Mavzu: qurilish tashkilotlarida yakuniy moliyaviy natijalar, soliqlar va majburiy to‘lovlarning hisobi


Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-shakl)


Download 227.35 Kb.
bet5/6
Sana16.06.2023
Hajmi227.35 Kb.
#1490825
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Qurilish tashkilotlarida mol-y natijalar

Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-shakl)

  • Ushbu hisobotning asosiy maqsadi- bo‘lib qurilish tashkilotlarining hisobot davrlaridagi daromadlari, harajatlari, foyda va zararlari to‘g‘risidagi yig‘ma ma’lumotlarni aks ettirish hisoblanadi.

Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-shakl)

Asosiy vositalar harakati to‘g‘risida hisobot (3-shakl)  

  • Bu hisobotning asosiy maqsadi – qurilish tashkiloti asosiy vositalari, shuningdek ular eskirishining holati va harakati to‘g‘risida yig‘ma ma’lumotlarni berish. Hisobot 12 ta ustunchadan iborot

Hisobot 12 ta ustunchadan iborot, uning 1 va 2- ustunchalarida asosiy vositalarni guruhlarining nomi va satr raqamlari ko‘rsatiladi. 3, 4, 5, 6-ustunchalarida asosiy vositalarning davr boshidagi qoldig‘i, hisobot davridagi kirimi va chiqimi, davr oxiridagi qoldig‘ining summalari boshlang‘ich qiymat bo‘yicha ko‘rsatiladi. Hisobotning 7, 8, 9, 1-satrlari asosiy vositalar bo‘yicha jamlangan eskirishning davr boshidagi qoldig‘i, uning hisobot davridagi ko‘payishi va kamayishi, davr oxiridagi qoldig‘i summalarini ko‘rsatishga mo‘ljallangan. Hisobotning 11 va 12-satrlarida mos ravishda yil boshiga va yil oxiriga asosiy vositalarning qoldiq qiymat ko‘rsatiladi

Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot (4-shakl)

  • Hisobotning asosiy maqsadi bo‘lib qurilish tashkiloti hisobot davrida yuz bergan pul oqimlari (kirim va chiqim), shuningdek pul mablag‘larining davr boshi va oxiridagi holati to‘g‘risida yig‘ma ma’lumotlarni aks ettirish hisoblanadi

Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot (4-shakl)

  • 1.Asosiy (operatsion) faoliyat bo‘yicha. Bu bo‘limda bajarilgan qurilish ishlari, sotilgan tayyor mahsulot uchun tushumlar, tovar-moddiy boyliklar, ish va xizmatlar uchun ta’minotchi va pudratchilarga to‘langan to‘lovlar, xodimlar nomidan to‘langan daromad solig‘i va boshqa to‘lovlar, ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar, shuningdek asosiy faoliyatga doir boshqa turdagi to‘langan pul mablag‘lari mos ravishda kirim va chiqim ustunchalarida (010-050 satrlar) aks ettiriladi.
  • 2.Investitsiya faoliyati bo‘yicha. Ushbu bo‘limda asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar, shuningdek uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarni sotib olish hamda sotishga doir pul oqimlari mos ravishda kirim va chiqim ustunchalarida (060-100 satrlar) ko‘rsatiladi.
  • 3.Moliyaviy faoliyat bo‘yicha. Bu bo‘limda olingan va to‘langan foizlar, olingan va to‘langan dividendlar, aksiyalarni va boshqa qimmatli qog‘ozlarni sotishdan olingan tushumlar, xususiy aksiyalarni sotib olishga sarflangan pul mablag‘lari, uzoq va qisqa muddatli kreditlar va qarzlar bo‘yicha pul tushumlari va to‘lovlari, uzoq muddatli ijara (moliyaviy lizing) bo‘yicha pul tushumlari va to‘lovlari, moliyaviy faoliyatning boshqa pul tushumlari va to‘lovlari mos ravishda kirim va chiqim ustunchalarida (110-180 satrlar) ko‘rsatiladi.

Download 227.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling