Mavzu: Qurilishda nazorat tizimini o’rganish,asosiy hujjatlar
O`zbekistonda Qurilishda nazorat tizimi joriy etilmoqda. Bu tizim avvalo Toshkent shahri va Toshkent viloyatida test tariqasida ishga tushirildi
Download 41.26 Kb.
|
1 2
Bog'liqQurilishda nazorat tizimini o’rganish,asosiy hujjatlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan internet saytlar
O`zbekistonda Qurilishda nazorat tizimi joriy etilmoqda. Bu tizim avvalo Toshkent shahri va Toshkent viloyatida test tariqasida ishga tushirildi.
Bugungi kunda Toshkent shahri Qurilish sohasidagi hududiy nazorat inspeksiyasida ro`yxatdan o`tgan 1341 qurilish ob`ekti “Qurilishdagi nazorat” tizimiga kiritilib, inspektorlar tomonidan nazorat ishlari bir vaqtda an`anaviy tarzda va tizim orqali test tariqasida amalga oshirilmoqda. Bu haqda Qurilishi vazirligi Axborot xizmati "Darakchi"ga xabar berdi. Ma`lum qilinishicha, Inspeksiya tomonidan 25 planshet xarid qilinib, nazorat ishlariga 25 inspektor jalb etilgan. Toshkent viloyati Qurilish sohasidagi hududiy nazorat inspeksiyasida ro`yxatdan o`tgan 1697 qurilish ob`ekti “Qurilishdagi nazorat” tizimiga kiritilib, inspektorlar tomonidan nazorat ishlari bir vaqtda ananaviy tarzda va tizim orqali test tariqasida amalga oshirilmoqda. Inspeksiya tomonidan 20 planshet xarid qilinib, nazorat ishlariga 20 inspektor jalb etilgan. Qurilishdagi nazorat tizimini Respublika miqiyosida joriy etish bo`yicha Qurilish sohasidagi nazorat inspeksiyasining 2020 yil 5 avgustida 8-son buyrug`i qabul qilindi. Mazkur buyruqqa asosan 7-14 sentyabr kunlari Qurilish vazirligida Respublika o`quv-amaliy seminari o`tkazilmoqda. “Shaffof qurilish” Milliy axborot tizimidagi “Qurilishdagi nazorat” quyi tizimdan foydalanishni o`rganish va o`z hududlarida ushbu tizimni 2020 yil yakunigacha to`liq amaliyotga tatbiq etish uchun, qurilish-montaj ishlari ustidan nazorat va buyurtmachilar bilan ishlash bo`limlaridan bittadan hamda axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish bo`yicha mutaxassislar jami 48 xodim ishtirok etmoqda. Mazkur o`quv-amaliy seminarda qurilish ob`ektlarini tizimga kiritish, tizim orqali nazorat ishlarini olib borish va tizimda hisobotlarni shakllantirish mavzulari yoritiladi. Hududlardan tashrif buyurgan inspektorlar Toshkent shahri hududiy inspeksiyasi inspektorlari bilan birgalikda 6 kun mobaynida Toshkent shahridagi qurilish ob`ektlarida tizimdan foydalanish amaliyotini o`tkazishadi. Buyurtmachilar bilan ishlash bo`limi hamda axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish bo`yicha mutaxassislar vazirlik binosida 6 kun mobaynida tizimga ro`yxatdan o`tgan ob`ektlarni kiritish, buyurtmachilarning texnik nazorati, loyihachilarning mualliflik nazorati va pudratchilarning ichki nazorati xodimlariga shaxsiy kabinetlar ochish amaliyotini o`tkazishadi. O`z navbatida seminar ishtirokchilari tizimdan foydalanish amaliyotini oktyabr oyi yakuniga qadar hududiy nazorat inspeksiyalariga tatbiq etishadi. Oktyabr – noyabr oylarida Qurilish vazirligi, Qurilish sohasida nazorat inspeksiyalari, Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahar hokimliklari va hududiy nazorat inspeksiyalari birgalikda joylarda Qurilishdagi nazorat tizimidan foydalanish bo`yicha o`quv seminarlarini o`tkazish rejalashtirilgan. Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasining asosiy vazifalari belgilanmoqda Qurilish vazirligi huzuridagi qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi hamda uning hududiy inspeksiyalari to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlanadi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi hamda uning hududiy inspeksiyalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi. Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, Inspeksiya qurilish va shaharsozlik sohasida davlat nazorati organi hisoblanadi. Inspeksiya respublika davlat boshqaruvi organi hisoblanadi va o‘z faoliyatida Qurilish vazirligiga hisobot beradi. Quyidagilar Inspeksiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi: qurilish sohasida davlat nazoratini amalga oshirish; qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalarining ish faoliyatini muvofiqlashtirish; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari hududiy qurilish boshqarmalari tomonidan tasdiqlangan bosh rejalarga amal qilinishi monitoringini yuritish, loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni tahliliy ma'lumotlarni yuritish; qurilish-montaj ishlarining nazorati to‘g‘risidagi ma'lumotlarni to‘plash va tahlil qilish; qurilish sohasidagi qonunchilikning faoliyati samaradorligini oshirib borishda ishtirok etish; shaharsozlik faoliyatining normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish, qurilish me'yorlari va qoidalari ishlab chiqilishida ishtirok etish hamda Qurilish vazirligiga takliflar kiritish. Inspeksiya o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: qurilish obektlarida tasdiqlangan loyiha hujjatlari, amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlari hamda qo‘llanilayotgan qurilish materiallari va buyumlarini shaharsozlik normalari va qoidalari hamda standartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish va tahliliy ma'lumotlarni yuritish; aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari, hududiy qurilish boshqarmalari tomonidan qat'iy amal qilishi yuzasidan nazoratini amalga oshirish; jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan qurilishda shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik norma va qoidalariga, davlat standartlarga rioya etishlari yuzasidan nazorat o‘rnatish va tahliliy ma'lumotlarni yuritish; buyurtmachining texnik nazorati va loyiha tashkilotlarining mualliflik nazoratini olib borilishi yuzasidan hududiy inspeksiyalar tomonidan bajarilgan ishlarni monitoringini yuritish; hududiy inspeksiyalar tomonidan har oylik bajarilgan ishlar yuzasidan hisobotlarni umumlashtirish; qurilish sohasidagi nazorat faoliyatida bajarilgan ishlar yuzasidan elektron axborot tizimini tashkil etish; Inspeksiya va hududiy inspeksiyalarining inspektorlarini o‘qitish, professional tayyorlash, qayta tayyorlash va kasbiy malakasini oshirish uchun Qurilish vazirligi huzuridagi oliy o‘quv yurtlaridagi arxitektura-qurilish yo‘nalishidagi mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazida qurilish nazorati faoliyatiga doir o‘qishlarini tashkil etish; qurilish sohasida xorijiy davlatlar mutaxassislarini jalb qilgan holda tajriba almashish va malakasini oshirishni tashkil etish; Inspeksiya va uning hududiy inspeksiyalar inspektorlarini qonunchilikda belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish va ularning natijalariga ko‘ra tegishli sertifikatlar berish; hududiy inspeksiyalarni zamonaviy sinov laboratoriya o‘lchov asboblari bilan ta'minlanishida ko‘maklashish; qurilish sohasida davlat nazorati faoliyatidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirishda ishtirok etish; Inspeksiya va uning hududiy inspeksiyalari ish faoliyatida foydalanishi uchun uslubiy va metodik qo‘llanmalar, yo‘riqnomalar ishlab chiqish va tasdiqlash; Inspeksiya jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kelib tushgan murojaatlarni o‘zining vakolati doirasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqish; qurilish sohasiga oid uchrashuv, yig‘ilish va o‘quv seminarlari tashkil etish va o‘tkazish. Foydalanilgan internet saytlar Lex.uz https://anticorruption.uz/uz/item/2021/11/24/kapital-qurilish-sohasida-korrupsiyasiz-soha-loyihasini-amalga-oshirish-chora-tadbirlari-ijrosi-yuzasidan-brifing fayllar.org arxiv.uz Download 41.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling