Mavzu: Qurilishda ilmiy texnik-taraqqiyotni bashoratlash va rejalashtirish Reja: kirish


Ilmiy texnika taraqqiyotining qurilishdagi mohiyati,ahamiyati va asosiy yo‘nalishlari


Download 29.37 Kb.
bet3/7
Sana28.10.2023
Hajmi29.37 Kb.
#1732054
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu Qurilishda ilmiy texnik-taraqqiyotni bashoratlash va reja

2.Ilmiy texnika taraqqiyotining qurilishdagi mohiyati,ahamiyati va asosiy yo‘nalishlari.
Milliy iqtisodiyot, tarmoq iqtisodiyoti va ishlab chiqarish bo’g’inlaridagi iqtisodiyot bo’lishiga qaramasdan erishilgan natijalarni baholamasdan va kelgusidagi istiqbollarni belgilab olmasdan o’z-o’zidan boshqarilishi mumkin emas.Ularni barchasi ITTni bashoratlashni va xususan rejalashtirishni qurilishni boshqarishning muhim masalalarini samarali va unumdor xal qilishda o’z aksini topadi.
Bashoratlash - davlat iqtisodiyotining holati yoki uning alohida tarmoqlari, yo’nalishlari va sohalari xaqida ilmiy tasdiqlangan holda oldindan aytib berish,shuningdek iqtisodiyotning u yoki bu holatiga erishishning muqobil yo’llari,usullari va muddatlari to’g’risida mushohada yuritish demakdir.
Qurilish sanoatidagi tashkilot va korxonaarning texnik rivojlanish darajasining asosiy ko’rsatkichlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
1. Samarali- konstruksiyali yig’ish va yangi qurilish materiallaridan foydalanish;
2.Qurilish va montaj jarayonlarini mexanizasiyalash, kompleks mexanizasiyalash va avtomatlashtirishni rivojlantirishning keyingi bosqichiga o’tish.
3.Qurilish ishlab chiqarishning yetakchi texnologiyasini amaliyotga tadbiq etish;
Ko’rgazmali qurilishini tashkil etish.
Qurilishda ilmiy texnika taraqqiyoti-bu zamonaviy ilmiy texnik yutuqlar va ishlab chiqarish vositalari, texnologik jarayonlar mehnatni tashkil etish va boshqarish usullari asosida ishlab chiqarishni uzluksiz takomillashtirish jarayonidir.Ushbu jarayon mehnat unumdorligini, mahsulot sifatining oshirilishini va maksimal foydaga erishishni ta’minlaydi. Ilmiy texnik taraqqiyot o‘zining rivojlanishida ikkita o‘zaro bog‘liq shakllarda: evolyusion va revolyusion shakllarda namoyon bo‘ladi.Ilmiy texnik taraqqiyotning evolyusion shakli vazifasi an’anaviy texnologiya, jixozlar,material va konstruksiyalarni uzluksiz va doimiy ravishda mukammallashtirishdan iborat. Bunday jarayon ancha muddatgacha davom etishi mumkin va o‘zining birinchi bosqichlarida etarli miqdorda iqtisodiy va ijtimoiy natijalarga erishilishini ta’minlaydi.
Ilmiy texnik taraqqiyotning revolyusion shakli — bu prinsipial yangi, avval qo‘llanilmagan mehnat vositalari va texnologiyani yaratishdir. Ba’zan, ilmiy texnik taraqqiyotning ushbu shaklini ilmiy texnik revolyusiya deb ham ataladi. Afsuski ilmiy texnik taraqqiyotning ushbu shakli evolyusion ilmiy texnik taraqqiyotga nisbatan ohirgi yillarda kam sezilarli darajadadir.Ilmiy texnik taraqqiyot natijasida mexnat sharoitlarini yaxshilanishi va uning me’yorida saqlanishi, atrof-muhitni himoya qilish, qo‘l mexnati hissani qisqartirish,alohida holatlarda qo‘l mehnatidan umuman foydalanmaslik, qurilishni davomiyligini qisqartirishlarga erishiladi. Ilmiy texnik-taraqqiyot asosida ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va unumdorligini oshirish imkoniyati yaratiladi. Ilmiy texnik-taraqqiyotning qurilishdagi asosiy yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi:

  1. qurilish ishlab chiqarishini sanoatlashtirish;

  2. qurilishda yangi materiallar va konstruksiyalarni yaratish hamda qo‘llash;

  3. qurilish montaj ishlarini mexanizatsiyalash, kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish;

  4. progressiv texnologiya va etakchi usullarni qurilish ishlab chiqarishini tashkil qilishda qo‘llash.

Sanoatlashtirish-bu ko‘pgina ishlab chiqarish jarayonlarini qurilish maydonchalarida zavod muhitiga ko‘chirish demakdir.Qurilish ishlab chiqarishini sanoatlashtirishga tipik misol bo‘lib, o‘z vaqtida tashkil qilingan va hozir ham amal qilayotgan uy-qurilish kombinatlari, temur-beton mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi zavodlar qurilish konstruksiyalarini ishlab chiqaradigan kombinatlar hisoblanadi. Qurilishning sanoatlashtirish ko‘rsatkichlari bo‘lib bajaradigan qurilish montaj ishlari yoki ob’yekt qiymatining umumiy hajmidagi konstruksiya va detallar qiymatining nisbati bo‘yicha aniqlanadigan qurilish ob’yektlarining jamlanganlik darajasi hisoblanadi.Sanoatlashtirish qurilishni faol ishlab chiqarishga ketadigan mehnat sarfini kamaytirish va qurilish muddatini qisqartirish imkonini beradi. U shuningdek qurilish ishlab chiqarishida texnikaning tutgan ahamiyatini ko‘tarishga va uni nisbatan montaj jarayoniga aylantirishga xizmat qiladi. Sanoatlashtirish uy-joy qurilishi sohasida keng rivojlangan.Yangi material va konstruksiyalarni yaratish va qo‘llash - bu qurilishdagi ilmiy texnik-taraqqiyotning muhim yo‘nalishidir. Hozirgi qurilayotgan ko‘pgina ob’yekt va qurilmalar avvalgilaridan nafaqat arxitekturaviy-rejali jihatdan, balki ishlatiladigan material va konstruksiyalar bilan xam farq qiladi. Ular qatoriga plastmassa buyumlari, polietilen yog‘ochlari, suvga chidamli faneralar,shishali plastika,keramik buyumlar, issiqlikni izolyasiya qiluvchi akkustik va boshqa materiallarni kiritish mumkin. Alohida qurilish-montaj ishlarida zamonaviy sintetika materiallari, santexnika va elektrotexnika ishlarida tayyor materiallarni yig‘ish va ekspluatatsiya qilishda qulay bo‘lgan materiallar keng qo‘llaniladi. Alyuminiydan qilingan konstruksiyalar va qurilish buyumlari yaxshi ko‘rinish va mustahkamlikka ega bo‘ladi.Biroq zamonaviy qurilish materiallari va jixozlarini yaratish jarayoni ilmiy ishlab chiqarish izlanishlarini kuchaytirish va ahamiyatini oshirishni talab qiladi. Bunga erishish uchun fan, texnika va ishlab chiqarish o‘rtasidagi rivojlanish o‘zaro bir nuqtada kesishishi kerak. Qurilishga rivojlangan davlatlar tajribasidan keng foydalanish zarur.Ish va ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash, kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish - bu qurilishda texnik taraqqiyotning muhim yo‘nalishidir. Uni amaliyotga tadbiq etish ishlab chiqarish jarayonida mashina mexanizmlar ahamiyatini kuchaytirish yo‘li bilan amalga oshiriladi va buning natijasida yangi mashina va mexanizmlarni joriy, etish mavjud mashina parklarini modernizatsiyalash, shuningdek qurilish va ta’mirlash ishlarini yaxshilash mumkin bo‘ladi.Ilmiy texnik-taraqqiyotning ushbu yo‘nalishini asosiy baholovchi ko‘rsatkichlari bo‘lib hisoblanadi.

Download 29.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling