Mavzu:Qurilishda ilmiy texnik-taraqqiyotni bashoratlash va rejalashtirish
Reja:
KIRISH
Qurilishda ilmiy-texnika taraqqiyoti va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga ta’siri.
Ilmiy texnika taraqqiyotining qurilishdagi mohiyati, ahamiyati va asosiy yo‘nalishlari.
Ilmiy texnik-taraqqiyotning qurilishdagi samaradorligini iqtisodiy baholash va uning ko‘rsatkichlari.
Qurilishda ilmiy texnik-taraqqiyotni bashoratlash va rejalashtirish.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Qurilish - turli maqsadlar uchun muljallangan bino, inshootlarni qurish va ta’mirlash ishlarini amalga oshiruvchi, moddiy ishlab chiqarishning tarmog‘i. qurilish mahsuloti deb, ko‘rib bitirilgan va foydalanish uchun tayyor xolga keltirilgan ishlab chiqarish korxonalariga, turar joy binolariga, ijtimoiy bino, inshootlarga aytiladi. O‘zbekiston Respublikasi qurilish kompleksining strukturasi, uning tarmoqlararo o‘zaro chambarchas bog‘lik bo‘lgan aloxida tizimlardan tashkil topishini ko‘rsatadi. qurilish kompleksiga quyidagi asosiy xususiyatlar xos:
kompleksining yagonaligini ta’minlash, qurilishda maxsuslashganlik
va hamkorlikni ta’minlash maqsadiga intilish;
o‘z moddiy texnik bazasiga ega bo‘lish;
o‘zaro aloqalarning ko‘p turliligi. Kapital qurilish moddiy ishlab chiqarish va aholi xizmatlarini hamma turlari bilan uzluksiz bog‘langan inson faoliyatining o‘ziga xos sohasi. sanoat korxonasi qachonki ishlab chiqarish xonalari, bino va inshootlari, transportni ta’minlash uchun yo‘llar va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari, quruvchilar uchun turar joylar, kasalxonalar, sanoat inshootlari va boshqalarni qurilganidan sung faoliyat ko‘rsatadi.
Zamonaviy qurilish faoliyati, qurilish tashkilotlari va ko‘p sonli sanoat korxonalari bilan chambarchas bog‘langan. Bunday bog‘lanishlar natijasi qurilish tashkilotlari faoliyatining muvaffaqiyatlarini ular bilan bog‘lik bo‘lgan xom ashyo, material, konstruksiya, uskunalar bilan uz vaqtida ta’minlash hisoblanadi. katta ahamiyatga ega bo‘lgan ishonchli ishni ta’minlovchi kooperatsiyalanish rivojlangan tizimini tashkil etadi.“Faol tadbirkor deganda, biz raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga qodir,eng muhimi, yangi ish o‘rinlari yaratib, nafaqat o‘zini va oilasini boqadigan, balki butun jamiyatga naf keltiradigan ishbilarmon insonlarni tushunamiz. Bunday tadbirkorlar safini kengaytirish, jumladan, yuqori texnologiyalar, ilm-fanning eng so‘nggi yutuqlariga asoslangan texnika va asbob-uskunalarni mamlakatimizga olib kelish va joriy etish uchun ularga munosib sharoitlar yaratish bizning birinchi galdagi vazifamiz bo‘lishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |