tomosha qilib beixtiyor hayratlanasiz. Muxbirimizga tarix fanlari nomzodi, dotsent Abdujabbor Kabirov O‘zbekistondagi mavjud qoyatosh tasvirlari, ushbu san’at turining paydo bo‘lish tarixi va ularda aks etgan manzaralar xususida quyidagilarni gapirib berdi. ILK BOR BO‘YOQDA ISHLANGAN SURATLAR — Yurtimizda ushbu noyob san’at o‘rta va yangi tosh davrlarida, ya’ni bugungi kunimizdan chamasi V ming yillar ilgari paydo bo‘lgan. Suratlar asosan ikki xil usul — urib cho‘kichlash va tabiiy bo‘yoqlar yordamida ishlangan. Birinchi usulda rasmlar uchi o‘tkir, tig‘li temir va po‘lat asboblar bilan toshlarni o‘yib ishlangan. Bu yer yuzidagi ko‘pgina qoyatosh tasvirlarga xos uslub bo‘lib, fan tilida nuqtali usul deb ataladi. Keyingisida ilk rang-tasvir ustalarining mahorati ko‘zga tashlanadi. Ular qizil kesak — angobni hayvon tanasidagi ma’lum bir suyuqlikka qo‘shib bo‘yoq tayyorlaganlar. Rasmlarga cho‘p, qamish, suyak va qushlarning pati vositasida jilo berilgan. Bu turdagi qoyatosh suratlarining deyarli hech bir o‘zgarishsiz hozirgi kunimizgacha saqlanib qolishi, ajdodlarimiz aql-zakovatining mahsuli bo‘lgan ilk bo‘yoqlarning sifati juda yuqoriligidan dalolat beradi. O‘zbekistonda 100 dan ortiq ana shunday nodir san’at namunalari aniqlangan. Xususan, nafaqat bizni, balki xorijlik sayyohlar, tadqiqotchilarda ham yaxshi taassurot qoldirgan Zarautsoy, Sarmishsoy, Teraklisoy, Bironsoy, Qoracharvoqsoy va Xo‘jakentdagi qoyatosh suratlari juda yaxshi o‘rganilgan. Ular ba’zi umumiy o‘xshashlikka ega bo‘lsa-da, rasmlar turi, mazmuni, ifoda etilgan manzaralari, uslubiy xususiyatlari va davr jihatidan farq qiladi. Ayniqsa, Zarautsoy qoyatosh tasvirlari nihoyatda nafisligi, nozikligi va go‘zalligi bilan boshqalardan ajralib turadi. U yerdan mezolit, neolit va keyingi davrlarga mansub bo‘lgan 200 dan ortiq rasm topilgan. Shuni alohida ta’kidlab o‘tmoqchimanki, Zarautsoy suratlarining mavzui va g‘oyaviy mazmuni G‘arbiy Yevropadagi butun dunyoga mashhur Lasko, Altamir, Niodagi qadimiy, sirli qoya suratlariga yaqin. Bu esa o‘sha davrda dunyo sivilizatsiyalarining bir xilda rivojlanganidan dalolat beradi. Xususan, ulardagi bo‘yoq bilan ishlash texnikasi bir-biridan farq qilmaydi. NIQOBLI OVCHILAR — Tasviriy san’atning dastlabki namunasi — qoyatosh suratlari arxeolog va etnograflarning qadimgi davr tarixini yoritishida beqiyos manba hisoblanadi. Ularda asosan, ibtidoiy davr hamda ilk o‘rta asrlarda yashagan ajdodlarimizning kundalik hayoti, turmush tarzining ba’zi jihatlari, diniy e’tiqodi, mashg‘ulotlari, odatlari va o‘ziga xos moddiy-ma’naviy madaniyati ifodalangan. Ayniqsa, ajdodlarimizning eng qadimgi mashg‘uloti — hayvonlarni ov qilish manzarasi ko‘p uchraydi. Bu suratlar bizga o‘sha davrda odamlar ko‘proq qanday hayvonlarni ovlaganligi va ular buni qay tarzda bajarganligi haqida ham qiziqarli ma’lumotlar beradi. Chunonchi, Surxondaryodagi Ko‘hitang tog‘ining sharqiy yon bag‘rida joylashgan Zarautsoy qoyatosh suratlarida qo‘ng‘iroqqa o‘xshash niqob kiyib olgan ovchilar qizil angob-oxra bilan tasvirlangan. Bu bejiz emas, albatta. Zero, o‘tmishda odamlar ov qilinayotgan hayvonga yaqinlashish, ularni cho‘chitib yubormaslik maqsadida ustiga o‘sha hayvonning terisini, boshiga esa shoxini bog‘lab uning qiyofasiga kirgan. Xususan, qadimda hindular bizon, aborigenlar kenguru, shimoliy Sibir eskimoslari esa los, bug‘u qiyofasiga kirib, ularni ovlagani haqidagi etnografik ma’lumotlar talaygina. Hozir ham asosiy mashg‘uloti ovchilik bo‘lgan ayrim qabilalar shu usulni qo‘llashadi. Zarautsoyda ham shunga o‘xshash manzaraga guvoh bo‘lish mumkin. Ovchilar archazorlarda o‘tlab yurgan yovvoyi buqalarni avval yaqindan o‘rab olib, so‘ngra o‘qqa tutish maqsadida aynan archasimon yopinchiqlardan foydalangan. YURTIMIZDA ARSLONLAR YASHAGANMI? — Qoyatosh rasmlari o‘tmishning o‘chib ketgan sahifalarini o‘rganishda nafaqat tarixchi yoki etnograf, balki san’atshunos, paleozoolog va boshqa fan namoyandalari uchun ham qimmatli manba hisoblanadi. Qadimgi tosh asrining so‘nggi bosqichiga kelib, yer yuzidagi ulkan muzliklarning chekinishi natijasida iqlim o‘zgardi. Natijada O‘rta Osiyoning hayvonot olami va o‘simliklar dunyosida ham o‘zgarishlar yuz berdi. Chunonchi, yirik hayvonlar asta-sekin yo‘qolib, o‘rniga elik, arxar, muflon, tog‘ echkisi, bug‘u, jayron, sayg‘oq, qulon, quyon, arslon, yo‘lbars, bars, qoplon, qor qoploni, gepard va boshqa hayvonlar ko‘paydi. Bu yurtimizdagi qoyatosh suratlarida ham o‘z aksini topgan. Xususan, Navoiy viloyatidagi Qoratog‘ tizmasining janubiy yonbag‘ridan oqib chiquvchi Sarmishsoy darasidagi 5000 dan ortiq suratning aksarida bugungi kunda yo‘qolib ketish xavfi paydo bo‘lgan, faqatgina tropik Afrika savannalari va hayvonot bog‘larida uchraydigan hayvonlar tasviri tashkil etadi. Ayniqsa, sher, yo‘lbars, bars kabi yirtqich hayvonlarning to‘qnashuvi, ovchining kamdan-kam hollarda qo‘lga o‘rgatiladigan ov qoploni — gepard yordamida yovvoyi buqani qo‘lga kiritishi ifoda etilgan manzaralar kishi diqqatini o‘ziga tortadi. Arslon bilan bog‘liq bo‘lgan ov manzaralarining ko‘pligi, qadimda ularning mazkur hududda to ilk o‘rta asrlargacha ham mavjud bo‘lganini ko‘rsatadi. Shuningdek, bu yerdagi toshlarga «Avesto»da tilga olingan noyob jonzotlar ham o‘yib-urib ishlangan. BEBAHO RASMLAR — UMUMJAHON MEROSI — Ibtidoiy san’atning noyob yodgorligi sifatida «Qizil kitob»ga kiritilgan betakror qoyatosh suratlari bugun xorijiy mamlakatlarda ham e’tirof etilmoqda. Xususan, 2008 yilda O‘rta Osiyoni tadqiq qilish instituti va O‘zRFA arxeologiya instituti tashabbusi bilan respublikamiz va xorijiy davlatlarning o‘ttizdan ortiq mutaxassisi ishtirokida Sarmishsoy qoyatosh suratlariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tgan edi. Unda Zarautsoy, Sarmishsoy kabi bebaho madaniy yodgorliklar muhofazasi, ular yo‘qolib ketishining oldini olish maqsadida tegishli qarorlar ham qabul qilindi. Eng muhimi, ushbu anjumanda Sarmishsoy suratlari umumjahon merosining noyob namunasi sifatida YuNESKO tomonidan ro‘yxatga olinib, «Ochiq osmon ostidagi muzey» deb rasman e’lon qilindi. Bularning bari mamlakatimizda Prezidentimiz rahnamoligida bebaho madaniy merosimiz, osori-atiqalarimiz, tarixiy yodgorliklarimizni asrab-avaylab, bus-butunligicha kelajak avlodlarga qoldirishdek ezgu maqsad va e’tiborning samarasidir. Shu o‘rinda yana bir gap. O‘tmish madaniyatimizning nodir durdonasi bo‘lgan qoyatosh suratlarining muhofazasi, ularning yo‘qolib ketishining oldini olishga nafaqat tarixchi yoki arxeolog, balki barchamiz birdek daxldormiz. Bu o‘rinda esa, bolalarimizni ulkan milliy-ma’naviy qadriyatlarimiz bilan tanishtirish, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan noyob yodgorliklarni e’zozlash ruhida tarbiyalash juda muhim.2 Download 158.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling