Ta’lim jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘z innovatsion ko‘nikmalarini
Download 33.59 Kb.
|
maqolam
Innovatsiya” so‘zi lotincha bo‘lib, yangidan kiritilgan tushunchalar, tartibqoidalar, texnologiyalar va yangiliklarni anglatadi. Ta’lim tizimidagi innovatsiyalar, ularni amaliyotga tadbiq etish, innovatsion faoliyatlarni tahlil qilish orqali bu faoliyat tushunchasini ta’riflash imkoniyati paydo bo‘ldi. Demak, innovatsion faoliyat – pedagogik jamoani harakatga keltiruvchi, olg‘a boshlovchi, taraqqiy ettiruvchi kuchdir. Ta’lim jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘z innovatsion ko‘nikmalarini shakllantirishi uchun quyidagilarga ahamiyat berishi maqsadga muvofiqdir: 1) innovatsion bilim berish; 2) innovatsion fikrlashga o‘rganish va o‘rgatish; 3) innovatsion metodologiya bilan qurollanish. Bu faoliyat uzluksiz ravishda yangiliklar asosida ishlab, uni takomillashtirib borishdan iborat. Biroq ta’lim tizimidagi har qanday yangilik yoxud har bir yangilik ham innovatsiya bo‘la olmaydi. Shunday ekan, o‘qituvchinig mashg‘uloti qiziqarli, samarali o‘tishi uchun u pedagogik innovatsiyalarning yangi-yangi uslublarini izlab topishi, uni chuqur tahlillar orqali eng samaralisini tanlab olishi hamda amaliyotda qo‘llashi lozim. Buning uchun u eng avvalo, innovatsiyalar haqida aniq ma’lumotlar jamlanmasini yaratishi zarur. Nafaqat yaratishi, to‘plashi, balki uni tasvirlab, tushuntirib, ifodalab bera olishi ham kerak. Ularning barchasi jonli faoliyatda namoyish etiladi. Demak, yangilik kiritish jarayonida qabul qilingan modelni amaliy qo‘llaniladigan dasturga aylantirish murakkab jarayon hisoblanadi. Innovatsion faoliyatga tayyorgarlik uzluksiz ravishda yangiliklar asosida ishlash bo‘lib, u juda uzoq vaqt davomida mukammallashib boradi va bunda u ijodkor, tajribali pedagoglar fikrlariga tayangan holda ish olib boradi. Bu faoliyatning zarurligini o‘qituvchi tushunib yetishi, innovatsiya kiritishga qaratilgan harakatlar samara keltirishiga ishonishi lozim. O‘qitishning bu usuli orasida didaktik o‘yinlar va obrazli o‘quv o‘yinlari ham alohida ahamiyatlidir. Bundan tashqari pedagogning innovatsion tayyorgarligida bolalar bilan muloqot, dialog, sherikchilik, maqol-matallardan foydalanish, tez aytish va topishmoqlarni qo‘llash, milliy o‘yinlardan, hazil-mutoyibalardan foydalanishning ham ahamiyati judda katta. Bulardan tashqari, nazorat ishlari, rollar asosida olib boriladigan o‘yinlar ham sinovdan yaxshi natijalar bilan o‘tgan metodik tavsiyalar hisoblanadi. Bularning barchasi innovatsion faoliyatga tayyorgarlikni oshirishda juda zarur hisoblanadi. Zamonamiz kun sayin o‘zgarib borayotgan ekan, eng avvalo, ta’lim sohasi u bilan hamohang bo‘ladi. Va bu o‘qituvchidan o‘z faoliyatiga to‘xtovsiz o‘zgartirishlar kiritib borishni talab etadi. Shundan kelib chiqib, o‘qituvchining innovatsion faoliyatga tayyorgarligini murakkab jarayon sifatida baholash mumkin. Chunki yuqorida aytib o‘tilgan ushbu usullar tarbiyachi-pedagoglar tomonidan ijodiy boyitiladi, rivojlantiruvchi axborotlar bilan to‘ldiriladi. Bular shunchaki gaplar emas, natijasi samarali, tajribadan muvaffaqiyatli o‘tgan, o‘z tasdig‘ini topgan tavsiyalardir. Bunda, o‘qituvchi innovatsion faoliyatning sub’ekti va tashabbuskori sifatida yangilikni ijodiy izlanish natijasida yaratishi, uni hayotga tadbiq etish hamda ommalashtirishda markaziy o‘rinda turishi lozim. Yuqorida bildirilgan fikrlardan tashqari pedagogning innovatsion tayyorgarligini fanlararo, tarixiy, zaruriy va qonuniy tizimlar sifatida baholaganda ham uning mohiyatidan kelib chiqiladi. Pedagogik-psixologik nuqtai nazardan qaralganda innovatsion faoliyatga tayyorgarlik barcha sifatlarni hisobga olib ish ko‘radigan murakkab jarayondir. Bu jarayonni tarbiyachi-o‘qituvchi muvaffaqiyat bilan poyoniga yetkazishda keng qamrovli maqsadlarga, qarama-qarshiliklarga, analitik, axborot va metodologikyo‘nalishlarga tayanishni taqozo etadi. Shu o‘rinda keng qo‘llanilayotgan ilg‘or, zamonaviy ayniqsa, innovatsion texnologiyalar juda-juda asqotadi. Innovatsion texnologiyalar asosida faoliyat olib borishda o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlari quyidagicha o‘zgaradi: 1. O‘qituvchi bilimni tashuvchidir, yetkazuvchi emas, u o‘quvchining o‘qish va bilim olishida yordamchi, maslahatchi, tashkilotchi rahbarga aylanadi. 2. O‘qituvchi konstruktrlash, loyihalash, algoritmlash sharoitida ish yuritishga o‘rganmog‘i kerak. 3. O‘qituvchi ikki tomonlama faol, mas’uliyatli, ijodkorlik asosida ish yuritishga odatlanishi zarur. 4. O‘quvchining o‘zini-o‘zi o‘qitishi, faol ishlashiga – yakka, juft, kichik guruhlarda mustaqil ishlashiga muhit yaratish, o‘quv jarayonini individuallashtirish kerak. Ana shunda o‘quv mazmunini o‘zlashtirish kafolatlanadi. Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, o‘qituvchi faoliyatida yuqoridagilar asosida ish olib borishni yo‘lga qo‘ysak: 1. O‘qituvchilarning yangilikka intiluvchanligi, ularniyaratish, izlab topish, ma’lumotlar bankini yaratish ko‘nikma va malakasi shakllanadi. 2. Uzluksiz o‘z mahorati ustida ishlash ko‘nikmasi shakllanadi. 3. Innovatsion muhitda, ilg‘or texnologiyalar va interfaol usullarda ishlashga harakat qiladi. 4. O‘quvchilarning motivatsiyasi, faolligi va mas’uliyatini oshirish asosida ularni o‘quv jarayonini harakatlantiruvchi kuchga aylantiradi. Bularning barchasi o‘z navbatida ta’limda sifat va samaradorlikni kafolatlaydi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Yo‘ldoshev J.G‘., Po‘latov Sh.P. Ta’limda metodik xizmatni innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish. “Zamonaviy ta’lim”. – T., 2011. – B. 173. 2. Jabborova O., Umarova Z., Boboxodjayeva L. Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovasiya va integrasiyasi. Darslik. – T.: “Ishonli hamkor”. 2021. 3. Pedagogik atamalar lug‘ati. Tuzuvchilar R.X.Jo‘rayev va boshq. – T.: “Fan”. 2008. 48-bet.
Download 33.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling