Namangan muhandislik-qurilish instituti «Qurilish» fakulteti «Yo ‘l muhandisligi» kafedrasi


Download 29.59 Kb.
Sana08.06.2023
Hajmi29.59 Kb.
#1464701
Bog'liq
1 Variant (2)


NAMANGAN MUHANDISLIK-QURILISH INSTITUTI
«Qurilish» fakulteti
«Yo ‘l muhandisligi» kafedrasi
Аvtomobil yo’llarini rivojlanish tarixi va aloqa yo’llari” fanidan
1-oraliq nazorat savollari
1-variant
1-savol:
A-380 qaysi avtomobil yo‘li hisoblanadi?
1) Almata-Bishkek-Toshkent-Termiz
2) Toshkent-O‘sh
3) Beynou-Qo‘ng‘irot-Buxoro-Samarqand-Toshkent-Andijon
2-savol:
Rim imperiyasining qulashi natijasida katta toshlardan yo‘l qoplamalarini qurish ishlari qanday bajarilgan?
1) qishloq xo‘jalik ishlariga ziyon yetkazmaslik maqsadida ishlar bajarilmagan
2) xasharga chaqirilgan maxalliy aholining kuchi yordamida
3) kichik g’ildirakli uskunalar yordamida
3-savol:
O’rta asrlarda Yevropa va Osiyo mintaqalarida yo‘l qurilishi, ishchi kuchiga bo‘lgan talabni keskin yangilanishi oqibatida qanday talab va zaruratlar vujudga kelgan?
1) yangi savdo yo‘nalishlari ochilish, diniy markazlarda ziyoratchilar uchun yangi yo‘nalishlar barpo qilish
2) yo‘llarda tunash uchun joylar tashkil qilish va katta davlatlarga birlashish jarayonining tezlashtirish
3) qurilishning yangi usullarini qidirish va yangi yo‘l qoplamasi tuzilmalarini ishlab chiqish
4-savol:
O’rta asrlarda shaharlarda ko‘priklarni qurish zarurati keskin oshishining sabablari nimada bo’lgan?
1) shaharlarning yiriklashishi va unda xunarmandchilikning rivojlanishi, tovar maxsulotlarining oshishiga, savdo masshtabining va savdo aloqalarining kengayishi
2) yangi savdo yo‘nalishlari ochilishi, diniy markazlarda ziyoratchilar uchun yangi yo‘nalishlar paydo bo’lishi
3) yo‘llarda tunash uchun joylar tashkil qilina boshlanishi, katta davlatlarga birlashish jarayonining tezlashishi
5-savol:
Qo‘lyozmalardagi rasmlar va keltirilgan tarixiy manbalar asosida ilk yo’l harakati qoidalarida qaysi tomon ustuvor bo’lgan?
1) barcha javoblar to’g’ri
2) yo‘lning o’ng tomonida
3) yo‘lning chap tomonida
6-savol:
O’zbekiston Respublikasining qaysi viloyatida ilk bor bitum ishlab chiqarila boshlangan?
1) Toshkentda 2) Buxoroda 3) Farg’onada
7-savol:
«Yo’l bu hayot» degan jumla qaysi davlatga tegishli?
1) AQSH ga
2) SSSR ga
3) Rim ga
8-savol:
O‘rta asrlarda yo‘l qurilishini pasayishining asosiy sabablari to’g’ri keltirilgan qatorni belgilang.
1) dengiz yo’llardan keng ko’lamda foydalanishning boshlanishi
2) Rim imperiyasining parchalanishi
3) barcha javoblar to’g’ri
9-savol:
O‘zbekiston avtomobil yo‘llari tarmog‘ining umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llari tarmog’ining uzunligi qancha?
1) 42695 km
2) 184000 km
3) 125000 km
10-savol:
Qabila ichida yoki qabilalar orasida zaruriy ehtiyoj mollarini natural holda bir-birlariga almashtirish natijasida vujudga kelgan ilk savdo yo‘llari qaysi davrda paydo bo’lgan?
1) bronza asrning boshlarida
2) tosh asrning o’rtalarida
3) temir asri oxirlarida
11-savol:
O‘zbekiston Respublikasining umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llari qoplama turlari bo’yicha necha turga bo’linadi?
1) 5 ta 2) 3 ta 3) 7 ta
12-savol:
O’zbekistonda nechanchi yildan boshlab sementbeton qoplamalardan foydalanilgan?
1) 1958 yildan 2) 1948 yildan 3) 1962 yildan
13-savol:
G‘arbiy Evropa davlatlaridagi yo‘l qurilishi nimaga asoslanib olib borilgan?
1) O‘rta asrlarda hamma yo‘llarni besh guruhga bo‘lish usullariga
2) Rim imperiyasi davridagi yo‘l tuzilishiga
3) kichik g’ildirakli uskunalar yordamiga
14-savol:
O‘zbekiston Respublikasining umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llari toifalari bo’yicha turlari keltirilgan qattorni ko’rsating.
1) I, II, III, IV va V
2) Sementobeton, asfaltobeton, qora chaqiqtosh, shag‘alli va tuproqli
3) Xalqaro, davlat va mahalliy
15-savol:
Qamchiq davonining asosiy qismi hozirgi kunda qanday qoplamali yo’l xisoblanadi?
1) asfaltabeton qoplamali
2) sementabeton qoplamali
3) temirbeton qoplamali
16-savol:
XX asr o’rtalarida SSSRninng qaysi hududiy birligi tomonidan yangi yo‘l qurilishiga aholining ommaviy jalb etish tajribasiga asos solgan?
1) Qirim avtonom ruspublikasi 2) Farg’ona viloyati 3) Chuvan avtonom ruspublikasi
17-savol:
1870 yilda Rossiyada yo‘llarning mahalliy boshqaruvga o‘tilishi qanday oqibatlarni keltirib chiqardi?
1) samarasiz yerlarda yo’llar qurish tizimi kiritildi
2) avtomobillardan to‘lov olish tartibi kiritildi
3) yo‘llardan yurish uchun haq to‘lash tizimi kiritildi
18-savol:
Qamchiq davoni (pereval) qurilishi qachon boshlangan?
1) 1941 yil 2) 2001 yil 3) 1952 yil
19-savol:
O‘zbekiston Respublikasining umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llari ahamiyati bo’yicha turlari keltirilgan qattorni ko’rsating.
1) I, II, III, IV va V
2) Sementobeton, asfaltobeton, qora chaqiqtosh, shag‘alli va tuproqli
3) Xalqaro, davlat va mahalliy
20-savol:
Qo‘lyozmalardagi rasmlar va keltirilgan tarixiy manbalar asosida ilk yo’l harakati qoidalarida qaysi tomon ustuvor bo’lgan?
1) yo‘lning chap tomonida
2) yo‘lning o’ng tomonida
3) barcha javoblar to’g’ri
Tuzuvchi (fan o’qituvchisi) M.M.Ergashev
Kafedra mudiri D.I.Maxkamov
Download 29.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling