Mavzu: qurilish tashkilotlarida yakuniy moliyaviy natijalar, soliqlar va majburiy to‘lovlarning hisobi


Download 227.35 Kb.
bet4/6
Sana16.06.2023
Hajmi227.35 Kb.
#1490825
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Qurilish tashkilotlarida mol-y natijalar

Yangidan kiri-tilgan
(moliyalashti-rishning markaz-lashtirilgan manbalari hisobiga qurilayotgan ob’ektlar bo‘yicha taqdim etiladi)

8

Bajarilgan ishlar (qilingan harajatlar) qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma – schyot-faktura

 

oylik

2-KS va 3-KS shakllar o‘rniga yangidan kiritilgan

Buxgalteriya balansi (1-shakl)

  • Asosiy vositalar (012-satr)da qurilish tashkilotlari balansida bo‘lgan asosiy vositalarning qoldiq qiymati aks ettiriladi. Ushbu satrda, chunonchi quyidagilar ko‘rsatiladi.
  • Kapital quyilmalar (100-satr)da qurilish tashkilotlarining o‘z maqsadlarida xo‘jalik yoki pudrat usullarida olib borgan tugallanmagan kapital investitsiyalarining qiymati ko‘rsatiladi.
  • Ishlab chiqarish zahiralari (150-satr)da omborlarda (qurilish maydonchalarida) saqlanayotgan qurilish materiallari, konstruksiyalar, detallar, o‘rnatiladigan jihozlarning hisob siyosatida belgilangan hisob baholaridagi qiymati aks ettiriladi.
  • Tayyor mahsulotlar (170-satr)da sotish uchun ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar (eshik, dereza, g‘isht, detal, moslamalar va boshqa shu kabi mahsulotlar)ning haqiqiy tannarxi ko‘rsatiladi.
  • Kelgusi davr harajatlari (190-satr)da qurilish tashkilotlarining hisobot davrida bajarilgan ishlar tannarxi va davr harajatlariga tegishli bo‘lmagan harajatlari aks ettiriladi.
  • Jami debitorlik qarzlar (210-satr)da qurilish tashkilotiga hisobot davri oxiriga qarzdor shaxslarning jami qarzlari ko‘rsatiladi.
  • Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) (450-satr)da qurilish tashkilotining yil oxiridagi jami taqsimlamagan foydasi (qoplanmagan zarari) ko‘rsatiladi.

Maqsadli tushumlar (460-satr)da qurilish tashkilotining turli maqsadlarda olingan grantlari, dotatsiyalari, subsidiyalari hamda soliqlar bo‘yicha maqsadli imtiyozlar summalari aks ettiriladi.

  • Maqsadli tushumlar (460-satr)da qurilish tashkilotining turli maqsadlarda olingan grantlari, dotatsiyalari, subsidiyalari hamda soliqlar bo‘yicha maqsadli imtiyozlar summalari aks ettiriladi.
  • Jami uzoq muddatli majburiyatlar (490-satr)da qurilish tashkilotlarining bir yildan ko‘p muddatga olgan kreditlari va qarzlari bo‘yicha majburiyatlarining jami summasi ko‘rsatiladi.
  • Jami joriy majburiyatlar (600-satr)da qurilish tashkilotlarining bir yildan kam bo‘lgan muddatga olgan kreditlari, qarzlari va boshqa majburiyatlarining jami summasi ko‘rsatiladi.
  • Qurilish tashkilotlari balans valyutasining jami summasi aktivda va passivda alohida satrlarda (mochs ravishda 390-satr va 780-satr) ko‘rsatiladi.

Download 227.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling