Mavzu: Qurilishda muhandislik tadqiqotlari va loyihalash Reja


Qurilishda loyihalarni iqtisodiy samaradorligini baholash


Download 75.71 Kb.
bet3/4
Sana14.04.2023
Hajmi75.71 Kb.
#1356780
1   2   3   4
Bog'liq
Qur.reja. 1

Qurilishda loyihalarni iqtisodiy samaradorligini baholash   Qurilishda ishlarni bajarish loyihasi (QIBL) - loyihalash hujjati hisoblanib, u alohida bino va inshootlar, ularning alohida qismlari, texnik jahatdan murakkab ishlarni bajarish hamda tayyorlov davrining ishlari uchun ishlab chiqiladi. Qurilishda ish bajarish loyihasi asosan pudratchi tashkilotlarga zarur bo‘ladigan hujjat hisoblanib, u asosiy loyiha tasdiqlanganidan so‘ng bosh pudratchi tomonidan yoki uning topshirig‘iga ko‘ra alohi­da shartnoma asosida texnologik loyihalash muassasalari tomonidan ish­lab chiqiladi. Bu loyihani tuzish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha sarf-xarajatlar bosh pudratchi tomonidan «ustama sarflar» hisobiga to‘lanadi.

Qurilishda ishlarni bajarish loyihasi tarkibiga quyidagi 3 ta asosiy texnologik hujjat kiradi: qurilishning taqvimiy rejasi, qurilishning bosh tarhi va texnologik haritalar. Bu hujjatlarning turlari, so­ni va hajmi quriladigan ob’yektning turiga, katta-kichikligiga va murakkabligiga qarab o‘zgarishi mumkin. Har qanday QIBL tarkibida quyidagi hujjatlar bo‘lishi zarur: -ob’yekt qurilishining taqvimiy rejasi; -qurilishning bosh tarhi; -qurilishga materiallar, konstruksiyalar va jihozlarni tashib keltirish grafiklari; -ishchi kadrlarga ehtiyoj, ularning o‘zgarishi va harakatlanishi grafigi; -qurilish mashinalari va mexanizmlariga bo‘lgan ehtiyoj hamda ularning harakatlanishi grafigi;

-alohida olingan qurilish-montaj ishlarining turini bajarish bo‘yicha texnologik xaritalar; -geodezik ishlarnii bajarish bo‘yicha qabul qilingan yechim va ko‘rsatmalar; -qurilishni uzluksiz usulda olib borish bo‘yicha tadbirlar; -qurilish maydonchasida vaqtinchalik suv, elektr, issiqlik va oqava suvlarni yig‘ib olish tizimlarini barpo qilish bo‘yicha qabul qilingan qaror va yechimlar; -texnologik asbob-uskunalar ro‘yxati; -qabul qilingan yechim va qarorlarni, ish bajarish usullarini asoslab beruvchi, hamda loyihaning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari hisoblarini o‘zida aks ettiruvchi hisoblash-tushuntirish xati.


Download 75.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling