Mavzu: qur’on sura va oyatlari ma’nosi


Download 180.74 Kb.
Sana24.04.2023
Hajmi180.74 Kb.
#1395098
Bog'liq
MAVZU



MAVZU: QUR’ON SURA VA OYATLARI MA’NOSI


REJA:
1.Qur’on haqida ma’lumot
2.Sura va oyatlar tarjimasi va ma’nosi
3.Ba’zi bir suralarning hozirgi kundagi ahamiyati


Qurʼon (arabcha: القرآن oʻqimoq, qiroat qilmoq) — musulmonlarning asosiy muqaddas kitobi. Islom eʼtiqodiga koʻra, Qurʼon vahiy orqali Muhammad paygʻambarga 610—632 yillar davomida nozil qilingan Allohning kalomi (Kalomulloh). Qurʼon „Kitob“ (yozuv), „Furqon“ (haq bilan botilning orasini ayiruvchi), „Zikr“ (eslatma), „Tanzil“ (nozil qilingan) kabi nomlar bilan atalib, „Nur“ (yorugʻlik), „Hudo“ (hidoyat), „Muborak“ (barakotli), „Mubin“ (ochiq-ravshan), „Bushro“ (xushxabar), „Aziz“ (eʼzozlanuvchi), „Majid“ (ulugʻ), „Bashir“ (bashorat beruvchi), „Nazir“ (ogohlantiruvchi) kabi soʻzlar bilan sifatlangan. Islom olamida Qurʼon musʼhaf nomi bilan ham mashhur. Islom ulamolari Qurʼonning 30 xil nom va sifatlarini sanab oʻtganlar.


Islom vujudga kelgan paytda Qur'on yozish uchun ishlatilgan til va alifbo Nabatey mintaqasida rivojlangan birinchi arab tili edi. Umaviylar xalifasi Abdulmalik davrida alifbo va uning oxirgi shaklini berish orqali shakllangan Qur'on haqida tadqiqotlar olib borildi va bu til davlatning rasmiy tiliga aylandi va tezda boshqa mintaqalarga tarqaldi. Qurʼon sura va oyatlarining nozil boʻlish tartibi voqealarning rivojiga qarab davom etgan. Ilk islom davrida nozil boʻlgan suralar, asosan, Allohning yagonaligi, borliqning mutlaq ilohi, dunyodagi barcha narsalar uning borligidan darak beruvchi dalil ekani, islom taʼlimotida belgilangan aqidaviy tushunchalar — farishtalar, paygʻambarlar, muqaddas kitoblar, oxirat, jannat va doʻzaxning haqligi toʻgʻrisida edi. Paygʻambar va musulmonlarga ogʻir kelgan Makka davrida sabr-bardoshga chaqiruvchi, din yoʻlida chekilgan mashaqqatlar uchun ulugʻ ajru mukofotlar borligi haqidagi oyatlar nozil etilgan boʻlsa, musulmonlar jamoasi shakllangan Madina davriga diniy marosim va ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga bagʻishlangan oyatlar toʻgʻri keladi. Paygʻambarga diniy masalalar boʻyicha berilgan savollarga u vahiy orqali nozil qilingan oyatlar bilan javob berar edi.
Qurʼon sura va oyatlarining nozil boʻlish tartibi voqealarning rivojiga qarab davom etgan. Ilk islom davrida nozil boʻlgan suralar, asosan, Allohning yagonaligi, borliqning mutlaq ilohi, dunyodagi barcha narsalar uning borligidan darak beruvchi dalil ekani, islom taʼlimotida belgilangan aqidaviy tushunchalar — farishtalar, paygʻambarlar, muqaddas kitoblar, oxirat, jannat va doʻzaxning haqligi toʻgʻrisida edi. Paygʻambar va musulmonlarga ogʻir kelgan Makka davrida sabr-bardoshga chaqiruvchi, din yoʻlida chekilgan mashaqqatlar uchun ulugʻ ajru mukofotlar borligi haqidagi oyatlar nozil etilgan boʻlsa, musulmonlar jamoasi shakllangan Madina davriga diniy marosim va ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga bagʻishlangan oyatlar toʻgʻri keladi.
Paygʻambarga diniy masalalar boʻyicha berilgan savollarga u vahiy orqali nozil qilingan oyatlar bilan javob berar edi.
Masalan Alaq surasi: Alaq surasi (arabcha: سورة العلق, nomining maʼnosi — Laxta qon) — Qurʼonning 96-surasi. Makkiy suralardan biri, 19 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 597–598-sahifasida va 30-juzida joylashgan. 1-boʻlib nozil boʻlgan. Alaq — Laxta qon. Bu yerda ona qornidagi homilaning rivojlanish jarayonidagi bir bosqich, yaʼni laxta quyuq qonga aylangan holati muroddir.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).


1. (Ey, Muhammad, butun borliqni) yaratgan zot boʻlmish Rabbingiz nomi bilan oʻqing!


2. U insonni laxta qondan yaratdi.


3. Oʻqing! Rabbingiz esa karamli zotdir.


4. U insonga qalam bilan (yozishni) oʻrgatgan zotdir.


5. U insonga bilmagan narsalarini oʻrgatdi.


6. Darhaqiqat, inson haddidan oshar.


7. (Bunga) sabab oʻzini boy — behojat sanashidir.


8. (Ey, inson,) albatta, qaytishing Rabbing huzurigadir.


9. (Ey, inson,) koʻrdingmi, toʻsayotgan kimsani


10. Bandani namoz oʻqiganda?!


11. Koʻrdingmi — agar u (namoz oʻquvchi) oʻzi Toʻgʻri yoʻlda boʻlsa,


12. Yoki (oʻzgalarni) taqvoga (Allohdan qoʻrqishga) buyursa?!


13. Koʻrdingmi, agar u (namozdan) toʻsuvchi kimsa (haqni) inkor etsa va (u imon keltirishdan) yuz oʻgirsa,


14. Albatta, Alloh (uning bu qilmishlarini) koʻrib turishini bilmasmi?!


Izoh: Bu oyatlar mashhur kofir Abu Jahl xususida nozil qilingan. U Paygʻambar (a. s.)ga aziyat va zarar yetkazishni oʻz oldiga oliy maqsad qilib qoʻygan boʻlib, Haq taolo bu tanbehlar bilan uni ogohlantirgan.


15. Yoʻq! Qasamki, agar u (bu yoʻlidan) qaytmasa, albatta, Biz uning peshona sochidan tutamiz


16. oʻsha yolgʻonchi, adashgan (kimsaning) peshona sochidan (tutib jahannamga oturmiz)!


17. Bas, u oʻzining jamoasini (yordamga) chaqiraversin!


18. Biz esa azob farishtalarini chaqirajakmiz!


19. Yoʻq! (Ey, Muhammad,) Siz unga itoat etmang va (yolgʻiz) Allohga sajda (ibodat) qilib, (Unga) yaqin boʻling! (Sajda oyati.)


Alaq surasining mohiyati shundaki u dunyo va O’zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar namoyondasida yaqqol sezilib turadi.Ilmnig zarurligi shundaki hattoki Allohning birinchi nozil qilgan oyati ham “O’qi” so’zi edi.


Quroni Karimning 8-surasi 46-oyatida ham marhamat qilinadi:

Alloh va Rosuliga (elchiga yuborilgan kitobga) bo’ysuninglar – o’zaro talashib tortishmanglar, aks holda tarqalib ketasizlar va kuchingiz qolmaydi.


Bunda ko’rinib turipdiki insonlar doimo birlashib, bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishlari kerak doim. Albatta, xalq doim birlashsa bu davlatni hech kim oyoqosti qila olmaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:


Islom.uz maqolalar jurnali/


Qur’on suralar tarjimasi /
QuranAcademy.org/
Tafsiri hilol/
Download 180.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling