Mavzu: Qushlar va parrandalar Rеja: Qushlarning tuzilish xususiyati va klassifikatsiyasi
Download 61.41 Kb.
|
Qushlar va parrandalar
Mavzu: Qushlar va parrandalar Rеja: 1.Qushlarning tuzilish xususiyati va klassifikatsiyasi. 2.Qushlarning sistеmatikasi. 3.Qushlarning ekologiyasi va iqgisodiy ahamiyati. 4. parrandalar tuzilishi va xususiyatlari 1. Qushlarning tuzilish xususiyati va klassifikatsiyasi. Tashqi ko’rinishi uchishga moslashganligidan dalolat bеrib, tanasi suyri, tuxumsimon shaklda, ixcham, juda harakatchan bo’yin bilan birikkan bosh, qanot va oyoqlardan tashkil topgan. Barmoqlari odatda 4 ta, ba'zan 3 yoki 2 ta Afrika tuyaqushlarida 2 ta bo’lib, 4 barmoqlilarda ko’pincha 3 tasi oldingi, bitgasi orqaga yo’nalgan bo’ladi. Qushlarning tеrisi yupqa, tеrisida bеzlar bo’lmaydi. Faqat ko’pchilik qushlarda dumning asosida dumg’oza bеzi bo’ladi, qushlarning tanasi patlar bilan qoplanganligi xaraktеrlidir. Pat o’qining еlpig’ichsiz pastki qismi qalam uchi dеb ataladi. Voyaga еttan qushning ustini qoplab turadigan patlarning ko’p qismini qush gavdasi shaklini bеlgilaydigan (kontur) patlar tashkil etadi. Bular dum usti patlar, quloq, qoplagich patlar, qanot usti qoplagich patlar va boshqa gruppa turga bo’linadi. Pat, par va qilchalarning asosiy vazifasi issiqlik saqlash va uchishga moslashishdir. Ularning pigmеntlari turlicha bo’lib, qushlarga turli xil rangni bеradi. qushlarning skеlеti еngil va mahkamligi bilan xaraktеrlanadi. Naysimon suyaklari pnеvmatikdir: bularda havo bilan to’lgan bo’shliq bor. Umurtqa pogonasi bo’yin, ko’krak, dumgaza va dum bo’limiga bo’linadi. Bo’yin umurtqalarining. shakli egarga o’xshab bir-birlari bilan tutashishi nihoyatda harakatchan bo’lishiga va egiluvchanlikni ta'min etadi. Ularning soni turlicha 9 tadan 25 taga qadar boradi, kaptarda 14 ta. Qush tuxumining tuzilishi. Umuman hamma qushlarning tuxumi bir xil tuzilishga ega. Tashqi tomonidan ichki qismlarni sovuq va qurib qolishdan saqlaydigan qattiq po’choq bilan qoplangan. 2. Rivojlanishi.Tuxum hujayralar tuxumdonda hosil bo’ladi, uruglangan tuxum parda bilan qoplanadi. Embrion tuxum yo’lida rivojlana boshlaydi. qush tuxum qo’ygach, unda embrionning yanada rivojlanishiga to’xtaydi, muayyan 38-39 haroratda u yana rivojlana boshlaydi. qushlar rivojlanishi jarayonida baliqlar va sudralib yuruvchilarga o’xshash davrlarini o’tkazadi, ya'ni ularning bir vaqtlar baliqsimonlar va sudralib yuruvchilar ajdodlari bilan uzoq qarandoshligidan dalolat bеradi. 3. Qushlarning sistеmatikasi. Hozirgi zamonda еr yuzida 9 mingga yaqin qushlar turi еrning hamma matеrik va orollarga tarqalgan. Afrika, Janubiy Amеrika bilan Avstraliya tuyaqushlari va kivilar kiradi. Bularning hammasi yuguruvchi qushlar bo’lib, qanotlari rivojlanmay qolgan hamda to’shi - ko’rak tojsiz, yassi, qanotlari kalta, yaxshi rivojlanmagan, uchish layoqati yo’qolgan. Patlarining hammasi yaxlit еlpigichsiz. Oyoqlari baquvvat, barmoq sonlari 3 ta, Afrika tuyaqushida 2 ta, qushlarning ekologiyasi va iqtisodiy ahamiyati, qushlarni yashash muhitlariga qarab bir nеcha gruppalarga bo’lish mumkin: suv, havo, еr va o’rmon va butazor muhitidagi qushlar va oraliq formalari kiradi. Havo muhitidagi qushlarga qaldirgochlar, kolibir va boshqa qushlar kiradi. Еr muhitidagi qushlar asosan еrda yugurib yoki qadamlab yuradi. Bularga tuyaqushlar, ko’pchilik tovuqsimonlar va boshqalar kiradi. Respublikamiz Qishlok va suv xo‘jaligi vazirligining chiqargan qator qarorlarida, qishloq xo‘jalik hayvonlarini zooveterinariya qoidalari asosida boqib ulardan yuqori sifatli go‘sht, tuxum, sut, jun mahsulotlarini yetishtirib xalqimizning talabi va ehtiyojlarini qondirish, jahon bozori talablariga mos keladigan oziq-ovqat hamda sanoat mahsulotlarini tayyorlash alohida qayd etilgan. Yuqorida ta’kidlanganidek, parrandachilik qishloq xo‘jaligining daromad manbai va yuqori sifatli mahsulot beradigan tarmog‘idir. Parranda go‘shti mazaliligi va to‘yimliligi bilan boshqa chorva mollari go‘shtidan ajralib turadi. Tovuq tuxumi esa hamma yoshdagi kishilar uchun zarur oziq hisoblanadi. Oziq-ovqat sanoatida, turli-tuman qandolatchilik mahsulotlarining ta’mini va sifatini oshirish, tashqi ko‘rinishini yaxshilash uchun tovuq tuxumidan foydalaniladi. Tibbiyotda ayrim shifobaxsh dorilarni tayyorlashda ham tovuq tuxumlari ishlatiladi. Tovuqlarning par va patlaridan esa turli soxalarda foydalaniladi. Tovuq tuxumi tarkibida 5 gr yog‘, 7,5 gr oqsil, A, V, D, YE, D, S vitaminlar va mineral moddalar; go‘shtining tarkibida esa 20% gacha oqsil, 7-8% yog‘ va 1% mineral moddalar mavjud. Xonaki parrandalar inson ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan xususiyatlariga qarab bir-birlaridan farq qiladigan zotlarga ajratiladi. Zot xonaki parrandalarning odamlar tomonidan sun’iy tanlash asosida yaratilgan turi hisoblanadi. Xususan, tuxum yo‘nalishidagi zotlar rus oq tovug‘i va lekgorn tovuqlaridir. Ular nisbatan kichik bo‘lib, massasi 1,6-2,4 kg keladi, lekin tez voyaga yetadi va har qaysisi yiliga 200-300 donadan yoki undan ham ko‘proq tuxum qiladi. Bunday tovuqlar 5-6 oyda tuxumga kiradi, tuxumlari yirik, 50-65 gr keladi. Chorvachilikning boshqa tarmoqlaridan parrandachilikning afzalligi shundaki, parranda mahsulotlarini qisqa muddatda ko‘p yetishtirish imkoniyati bor. Ixtisoslashtirilgan yangi xo‘jaliklar barpo etish va mavjudlarini kengaytirish esa tuxum tannarxini kamaytirish va parranda mahsulotini ko‘paytirish imkonini beradi. Tuxum yetishtirish yo‘nalishi bo‘yicha ishlab chiqarish korxonalarida serpusht tovuq zotlari boqilib, tuxum olinmoqda. Bunday xo‘jaliklarda yetishtirilgan parranda go‘shti qo‘shimcha mahsulot hisoblanadi. Go‘sht yetishtirish yo‘nalishida respublikamizda 25 ta ixtisoslashtirilgan xo‘jaliklarda go‘shtdor parrandalar – broyler, plimutrok, kornuel zotlari boqilmoqda. Bu xo‘jaliklarda esa tuxum qo‘shimcha mahsulotdir. Respublikada parrandachilikni yuksaltirish borasidagi hukumatimiz qarorlarini to‘laqonli amalga oshirish uchun muntazam ravishda parrandalar zot tarkibini yaxshilab borish hamda hayvonlarni turli infeksion va invazion kasalliklardan saqlashning ilmiy asoslangan tadbirlarini ishlab chiqish zarurdir. Chunki aynan shunday kasalliklar parrandalarning mahsuldorligiga va zot tarkibiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Binobarin, parazitar kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarining ekologik xususiyatlariga asoslangan profilaktika chora-tadbirlarining metodlari va vositalarini ishlab chiqish ham nazariy, ham amaliy zoologiyaning ahamiyatga molik masalalaridan biridir. Bunday profilaktika tadbirlari albatta, kelgusida hayvonlarning bosh sonini va mahsuldorligini maksimal darajada oshirish imkonini beradi. Ilmiy manbaalarda ta’kidlanishicha hozirgi vaqtda suv qushlarida gelmintlarning 137 turi parazitlik qilishi aniqlangan. Jumladan, o‘rdaklarda parazit chuvalchanglarning 124 turi, g‘ozlarda esa 58 turi qayd etilgan. Shundan 43 turi sestodalarga, 61 turi trematodalarga, 28 turi nematodalarga va 5 turi akantotsefallarga tegishlidir. Tovuqlarda gelmintlarning 80 ga yaqin turi parazitlik qilishi aniqlangan bo‘lib, bu turlar parazit chuvalchanglarning sinflari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan: sestodalar – 18 tur, trematodalar – 32, nematodalar – 28 va akantotsefallar – 1 tur. Hozirgi kunda parrandalarni ko‘paytirish va ularning mahsuldorligini oshirishning zaruriy shartlaridan biri, bu ularni turli parazitar kasalliklardan, chunonchi gelmintozlardan saqlashdir. Gelmintozlar tufayli parranda mahsulotlarining sifati va miqdori kamayib ketishi, ko‘pchilik xollarda esa, ayniqsa, yosh jo‘jalarning qirilib ketishi kuzatiladi. Parrandalar gelmintlarini majmuali o‘rganish, ya’ni ularning tur tarkibini aniqlash, tarqalishi, mavsumiy dinamikasi va gelmintlar faunasining shakllanish qonuniyatlarini o‘rganish zamonaviy zoologiyaning dolzarb masalalaridan bo‘lib, bu orqali ushbu parazitar kasalliklarning oldini olish va ularga qarshi samarali kurash metodlarini ishlab chiqish mumkin bo‘ladi. Ishning maqsadi. Tadqiqot ishlarining maqsadi parrandalarning gelmintlarini o‘rganish va ushbu gelmintozlarga qarshi kurashning ilmiy asoslangan optimal usullarini ishlab chiqishdan iborat bo‘lib, maqsadga muvofiq quyidagi vazifalar belgilab olindi: – parrandalar gelmintlari faunasi tur tarkibini aniqlash; – parranda gelmintlarini sistematik taxlil qilish; – parranda gelmintlarining bio-ekologik xususiyatlarini o‘rganish; – parranda gelmintozlariga qarshi kurashning optimal usullarini ishlab chiqish. Ilmiy yangiligi va ahamiyati. Parrandalar gelmintlari faunasining tur tarkibi aniqlanib, gelmintotsenozning faunistik majmualari taxlil qilindi. Parrandalarning (tovuq, kurka, o‘rdak, g‘oz) gelmintlari faunasi taqqoslanib, gelmintlarning spetsifiklik darajasi aniqlandi. Suv muhiti parrandalarida (o‘rdak, g‘oz) biogelmintlar dominantligi, tovuq va kurkalarda esa geogelmintlar dominant gruppa ekanligi aniqlandi. Gelmintozlarga qarshi kurashning optimal usullari ishlab chiqildi. Shuningdek, ushbu materiallardan zoologiya, ekologiya, parazitologiya, gelmintologiya fanlaridan tegishli ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda ham foydalanish mumkin. Bitiruv malakaviy ishining materiallari Kitob tumani Surum MFY Gulgumpo‘sht qishlog‘ida joylashgan Parrandachilikka ixtisoslashgan xo‘jalikda kuzatuv va tajriba ishlari olib borildi. Xo‘jalik raxbari Ibodullayev Laziz Nabiyevich tovuqchilik fermasi 2017 yil 14 yanvar kuni ishga tushirilgan. Bugungi kunda 20000 dona tovuq boqiladi .maydoni 1 gektar bo‘lib 5 ta binoda tovuq boqiladi. Har bir binoda 4000-5000 donagacha tovuq boqiladi. Hozirgi kunda 14000 bosh tuxum uchun va 6000 jo‘jalardan iborat. Ikki turdagi “Oq loman” va “ Seni lomon” zotli tovuqlar boqiladi. Bu tovuq zotlari Samarqand viloyatida yetishtiriladigan tovuqchilik fermalaridan olib kelinadi. Tuxum berish samaradorligi 18 oyni tashkil etadi 300 kundan keyin tuxum berish samaradorligi 70-75% ga pasayadi. 1 yilda 1 bosh tovuqdan 340-360 tagacha tuxum olish mumkin. Tovuqlar kuniga 3 mahal granula (bug‘doy doni, makkajuxori. soya yog‘i. kungaboqar yog‘i. baliq uni, o‘simlik yog‘i.ozuqa ohagi) bilan oziqlantiriladi.Jo‘jalar olib kelinishidan oldin dizenfeksiya ishlari olib boriladi va jo‘ja kelgan kundan boshlab vaksinatsiya ishlari olib boriladi. Har kuni veterinar nazoratida bo‘ladi. Parazitar kasalliklarga qarshi ozuqa ratsioniga lizin,metionin, osh tuzi, monokalsiy preparatlar qo‘shib beriladi Ishning hajmi va tarkibi. Bitiruv malakaviy ishi 2 ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat. 1. PARRANDALARDA PARAZITLIK QILUVCHI GELMINTLARINING FAUNISTIK VA SISTEMATIK TAHLILI. Parrandalarning gelmintofaunasini o‘rganish maqsadida 2017-2018 yillar mobaynida ilmiy kuzatuvlar olib borildi. Bunda yil fasllarini, yoshini va jinsini inobatga olgan holda parrandalarning bir nechta turi K.I.Skryabin (1928) uslubi bo‘yicha gelmintologik tekshiruvdan o‘tkazildi. Gelmintologik material asosan Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi parrandachilikka ixtisoslashgan xo‘jaliklaridan va shaxsiy xo‘jaliklardan to‘plandi. To‘plangan materialni qayta ishlash, turlarni aniqlash va boshqalar biologiya kafedrasida amalga oshirildi. Topilgan gelmintlar gelmintologiyada umumiy qabul qilingan metodikaga muvofiq fiksatsiya qilindi. Sestodalar va trematodalar 700 spirtda saqlandi. Gelmintlarni aniqlashda akademik K.I.Skryabinning umumiy tahriri ostida chop etilgan «Osnovi trematodologii», «Osnovi sestodologii» va «Osnovi nematodologii» monografiyalaridan va M.A.Sultonovning fundamental asarlari va boshqalardan foydalanildi. 1.1. Sestodalar sinfi vakillari bioekologiyasi. To‘plangan gelmintologik materialni taxlil qilish natijasida parrandalarda gelmintlarning 3 sinfiga mansub 12 turi qayd etildi. Ular quyidagilar: 1. Cestoda sinfi 1.1. Drepanidotaenia lanceolata (Bloch, 1782) 1.2. Davainea proglottina (Davaine, 1860) 1.3. Raillietina echinobothrida (Megnin, 1880) 2. Trematoda sinfi 2.1. Echinostoma revolutum (Rud., 1809) 2.2. Echinoparyphium recurvatum (Dietz, 1909) 2.3. Hypodaereum conoideum (Dietz, 1909) 2.4. Prosthogonimus ovatus (Rud., 1803) 2.5. Prosthogonimus cuneatus (Rud., 1908) 2.6. Bilharziella polonica (Kowalewsky, 1899) 3. Nematoda sinfi 3.1. Ascaridia galli (Schrank, 1788) 3.2. Porrocoecum crassum (Deslongchamps, 1824) 3.3. Syngamus trachea (Montagn, 1811) Parrandalar gelmintlarining faunistik majmualari strukturasi uch gruppadan iborat bo‘lib, ular parazit chuvalchanglarning tegishli sinflari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan: sestodalar – 3 tur, trematodalar – 6 tur va nematodalar – 3 tur. Taxlil natijalari mazkur gelmintlar faunistik majmualarining asosiy yadrosini trematodalar sinfi vakillari tashkil etishini e’tirof etish imkonini beradi. Binobarin, ushbu gelmintlar nafaqat tur soni jihatidan, balki boshqa sistematik taksonlar bo‘yicha ham gelmintotsenozda dominant hisoblanadi. Shunday qilib, parrandalar gelmintofaunistik majmuasining asosiy yadrosini trematodalar sinfi vakillari tashkil etadi. Bunday xolatni ushbu sinf vakillarining bio-ekologik xususiyatlari va ularning taraqqiyot siklidagi o‘ziga xos xususisiyatlar bilan izohlash mumkin. Binobarin, qayd etilgan trematoda turlarining barchasi biogelmintlar bo‘lib, taraqqiyot sikli ikki yoki uch xo‘jayin organizmida o‘tadi. Exinostomatidlarning (Echinostoma revolutum, Echinoparyphium recurvatum, Hypodaereum conoideum) taraqqiyot siklida Lymnaeaidae oilasiga mansub suv mollyuskalari oraliq xo‘jayin bo‘lib xizmat qilsa, shu mollyuskalarning o‘zlari va baqalar qo‘shimcha xo‘jayin vazifasini o‘taydi. Prostogonimuslar (Prosthogonimus ovatus, P.cuneatus) ning rivojlanishida ham Planorbidae oilasiga mansub chuchuk suv mollyuskalari oraliq xo‘jayin, ninachilar esa qo‘shimcha xo‘jayin vazifasini o‘taydi. Bilgarsiyalarning (Bilharziella polonica, Trichobilharzia ocellata) taraqqiyot sikli esa faqat ikki: definitiv (suv parrandalari) va oraliq (Lymnaeaidae, Planorbidae va Melanoididae oilalariga mansub suv mollyuskalari) xo‘jayinlar ishtirokida boradi. Sestodalar sinfidan qayd etilgan turlarning ham barchasi biogelmintlar bo‘lib, ularning taraqqiyot sikli ikki xo‘jayin ishtirokida o‘tadi. Drepanidotaenia lanceolata ning rivojlanishida sikloplar oraliq xo‘jayin vazifasini bajarsa, Davainea proglottina ning taraqqiyotida bu vazifani quruqlik mollyuskalari o‘taydi. Raillietina echinobothrida va R. tetragona larning taraqqiyot sikli chumolilar ishtirokida boradi. Darhaqiqat, biogelmintlarning ko‘payishi, rivojlanishi va tarqalishi mazkur biogeotsenozda xo‘jayin populyatsiyalarining bor yoki yo‘qligiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. Nematodalar sinfi vakillaridan Porrocoecum crassum biogelmint bo‘lib, uning taraqqiyot sikli oraliq xo‘jayin (yomg‘ir chuvalchangi) ishtirokida boradi. Nematodalarning qolgan ikki turi esa (Ascaridia galli, Syngamus trachea) geogelmintlar bo‘lib, taraqqiyot sikli faqat bitta definitiv xo‘jayin (parrandalar) organizmida o‘tadi. Ular ontogenezida xo‘jayin almashtirmaydilar. Bundan tashqari ushbu gelmintlarning invazion elementlari (tuxumlari, turli bosqichdagi lichinkalari) tashqi muhit omillariga juda chidamli. Shunday qilib, parrandalar gelmintofaunasida biogelmintlar (14 turdan 12 tur yoki 85,7%) geogelmintlarga nisbatan dominant ekanligini e’tirof etish mumkin. Biroq, bu geogelmintlar (Ascaridia galli, Syngamus trachea) parrandalar gelmintofaunasida ozchilikni tashkil etsada, ular o‘ta patogen turlar bo‘lib, tovuqlar va kurkalar gelmintofaunasining dominant turlaridir. Yuqorida keltirilgan gelmintlarning faunistik majmualari ekosistemalarning muhim komponentlaridir. Binobarin, «parazit-xo‘jayin» sistemasining funksiyalanishida parazit organizmlardan tashqari parrandalar, suv va quruqlik ekosistemalarining bir qator umurtqasiz hamda umurtqali hayvonlari ham ishtirok etadi. 1.2. Gelmintlarning sistematik taxlili Parrandalarning gelmintlari hayvonot olamining ikki tipi – Plathelminthes va Nemathelminthes vakillaridir. Ushbu tiplarning har biri o‘z navbatida tegishli sistematik taksonlarni o‘z ichiga oladi. Bu bo‘limida mazkur tiplarning tarkibiga kiruvchi yirik sistematik taksonlarni axborot uchun keltirishni maqsadga muvofiq deb topdik. Darhaqiqat, parrandalar gelmintofaunasi 12 turdan iborat bo‘lib, ular sistematik jihatdan hayvonot olamining 12 avlodi, 8 oilasi, 5 kenja turkumi, 5 turkumi, 3 sinfi va 2 tipiga mansubdir. Ushbu sistemaga muvofiq quyida aniqlangan har bir gelmint turining sistematik holati, definitiv va oraliq xo‘jayinlari, hamda xo‘jayin organizmidagi lokalizatsiyasi keltiriladi. Shuningdek, aniqlangan turlar to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berish maqsadida parazit chuvalchanglarning sinflariga ham qisqacha ta’rif berishni lozim topdik. Sestodalar yoki lentasimon chuvalchanglar endoparazitlar bo‘lib, jinsiy voyaga yetgan formalari har xil umurtqali hayvonlar va odam ichagida yashaydi. Gavdasi dorzal va ventral tomondan yassilangan. Hozirgi vaqtda ularning 3500 dan ortiq turi fanga ma’lum bo‘lib, odam va har xil umurtqali hayvonlar uchun eng havfli parazitlar hisoblanadi. Sestodalar ham boshqa yassi chuvalchanglar singari parenximatoz hayvonlardir. Ularda tana bo‘shlig‘i bo‘lmaydi. Tana¬si parenxima bilan to‘lgan. Ular parazitlik bilan hayot kechirishga ixtisoslashgan bo‘lib, ko‘pgina moslanishlarga ega: boshi – skoleks va yopishuv organlari o‘ziga xos tuzilgan; gavda bo‘g‘inlar – proglottidlarga bo‘lingan; har bir bo‘g‘inda takrorlanadigan jinsiy apparat bor; ovqat hazm qilish sistemasi reduksiyalangan; nihoyat hayot sikllari murakkablashgan bo‘lib, xo‘jayin almashtirish yo‘li bilan o‘tadi. Sestodalar gavdasining uzunligi 2-8 mm dan (alveokokk, exinokokk) o‘rtacha 6-15 m (ho‘kiz va cho‘chqa solityorlari, keng lentets), ba’zan 30 m gacha (Polygonorus giganticus) bo‘ladi. Gavdasi uch qismdan – bosh (skoleks), bo‘yin va bo‘g‘inli tanadan iborat. Sestodariya kenja sinfiga kiruvchilarning gavdasi yaxlit bitta bo‘g‘indan tashkil topgan. Sestodalar gavdasini bir butun xolda strobila deb ham ataladi. Gavdaning oldingi qismi ingichka ipsimon ko‘rinishda bo‘lib, uning uchida skokels va bo‘yin joylashgan. Skoleks sestodalarning yopishuv organi hisoblana¬di. Undan ixtisoslashgan har xil yopishuv organlari – so‘rg‘ichlar, botridiylar va xitinli ilmoqlar bo‘ladi. Parazit skoleks yordamida o‘z xo‘jayinining ichak devoriga yopishib, uzun gavdasini tutib turadi. Hamma jinsiy voyaga yetgan lentasimon chuvalchanglar o‘z xo‘jayini¬ning oshqozon-ichak sistemasida yashaydi. Skolekslar quyidagi tiplarda tuzilgan: a) to‘rtta muskulli so‘rg‘ichi bor skoleks. So‘rg‘ichlari odatda yumaloq yoki tuxumsimon shaklda bo‘ladi. Ilmoqlari yo‘q; b) yopishuvchi tirqish yoki botriy skoleksining ikki yonida so‘rg‘ichlar joylashgan; v) botridin – muskuli kuchli, juda qattiq yopishadigan maxsus organdir; g) ilmoq va ilmoqchalar har xil tuzilgan skoleks¬lar. Skoleksdan keyingi qismi parazitning bo‘yni bo‘¬lib, o‘sish zonasi hisoblanadi. U yerdan sekin-sekin yangi-yangi proglottidlar shakllanadi. Sestodalarning bo‘g‘inlari har xil: to‘rtburchak, silindrsimon, bodring urug‘iga o‘xshash va boshqa shakllarda bo‘lishi mum¬kin. Proglottidlarning eni va bo‘yi sestodalarning turlari va hatto bitta individning o‘zida ham har xil shaklda bo‘ladi. Teri muskul xaltasi. Sestodalarda ovqat hazm qilish organlari reduksiyalanganligi tufayli, teri mus¬kul xaltasi gavdani qoplab turishidan tashqari orga¬nizmni ovqat bilan ta’minlash vazifasini ham bajaradi. U yarim o‘tkazuvchanlik xususiyatiga ega. Teri muskul xaltasi murakkab tuzilishga ega bo‘lib, u kutikula yoki tegument, bazal membrana va subkutikulyar qavatdan iborat. O‘z navbatida subkutikulyar qavat ostida xalqali va bo‘ylama muskullar joylashgan. Tana bo‘shlig‘i, hamma yassi chuvalchanglardagi ka¬bi, parenxima hujayralari bilan qoplangan. Kutikula (tegument) sestodalar gavdasini sirtqi tomondan qoplab turadi. Tegumentning tashqi tomonida juda ko‘p o‘simtalar – mikrotrixiyalar va mikrovorsinkalar joylashgan. Ana shular orqali mikrotrixiyalar va mikrovorsinkalar oziqni qabul qiladi. Subkutikulyar qavatda esa «ohakli» hujayralar uchrab (ayniqsa lichinkalarda), unda oqsillar, uglevodlar, lipidlar, kalsiy va magniyli karbonatlar hamda boshqa moddalar ko‘p bo‘ladi. Bu «ohakli» hujayralardagi mod¬dalar parazit xo‘jayini organizmiga kirganda, u yerdagi ishqorli va kislotali muhitni neytrallab (oshqozon va ichakda), parazitni keyingi rivojlanishi uchun zarur sharoit yaratishda ishtirok etadi. Ayirish sistemasi. Sestodalarning ayirish sistemasi protonefridial tipda bo‘ladi. Xilpirovchi terminal kiprikli hujayralar parenximada tarqalgan. Bu hujayralardan juda ingichka kanalchalar chiqadi, ular bir-biri bilan tutashgan va tananing ikki yoni bo‘ylab joylashgan bo‘lib, bir proglottiddan ikkinchi proglottidga o‘tadigan yirik yon chiqaruv kanallari bilan qo‘shiladi. Yon kanallar har qaysi proglottidning chetki qismida ko‘ndalang kanallar orqali bir-biri bilan ulanadi. Proglottidlar voyaga yetib, uzilib tashqariga chiqib turishi natijasida yon kanallari ochilib qoladi. Ana shu kanallar orqali ekskretlar tashqariga chiqarilib turadi. Nerv sistemasi. Skoleksda nerv gangliyalari joy¬lashgan bo‘lib, ular bir-biri bilan komissuralar orqali tutashgan. Gangliyalardan o‘z navbatida gavdaning bosh va opqa qismi tomon har xil sondagi nerv tolalari chiqadi. Ko‘pchilik sestodalarda butun tana bo‘y¬lab 10 ta yirik nerv tolalari ketib, ular strobilaning yon tomonlariga o‘rnashgan. Har bir proglottidda komissuralar orqali tutashgan yirik nerv tolalari o‘z navbatida mayda tolachalarga shoxlanib, barcha organlarga yetib boradi va sestodalarning bir butun faoliyatini boshqarib turadi. Jinsiy organlar sistemasi. Sestodalar¬ning jinsiy organlar sistemasi juda o‘ziga xos tuzilgan bo‘lib, jinsiy organlar sistemasi har bir proglottidda takrorlanadi, ya’ni tanada 1000 ta proglottidlar bo‘lsa, o‘shancha sonda erkaklik va urg‘ochilik jinsiy organlari sistemasi mavjud. Ba’zi sestodalarda esa (moneziya) har bir bo‘g‘inda ikkita erkaklik va ikkita urg‘ochilik jinsiy organlar komplekti bo‘ladi. Sestodalar germafroditdir. Jinsiy organlar sistemasini qay darajada rivojlanganligi proglottidlarni stro¬bilaning qayerida joylashganligiga bog‘liq. Bo‘yin qismiga yaqin – gavdaning oldingi uchida joylashgan bo‘g‘inlarda jinsiy organlar sistemasi hali shakllanmagan, gavdaning o‘rtasida joylashgan bo‘g‘inlarda erkaklik va urg‘ochilik jinsiy organlari rivojlangan, gavdaning eng oxirida uchraydiganlari yetilgan (tuxum bilan to‘lib turgani uchun) hisoblanadi. Erkaklik va urg‘ochilik jinsiy teshiklari umumiy bitta teshik – kloaka orqali proglottidlarning yon tomonidan tashqariga ochiladi. Erkaklik jinsiy organlari bir yoki yuzlab urug‘donlar, urug‘ yo‘llari va sirrusdan iborat. Urg‘ochilik jinsiy ogranlari ancha murakkab tuzilgan bo‘lib, ikki bo‘lakli tuxumdon, tuxum yo‘li, urug‘ qabul qiluvchi xalta, qin, sarig‘lik bezi, melis tanachasi, ootip va bachadondan tashkil topgan. Bir gruppa sestodalarda sarig‘lik juda ko‘p bo‘ladi. Bachadonning tuzilishi, shakli va katta-kichikligi parazitning yoshi hamda turiga qarab har xil bo‘ladi. Sestodalarning ko‘payishi va rivojlanish sikli. Sestodalar biogelmint. Rivojlanish siklida defi¬nitiv xo‘jayindan tashqari bir yoki ikkita oraliq xo‘jayinlar ishtirok etadi. Jinsiy qo‘shilish vaqtida germafrodit proglottidlar bir-biriga spermatazoid almashishadi. Kopulyatsiya quyidagicha kechadi: xo‘jayin organizmida ikki yoki bir nechta individlar bo‘lsa, ular bir-birini urug‘lantiradi; bitta individdagi proglottidlar o‘zaro qo‘shilishadi; hatto bitta proglottid o‘zini-o‘zi urug‘lantira oladi. Sestodalarda tuxumning shakllanishi ootipda amalga oshadi. Tuxumdondagi yetilgan tuxum hujayralari tuxumdon yo‘lidan o‘tayotgan urug‘ pufagidagi spermatazoidlar bilan qo‘shiladi va urug‘langan xolda ootipga keladi. Sarig‘lik moddasidan tuxumning po‘sti shakllanadi. Yetilgan tuxumlarda ikki yoki uch qavatdan iborat po‘st bo‘ladi. Ikki qavat po‘sti bor tuxumlarda tashqi qavat juda yupqa, ichki qavat esa zich va qalin tuzilishga ega. Uch qavatli tuxumlarda – tashqi va ichki qavatlar yupqa, o‘rta qavat qalin bo‘ladi. Adabiyоtlar: Download 61.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling