Mavzu: qurilishning moddiy texnik bazasi va uning tarqqiyot istiqbollari
MAVZU: QURILISHNING MODDIY TEXNIK BAZASI VA UNING TARQQIYOT ISTIQBOLLARI
Kirish
Reja:
1. Kapital qurilish va kapital qo’yilmalar. «Qurilish industriya»si tushunchasi.
2. Mamlakat iqtisodiyoti uchun qurilish muddatini qisqartirishning ahamiyati. Qurilishning uch bosqichi: tayyorgarlik bosqichi, qurilish bosqichi, qurilish mahsuloti realizatsiyasi. Qurilish ishlab chiqarishining davomiyligi.
3. Qurilishning tashkiliy shakllari. Kapital qurilishda loyihalashtirish.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
Kapital qurilish va kapital qo’yilma tushunchalari bir-biri bilan o’zaro chambarchas bog’liq tushunchalardir. Kapital qurilish – asosiy fondlarni kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning shakllaridan biri. Kapital qo’yilmalar kapital qurilishni amalga oshirishning moliyaviy manbasi hisoblanadi.
Mohiyat jihatidan yangi qurilish, kengaytirish, ta’mirlash, texnik qayta qurollantirish va amaldagi ob’ektlarni modernizatsiya qilish yo’li bilan ishlab chiqarish va noishlab chiqarish asosiy fondlarini barpo etish jarayoni kapital qurilishni anglatadi. Uning yordamida jismoniy va ma’naviy jihatdan eskirgan asosiy fondlar yangilanadi. Kapital qurilish asosiy fondlarni barpo etishning barcha bosqichlarini (ob’ektni loyihalashtirishdan boshlab to uni ishga tushirishgacha bo’lgan jarayonni) qamrab oladi. Uning asosiy hal qiluvchi bosqichi qurilish-montaj ishlarini bajarish hamda qurilayotgan ob’ektning ishga tushirilishini ta’minlash hisoblanadi. Ushbu bosqich moddiy ishlab chiqarishning asosiy tarmog’i bo’lgan «qurilish industriyasi» bilan amalga oshiriladi.
«Kapital qurilish» tushunchasi adabiyotlarda va amaliyotda ikki xil tarzda talqin qilinadi:
– moddiy ishlab chiqarishning tarmog’i sifatida;
– ishlab chiqarish faoliyatining turi sifatida.
Tarmoq sifatida kapital qurilish quyidagi asosiy belgilari bo’yicha xarakterlanadi: aniq maqsadga yo’naltirilgan mahsulot ishlab chiqarish; texnologik jarayonlarning umumiyligi; malakali mutaxassislarning mavjudligi.
Ishlab chiqarish faoliyatining turi sifatida kapital qurilish quyidagi kompleks ishlarni bajarishi asosida korxonalar bino va inshootlarini barpo etishni (yaratishni) tavsiflaydi: qurilishni amalga oshirish uchun uskunalar montaji; loyiha-qidiruv ishlari; qurilish maydonini tayyorlash; sanitar-texnik qurilmalarni (kanalizatsiya, suv o’tkazgichlar va h.k.) barpo etish va boshq.
Do'stlaringiz bilan baham: |