Mavzu: Qushlarning uchishga moslanish belgilari, uchish xillari


Download 0.63 Mb.
bet2/4
Sana19.12.2022
Hajmi0.63 Mb.
#1033094
1   2   3   4
Bog'liq
qushlar

Yashash joyiga binoan Q.ni bir necha yirik ekologik guruhlar, mas, oʻrmon Q.i, choʻl va dasht Q.i, suv havzalari (suvda suzuvchi) Q., botqoq va sohil Q.iga; ular hayotining yil fasllari boʻyicha oʻzgarishiga binoan uchib ketuvchi, koʻchib yuruvchi va oʻtroq Q.ga boʻlinadi. Q.ning koʻpayishi siklik tarzda jinsiy bezlarning fasliy rivojlanishiga muvofiq ichki (gormonal) va tashqi (kun uzunligi va boshqalar) omillar taʼsiriga bogʻliq. Q.ning uya qurish joyi va uya qurish usuli xilma-xil. Q. 1 tadan 20—25 tagacha tuxum qoʻyib, ularni 12 kundan 80 kungacha bosib yotadi. Tuxumdan chiqqan joʻjalarning holatiga binoan Q. jish joʻja ochuvchi qushlar va joʻja ochuvchi qushlarga ajratiladi. Jish joʻja ochuvchi qushlarning tuxumdan chiqqan bolasining koʻzi yumuq, patlari siyrak; joʻja ochuvchi Q.ning tuxumdan chiqqan joʻjasi onasi orqasidan ergashadigan va mustaqil oziqlana oladigan boʻladi. Q.ning tabiat va inson hayotidagi ahamiyati xilma-xil boʻlib, oʻsimliklarni changlantirish, ular urugʻlarini tarqatish, zararkunanda hasharotlar va kemiruvchilarni qirish (ular sonini boshqarish)dan iborat. AyrimQ. bogʻlar va donli ekinlarga

Q.ning tabiatdagi estetik ahamiyati ayniqsa katta: ularning sayrashi bogʻ va xiyobonlarni jonlantiradi; insonda zavqlanish hissini uygʻotadi. Q.ning turlari soni tobora kamayib bormoqda. 17-asr boshlaridan buyon 100 ga yaqin Q. turi qirilib ketgan, bir qancha turlari yoʻq boʻlib ketish arafasida turibdi. Q.ni muhofaza qilishga qadimdan harakat qilib kelinadi. Qad. Hindistonda miloddan 200 yil avval Q. muhofazasi toʻgʻrisida qonun mavjud boʻlgan. Hozirgi hamma mamlakatlarda Q. muhofazasi boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Noyob va qirilib ketish xavfi ostidagi turlarni saqlab qolish maqsadida xalqaro mamlakatlar va regional Qizil kitoblar yaratilgan. Xalqaro konvensiya, bitim, memorandumlar tuzilgan. Maxsus fondlar tashkil etilgan. 1885-yil birinchi boʻlib Q.ni muhofaza qilish Odyubonov jamiyati tuzilgan. 1872-yil Yellouston milliy bogʻi (AQSH), 1910-yil Shveysariyada tabi-atni muhofaza qilish jamiyati ish boshlagan. 1913-yil tabiatni muhofaza qilish boʻyicha birinchi xalqaro anjuman oʻtkazilgan. 20-asrning 2-yarmidan boshlab Q.ning yashash joylarini saqlab qolishga eʼtibor kuchaytirildi. muhofaza qilish hududlari (milliy bogʻlar, qoʻriqxonalar) tashkil etila boshlandi. 1971-yil suv va botqoqlik hududlari muhofazasi boʻyicha xalqaro konvensiya ishlab chiqildi. Q. muhofazasi boʻyicha xalqaro hamkorlik tobora rivojlanib bormoqda. Oʻzbekiston Respublikasi 1995-yilda "Biologik xilma-xillik toʻgʻrisida" gi, 1997-yilda "Yoʻq boʻlib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi toʻgʻrisida"gi, 1998-yilda "Koʻchib yuruvchi hayvonlar turlarini muhofaza qilish toʻgʻrisida"gi, 2001-yilda "Xalqaro ahamiyatga ega, ayniqsa, suvda suzuvchi qushlarning yashash joylari boʻlgan suv botqoqlik joylar toʻgʻrisida"gi konvensiyalarga qoʻshildi. "Ingichka tumshuqli balchiqchi, Sibir turnasi (oq turna), Afrika — Yevrosiyoning suvda suzuvchi koʻchmanchi qushlarini muhofaza qilish tad-birlari yuzasidagi hamfikrlik mele-orandumlari" kabi xalqaro bitimlar Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan imzolangan.


Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling