Mavzu: Qurilish materiallarini saralash uchun texnologik uskunalar. Reja


Download 0.99 Mb.
bet1/9
Sana02.05.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1423075
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Uskuna M 2


Mavzu: Qurilish materiallarini saralash uchun texnologik uskunalar.


Reja:

  1. Kolosnikli elaklarning tuzilishi.

  2. Valikli elaklarning ishlash prinsipi.

  3. Yoysimon elaklarning va barabanli elaklarning ishlash prinsipi.


Tayanch iboralar: saralash, kolosnik, shtamp, to‘r, kvadrat , yoysimon, oval, teshik, parametr.

Material zarralarini yirikligi, kattaligi bo‘yicha bo‘linishi (ajratilishi) jarayoni saralash deyiladi. Agar xom ashyo har xil materiallar qorishmasidan tarkib topgan bo‘lsa, ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan bu materialni qorishmadan ajratib olinadi. Saralanayotgan vaqtda materialdan yana begona qo‘shimchalarni ham olib tashlanadi, qaysiki mahsulotni sifatini pasaytiradigan yoki mashinani ishchi organlariga salbiy ta'sir etadigan. Saralashdagi bu jarayon boyitish deyiladi.


Materiallarni saralash: mexanik, havoli, gidravlik va magnitli usullar bilan amalga oshiriladi. Mexanik saralash elaguvchi mashinalarda bajariladi va elovchi mashinalar deb nomlanadi. Elovchi mashinalar turli, reshyotli, kolosnikli bo‘ladi.
Ular siljiydigan va siljimaydiganlarga bo‘linadi. Havoli saralash (separatsiya) separatorlarda bajariladi. Gidravlik saralashni har xil klassifikatorlar va gidrotsiklonlar amalga oshiradi. Magnitli saralashga esa magnitli separatorlar qo‘llaniladi.
Mexanik saralash uchun mashinalar

Maydalangan materiallarni mexanik usulda sinflarga bo‘linish jarayoni elash deyiladi. Saralash ishlari olib boriladigan mashinalarni esa elovchi mashinalar deyiladi. Elash jarayoni bir yoki bir necha ishchi yuzalarga ega: kolosnikli, reshetli, turli va valikli. Kolosnikli ishchi yuzalar parallel holda joylashgan alohida po‘lat plastinkalardan iborat. Kolosniklar yuzasi har xil formaga ega bo‘ladi.


Reshetlilar esa tekis po‘lat yuzali yoki teshikli shtamplangan trubasimon yacheykali bo‘ladi. Tekis reshetalar tekis yuzali elashda ishlatiladi, trubasimon yacheykalar - barabanli elagichlarda ishlatiladi.
Reshetalar dumaloq, to‘g‘ri burchakli yoki oval teshikli formalarga ega bo‘lishi mumkin. To‘g‘ri burchakli teshiklar ba'zida reshetaning o‘qiga burchak ostida joylashgan bo‘lishi ham mumkin. Elagichlarda yig‘ma reshetalarni ham qo‘llash mumkin, qaysiki alohida shtamplangan tekisliklardan tayyorlangan bo‘ladi.
Turlar o‘zaro ayqash, bo‘ylama va ko‘ndalang simlardan tayyorlanadi, qaysiki o‘lchami 100 mm gacha bo‘lgan kvadrat yoki to‘g‘ri burchakli teshiklar hosil qilgan.



Yirik turlardagi simlarni surilishini oldini olish va teshiklarini o‘lchamini doimiy saqlash uchun egilgan simlar qo‘llaniladi. Alohida sterjendan iborat turlarni payvandlanadi. Elagichning 3 xil ishlash ketma-ketligi bor. Yirigidan maydasiga, maydasidan yirigiga va umumiy holda. Yirigidan maydasiga elash vaqtida yuqorigi ishchi yuza juda katta teshiklarga ega bo‘ladi, pastkisi esa juda kichik.
Elagichlar konstruksiyasi bo‘yicha tekis, barabanli, yoysimon va valiklilarga bo‘linadi. Ishchi yuzalar joylashishiga ko‘ra gorizontal va tekis egilgan elagichlarga ajraladi. Tekis elagichlar qo‘zg‘almaydigan va qo‘zg‘aladigan ishchi yuzalarga egadir. Qo‘zg‘almas tekis elagichlar gorizontal tekisligida burchak ostida o‘rnatiladi, qaysiki ishchi yuzasidagi materialni elashda ishqalanish burchagini oshirish uchun.



Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling