Mavzu: Qurilish materiallarini saralash uchun texnologik uskunalar. Reja
Download 0.99 Mb.
|
Uskuna M 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Valikli elaklar
- 12-MA’RUZA: Mavzu: Yassi va barabanli sim g‘alvirlar. Yoysimon elaklar
- Barabanli elaklar
Kolosnikli elagichlar
Kolosnikli elagichlar qo‘zg‘aluvchi va qo‘zg‘almaslarga bo‘linadi. Qo‘zg‘almas “kolosnikli” elaklar, parallel joylashgan “kolosnik”lardan tashkil topgan panjaradir. Qo‘zg‘almas elaklar ko‘proq oziqlantirgich sifatida jag‘li va konusli sindirgichlar uchun va boshlang‘ich materialdan o‘lchamlari natijaviy mahsulot o‘lchamlaridan kichik bo‘lganlarini ajratish uchun ishlatiladi. Qo‘zg‘almas elaklarni ishchi yuzasidagi materialni ishqalanish burchagini oshirish uchun ishchi yuzalari burchak ostida o‘rnatiladi. Amaliyotda bu burchak 45 gradusni tashkil etadi. Qo‘zg‘aluvchan “kolosnikli” elaklar ham boshlang‘ich materialdan mayda bo‘laklar ajratish uchun mo‘ljallangan. Valikli elaklar Valikli elaklar sindirgichlarga oziqlantirgich sifatida, boshlang‘ich materialdan mayda bo‘lak ajratishda dastlabki sindirish uchun ishlatiladi. O‘lchami natijaviy mahsulot o‘lchamidan kichik bo‘lgan holda valikli elaklardan, boshlang‘ich materialdan tuproqni va shunga o‘xshash boshqa ifloslantiruvchi qo‘shimchalarni ajratishda ham qo‘llaniladi. 12-MA’RUZA: Mavzu: Yassi va barabanli sim g‘alvirlar. Yoysimon elaklar:Yoysimon elaklar egri chiziqli yuzaga egadir. Ular material zarralarini o‘lchamlari 0,15 - 2,5 mm bo‘lgan ho‘l materiallarni elashga moslashtirilgan. Yoysimon elaklar shartli ravishda bosimli va bosimsizlarga bo‘linadi. Elaklarning markaziy burchagidagi ishchi yuzasi 90 gradusdan kichik bo‘lsa, u bosimsizga, 90 gradusdan katta bo‘lsa bosimliga kiradi. Yoysimon elakning asosiy ishlash sharoitlari o‘rganilganda, kichik burchakli elaklarda elanish materialni xohlagan kichik tezligida sodir bo‘ladi, 160 – 180 gradus burchak ostidagi elaklar chegaraviy tezlikni kamayishi bilan elanish sodir bo‘lmaydi. Bu elaklarning qurilishi bo‘yicha soddadir va katta ishlab chiqarish unumdorligiga egadir. Barabanli elaklar:Tuzilishiga ko‘ra barabanli elaklar silindrsimon, konussimon va ko‘p qirrali (prizmatik) bo‘ladi. Prizmatik elaklarni “buratalar” deb ataladi. Elaklar barabani markaziy valga mahkamlanadi yoki bandajlar yordamida rolikli tayanchlarga mahkamlanadi. Elak 1 – harakatga keltiruvchi valdan va 2- krestovinadan tashkil topgan. 3 – krestovinaga bir necha ishchi yuzasini bir necha qator qilib bitta nuqtaga mahkamlangan (panjara yoki tur). Ko‘rilayotgan elakda saralash sxema bo‘yicha yirigidan maydasiga bo‘layapti. Elakning ingichkalashgan qismiga boshlang‘ich mahsulot yuklanadi, kengaytirilganiga esa yuk tushiriladi. Baraban 4-7 gradus qiyalikda gorizontal tekislikga nisbatan o‘rnatiladi. Elak bir xilda ishlaydi, shuning uchun dinamik og‘irliklar ishtirok etmaydi. Barabanli elaklarning kamchiligi: ishchi yuzalarni kamroq ishlatilishi (20%) va elashni foydaliligini pastligi. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling