Mavzu: qurilish tashkilotlarida yakuniy moliyaviy natijalar, soliqlar va majburiy to‘lovlarning hisobi


Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot (5-shakl)


Download 227.35 Kb.
bet6/6
Sana16.06.2023
Hajmi227.35 Kb.
#1490825
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Qurilish tashkilotlarida mol-y natijalar

Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot (5-shakl)

  • Ushbu hisobotning asosiy maqsadi foydalanuvchilarga qurilish tashkilotining xususiy kapitalining holati va uning o‘zgarishi to‘g‘risida pul o‘lchov birligidagi ma’lumotlarni berish hisoblanadi.
  • Hisobot to‘qqizta ustunchadan iborot. Uning 1 va 2-ustunlarida hisobotning ko‘rsatkichlari va ularga birkitilgan satrlarning raqamlari ko‘rsatiladi. Hisobotning 3-8 ustunlari xususiy kapitalning alohida turlarining holati va harakatiga doir ma’lumotlarni aks ettirishga mo‘ljallangan.

Debitorlik va kreditorlik qarzlar haqida ma’lumotnoma (2a- shakl)

  • Ushbu ma’lumotnomaning asosiy maqsadi – qurilish tashkilotining hisobot davri oxiriga bo‘lgan debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risida ma’lumotlarni turli belgilari bo‘yicha guruhlab ko‘rsatish.

Ma’lumotnoma 12 ta ustunchadan iborot. Uning 2- ustunida debitorlar va kreditorlarning nomi, 3-ustunchada jami umumiy qarzlar, 4-ustunchada jami qarzlardan muddati o‘tgani ko‘rsatiladi. Ma’lumotnomaning 5-12 –ustunchalari qurilish tashkilotiga taalluqli bo‘lmagan sabablar bo‘yicha vujudga kelgan qarzlar to‘g‘risida axborotlarni berishga mo‘ljallangan, jumladan:

  • Ma’lumotnoma 12 ta ustunchadan iborot. Uning 2- ustunida debitorlar va kreditorlarning nomi, 3-ustunchada jami umumiy qarzlar, 4-ustunchada jami qarzlardan muddati o‘tgani ko‘rsatiladi. Ma’lumotnomaning 5-12 –ustunchalari qurilish tashkilotiga taalluqli bo‘lmagan sabablar bo‘yicha vujudga kelgan qarzlar to‘g‘risida axborotlarni berishga mo‘ljallangan, jumladan:
  • 5- va 6- ustunchalarda bunday qarzlarning mos ravishda jami va muddati o‘tgan summasi;
  • 7- va 8- ustunchalarda xukumat qaroriga asosan oldindan xaq to‘lamay bajarilgan qurilish ishlari bo‘yicha qarzlarning mos ravishda jami va muddati o‘tgan summasi;
  • 9-va 10- ustunchalarda davlat resurslari va jamg‘armalaridan ko‘zga tutilgan xom-ashyo va materiallar bo‘yicha o‘tqazilgan bank to‘lovlarining mos ravishda jami va muddati o‘tgan summasi;
  • 11- ustunchada xukumat qarori bo‘yicha kechiktirilgan qarzlar;
  • 12-ustunchada qonun hujjatlariga muvofiq bildirilgan da’volar bo‘yicha sud jarayonida ko‘rib chiqilayotgan yoki xo‘jalik sudi tomonidan kreditorlardan undirish to‘g‘risida qaror chiqqan qarzlar summasi ko‘rsatiladi.

Download 227.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling