Yangidan kiri-tilgan
(moliyalashti-rishning markaz-lashtirilgan manbalari hisobiga qurilayotgan ob’ektlar bo‘yicha taqdim etiladi)
8
|
Bajarilgan ishlar (qilingan harajatlar) qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma – schyot-faktura
|
|
oylik
|
2-KS va 3-KS shakllar o‘rniga yangidan kiritilgan
| Buxgalteriya balansi (1-shakl) - Asosiy vositalar (012-satr)da qurilish tashkilotlari balansida bo‘lgan asosiy vositalarning qoldiq qiymati aks ettiriladi. Ushbu satrda, chunonchi quyidagilar ko‘rsatiladi.
- Kapital quyilmalar (100-satr)da qurilish tashkilotlarining o‘z maqsadlarida xo‘jalik yoki pudrat usullarida olib borgan tugallanmagan kapital investitsiyalarining qiymati ko‘rsatiladi.
- Ishlab chiqarish zahiralari (150-satr)da omborlarda (qurilish maydonchalarida) saqlanayotgan qurilish materiallari, konstruksiyalar, detallar, o‘rnatiladigan jihozlarning hisob siyosatida belgilangan hisob baholaridagi qiymati aks ettiriladi.
- Tayyor mahsulotlar (170-satr)da sotish uchun ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar (eshik, dereza, g‘isht, detal, moslamalar va boshqa shu kabi mahsulotlar)ning haqiqiy tannarxi ko‘rsatiladi.
- Kelgusi davr harajatlari (190-satr)da qurilish tashkilotlarining hisobot davrida bajarilgan ishlar tannarxi va davr harajatlariga tegishli bo‘lmagan harajatlari aks ettiriladi.
- Jami debitorlik qarzlar (210-satr)da qurilish tashkilotiga hisobot davri oxiriga qarzdor shaxslarning jami qarzlari ko‘rsatiladi.
- Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) (450-satr)da qurilish tashkilotining yil oxiridagi jami taqsimlamagan foydasi (qoplanmagan zarari) ko‘rsatiladi.
Maqsadli tushumlar (460-satr)da qurilish tashkilotining turli maqsadlarda olingan grantlari, dotatsiyalari, subsidiyalari hamda soliqlar bo‘yicha maqsadli imtiyozlar summalari aks ettiriladi. - Maqsadli tushumlar (460-satr)da qurilish tashkilotining turli maqsadlarda olingan grantlari, dotatsiyalari, subsidiyalari hamda soliqlar bo‘yicha maqsadli imtiyozlar summalari aks ettiriladi.
- Jami uzoq muddatli majburiyatlar (490-satr)da qurilish tashkilotlarining bir yildan ko‘p muddatga olgan kreditlari va qarzlari bo‘yicha majburiyatlarining jami summasi ko‘rsatiladi.
- Jami joriy majburiyatlar (600-satr)da qurilish tashkilotlarining bir yildan kam bo‘lgan muddatga olgan kreditlari, qarzlari va boshqa majburiyatlarining jami summasi ko‘rsatiladi.
- Qurilish tashkilotlari balans valyutasining jami summasi aktivda va passivda alohida satrlarda (mochs ravishda 390-satr va 780-satr) ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |