Mundarija kirish I bob. Zahiriddin muhammad
Download 110.43 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISh
Mundarija KIRIShI BOB. ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR HAYoTI VA IJODI II BOB. BOBUR GA`ZALLARIDA RADIF VA HOJIBXULOSA.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRIShKurs ishining dolzarbligi: Har bir xalqning tarixiy, madaniy- milliy qiyofasini aniq belgilovchi ulug‘ shohlari, buyuk olimlari, yirik adib va shoirlari bo‘ladi. Shu jumladan Vatanimizni boy o‘tmishida ham Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur, singari shoh, xon va amirlari o‘tmishimiz qiyofasini tasavvurimizda jonlantiradi. Prezidentimiz Islom Karimov shuning uchun ham milliy-ma’naviy qadriyatlarimiz vakillarining tavallud tantanalarini nishonlash xususida shunday yozgan edilar: “Xalqimiz Respublikamiz hukumatining Navoiy, Ulug‘bek, Bobur, Mashrab, Furqat, Qodiriy va yurtimizning boshqa buyuk farzandlari yubileylarini o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorini juda ruhlanib kutib olganligini bejiz emas, deb o‘ylaymiz. Ularning merosi O‘zbekiston xalqlari umuminsoniy qadriyatlarining ravnaqi va boyishiga xizmat qilib kelgan edi va bundan buyon ham xizmat qiladi. Biz ularning bebaho merosini xalqqa, avvalo, yoshlarga yetkazish uchun barcha ishlarni qilamiz"1. Mustaqillik yillarda olimlarimiz o‘zbek adabiyotining Alisher Navoiy, Lutfiy, Bobir, Furqat, Muqimiy singari yirik namoyandalari ijodini, ularning boy badiiy, ilmiy merosini o‘rganish sohasida jiddiy yutuqlarniqo‘lga kiritmoqdalar. Shunisi diqqatga sazovorki, o‘zbek klassik adabiyotining muhim nazariy masalalarini o‘rganish sohasida erishilayotgan ana shu yutuqlarning barchasi, hech ikkilanmay aytishimiz mumkinki, olimlarimizning munosib ulushlari bor. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek: “Bobomiz Zahiriddin Muhammad Bobur nomi bilan har qancha fahrlansak arziydi. O‘zbek xalqining dovrug‘ini dunyoga taratgan ulug‘ ajdodlarimizdan biri o‘laroq, ul zot bizni tariximizni qadrlashga, kelajakka buyuk ishonch bilan qarashga o‘rgatadi. Zahiriddin Muhammad Bobur kabi mumtoz insonlarni dunyoga bergan xalq hech qachon xor bo‘lmaydi, muqarrar tarzda saodatga erishadi. Biz Bobur Mirzoni ulkan davlat arbobi sifatidagina emas, qomusiy alloma, mumtoz shoir sifatida ham cheksiz qadrlaymiz. Bobur o‘zbek xalqining buyuk farzandi, milliy g‘ururidir”2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga ko‘ra har yili Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi mamlakatimiz bo‘ylab tantanali nishonlanadi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Bobur nomidagi medali ta’sis etildi. Xalqaro Bobur jamg‘armasi tashkil etilib, uning ilmiy ekspeditsiyasi 10 dan ortiq Sharq mamlakatlari bo‘ylab ilmiy safarlar 1Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. – T.: Sharq, 1998. –B 4. 2Karimov I.A. Ma’naviy yuksalish yo‘lida. Toshkent. 1996. 158-bet. uyushtirdi. Bobur va boburiylar qadamjolari, ularning ilmiy merosiga oid yangi ma’lumotlar to‘plandi. Mazkur ma’lumotlar asosida o‘ndan ziyod ilmiy, hujjatli va badiiy asarlar yaratildi. Mazkur kurs ishi mavzuining dolzarbligi shundan iboratki, Zahiriddin Muhammad Bobur hayotini o‘rganish, ilmiy merosini tadqiq etish dolzarb ekanligini ko‘rsatib beradi. Zero, shoir, ham davlat va siyosiy arbob ijodining qay darajada o‘rganilganligi, chet el olimlarining ham Bobur shaxsi borasidagi ilmiy izlanishlarini olib o‘rganish va tadqiq qilish juda muhim sanaladi. Kurs ishining o‘rganilish darajasi. Ma’lumki, tarixda jasur sarkarda, odil hukmdor sifatida nom qozongan Zahiriddin Muhammad Bobur ilm-fan va san’at homiysi, boy adabiy hamda ilmiy meros qoldirgan betakror shoir, olim hisoblanadi. Buyuk bobokalonimiz Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi, faoliyatini o‘rganish har doim o‘zbek olimlarini e’tiborini o‘ziga tortgan. Zahiriddin Muhammad Bobur ijodini o‘rganish, ayniqsa, mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyin yuksak pog‘onaga ko‘tarildi. Xususan, o‘zbek olimlari Abdugafurov A3, Qudratullaev H4, Voxidov R5, Nuriddinov M6, Ibrohimov A7, Nuritdinov M.8, Fayziev T9, Zoxidov.V10, Abdullaeva M11, Qodirov P12Azimjonova S13va boshqalar Bobur hayoti, faoliyati va ijodining tarixiy, adabiy, sarguzashtlik hususiyatlari haqida izlanishlar olib borganlar. Jumladan, Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va faoliyati bilan bog‘liq tatqiqot ishlarinii olib borgan A.Abdugafurov o‘zining “Navoiy va Bobur (Buyuk beshlik saboklari)” nomli monografiyasida nafakat Zahiriddin Muhammad Bobur balki she’riyat mulkining sulton Alisher Navoiylarning ijodlari haqida bo‘libgina qolmay bir so‘z bilan aytganda temuriylar davri madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy va qisman siyosiy hayoti tarixini ham yoritib o‘tgan. Shuningdek, tatqiqotchi H.Qudratullaev o‘zining «Boburnoma»va tarix nomi ilmiy maqolasida Zahiriddin Muhammad Bobur yashagan davr XV 3Abdugafurov A. Navoiy va Bobur (Buyuk beshlik saboklari)-Toshkent, 1998. 4Qudratullaev H. «Boburnoma»va tarix.// Tafakkur 2001, 6-son. 5Voxidov R. Biz bilgan va bilmagan Bobur. Toshkent,. Ma’naviyat, 2008. 6Nuriddinov M . Boburiylar sulolasi – T : «Fan», 1974. 7Ibrohimov A. Boburiylar merosi. - Toshkent: Mehnat, 1993. 8Nuritdinov M. Boburiylar sulolasi. — Toshkent: Fan, 1994. 9Fayziev T. Zahiriddin Muhammad Bobur va uning avlodlari. — Toshkent: Yozuvchi, 1996. 10Zoxidov.V. Uzbek adabiyoti tarixidan – T, 1961. 11Abdullaeva M. «Boburnoma»va «Shajarai turk»ning qiyosiy poetikasi. Toshkent, 2002. 12Qodirov P. Yulduzli tunlar.Toshkent, 1981 asrning ikkinchi yarmidan XVI asrning birinchi yarmigacha bo‘lgan davrdagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti bilan bogliq yangi ma’lumotlarni ilm ahliga tanishtirgan jamladan Bobur ijodining yangi qirralarini ochib berilgan. Yana bir qator olimlarimizning ilmiy izlanishlari natijasida bugungi kunga kelib ajdodimizning hayoti va ijodi bilan bog‘liq xolisona tarixini biz yoshlar to‘liq o‘rganishimiz mumkindir deb ta’kidlab o‘tsam mubalag‘a bo‘lmasdi deb ishonch bilan ayta olaman. Kurs ishining maqsad va vazifalari. Shundan kelib chiqib kurs ishining asosiy vazifasi Zahiriddin Muhammad Bobur ijodi, faoliyatini o‘rganish borasida amalga oshirilgan izlanishlarni tadqiqi etish. Shuningdek, Bobur hayoti va ijodiga oid tahliliy faktlar va ilmiy ma’lumotlarni ochib berishdir. Kurs ishining davriy chegarasi. Buyuk ajdodimiz Zahiriddin Muhammad Boburning(1483-1530 yy.) yashagan davri XV asrning ikkinchi yarmidan XVI asrning birinchi yarmigacha bo‘lgan davrini o‘z ichiga oladi. Kurs ishining tuzilishi. Makur kurs ishi kirish, ikki bob, to‘rtta qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan tashkil topgan. I BOB. ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR HAYoTI VA IJODI1.1. Zahiriddin Muhamad Bobur davlat arbobi: shoh, sarkarda, shoir.Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) — o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili: buyuk shoir; tarixchi, geograf; davlat arbobi, iste’dodli sarkarda; boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda. Boburning otasi — Umarshayx Mirzo Farg‘ona viloyati hokimi, onasi Qutlug‘ Nigorxonim Mo‘g‘uliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonnint qizi edi. Boburning onasi o‘qimishli va oqila ayol bo‘lib, Boburga hokimiyatni boshqarish ishlarida faol ko‘mak bergan, harbiy yurishlarida unga hamrohlik qilgan. Umarshayx Mirzo xonadoni poytaxt Andijonning arki ichida yashar edi. Hokim yoz oylari Sirdaryo bo‘yida, Axsida, yilning qolgan faslini Andijonda o‘tkazardi. Boburning yoshligi Andijonda o‘tgan. Bobur barcha temuriy shahzodalar kabi maxsus tarbiyachilar, yirik fozilu ulamolar ustozligida harbiy ta’lim, fiqx ilmi, arab va fors tillarini o‘rganadi, ko‘plab tarixiy va adabiy asarlar mutolaa qiladi, ilmfanga, she’riyatga qiziqa boshlaydi. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan «Bobur» («Sher») laqabini oladi. Bobur otasi yo‘lidan borib, mashhur sufiy — Xoja Ahrorga ixlos qo‘yadi va uning tariqati ruhida voyaga yetadi, umrining oxiriga qadar shu e’tiqodga sodiq qoladi. Keyinchalik, «Boburnoma» asarida BoburXoja Ahror ruhi bir necha bor uni muqarrar halokatdan, xastalik va chorasizliqdan xalos etganini, eng og‘ir sharoitlarda rahnamolik qilganligini ta’kidlaydi. Otasi Axsida bevaqt, 39 yoshida fojiali halok bo‘lgach, oilaning katta farzandi, 12 yoshli Bobur valiahd sifatida taxtga o‘tiradi (1494 yil iyun)14. MovarounnahrXVasr oxirida mustaqil bo‘lib olgan ko‘pdan-ko‘p viloyatlarga parchalanib ketdi. Movarounnahr taxti uchun kurash avjga chiqqan Umarshayx Mirzoga tobe bir necha bek va hokimlar yosh hukmdorga (Boburga) buysunishdan bosh tortadilar. Ularning ayrimlari Boburning ukalarini yoqlasa, ba’zilari mustaqillik da’vosini qiladi, yana boshqa birlari Boburga raqib, boshqalari amaki, tog‘alariga qo‘shilib, uni yo‘qotish payiga tushadi. O‘z amakisi Sulton Ahmad Mirzo bilan va tog‘asi Sulton Mahmudxon xurujlarini daf qilgan Bobur hukmronligining dastlabki 2-3 yilida mavqeini mustahkamlash, bek va amaldorlar bilan o‘zaro munosabatni yaxshilash, qo‘shinni tartibga keltirish, davlat ishlarida intizom o‘rnatish kabi muhim chora-tadbirlarni amalga oshiradi. 14Omon B. Boburning bolaligi. - Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2002. Boburning dastlabki siyosiy maqsadi Amir Temur davlatining poytaxti, strategik va geografik jihatdan muhim bo‘lgan Samarqandni egallash va Movarounnahrda markazlashgan kuchli davlatni mustahkamlash, Amir Temur saltanatini qayta tiklashdan iborat edi. Bu paytda Samarqand taxti o‘tirgan Sulton Mahmud Mirzo Samarqandda davlatni 5-6 oydan ortiq idora etmadi — qisqa muddatli kasallikdan so‘ng 43 yoshida vafot etdi. Uning o‘rniga Buxoroda hokim bo‘lgan o‘g‘li Boysung‘ur o‘tiradi. 1495-1496 yillarda Bobur Samarqandga ikki marta muvaffaqiyatsiz yurish qiladi. 1497 yil kuzida u Samarqand atrofidagi bir qancha joylarni va 7 oylik qamaldan so‘ng Samarqandni egallaydi, Boysung‘ur Qunduzga qochadi. Shahardan qamal tufayli egulikka don ham topish mushkul edi. Bobur qo‘shinni ta’minlashda katta qiyinchiliklarga duch keladi. Navkarlaridan ayrimlari Andijon va Axsi tomon qochib ketadilar. Buning ustiga Andijonda qolgan ayrim beklar Boburdan yuz o‘girib, uning ukasi Jahongir Mirzo tarafiga o‘tadilar. Andijondan ko‘ngli notinch bo‘lgan va iqtisodiy qiyinchiliklarga uchragan, ayni zamonda, og‘ir xastalikni boshidan kechirgan Bobur Samarqandni yuz kun idora etgandan so‘ng, uni tark etishga qaror qiladi. Ammo Xo‘jandga yetganida Andijon ham qo‘ldan ketib, muxoliflar ixtiyoriga o‘tganini eshitadi. Boburning Toshkent hokimi, tog‘asi Mahmudxon ko‘magida Andijonni qayta egallashga urinishi natija bermaydi, Bu muvaffaqiyatsizlik Bobur qo‘shiniga salbiy ta’sir ko‘rsatib, ko‘pchilik bek, navkarlar (700-800 kishi) Boburni tark etadi. O‘ziga sodiq kishilar (200-300) bilan qolgan Bobur ma’lum muddat Xo‘jandda turgach, Toshkentga — Mahmudxon huzuriga kelib, Andijonni qaytarib olish rejasini tuza boshlaydi. Ma’lum muddat o‘tgach, Bobur Xo‘jandga qaytadi, ko‘p o‘tmay, Marg‘ilonni qo‘lga kiritadi hamda Andijonni egallash tadbirlarini ko‘radi. Nihoyat, ikki yildan so‘ng (1498 yil iyunda) uni qayta qo‘lga kiritadi. Bobur ukasi Jahongir Mirzo bilan sulh tuzib, uning ixtiyorida «Xo‘jand suvining Axsi tarafi viloyatlarini...»15 qoldiradi, Andijon tarafi viloyatlarini o‘z tasarrufiga oladi. Temuriylarning o‘zaro urushlari kuchaygan kezlarda Shayboniyxon Movarounnahrni istilo qilishga kirishadi. U 1499 yil Jizzax va Samarqand orqali Qarshi va Shahrisabzgacha borib yetadi, katta o‘lja bilan Dashti Qipchoqqa qaytadi. Oradan ko‘p o‘tmay, katta kuch bilan Movarounnahrga qaytgan Shayboniyxon Buxoro va Qorako‘lni egallaydi (1499 yil), Sulton Ali Mirzo kaltabinlik bilan Samarqandni Shayboniyxonga jangsiz topshiradi (1500 yil). Biroq, shahar aholisi va zodagonlarining ma’lum qismi temuriylar hukmdorligini tiklash tarafdori edi. Ular Farg‘ona hokimi Boburga maktub yo‘llab, Samarqandni ishg‘ol qilishga da’vat etganlar. Bobur 1500 yil kech kuzida o‘z qo‘shini (240 kishi) bilan Samarqandga yetib kelgach, aholi unga peshvoz chiqib, shahar darvozalarini ochib beradi. Shayboniyxonning shahar himoyasi uchun qoldirgan 600 nafar askari qirib tashlanadi. Shayboniyxon Buxoroga chekinadi. Qisqa vaqt ichida Samarqandning barcha tumanlari, Qarshi va G‘uzor shaharlarida Bobur hokimligi e’tirof etiladi. Ammo shaharda oziq-ovqat zaxiralari tugab, ocharchilik boshlanadi. Bundan xabar topgan Shayboniyxon katta kuch to‘plab, yana Samarqandga yurish boshlaydi. 1501 yil aprelda Zarafshon bo‘yidagi Saripul qishlog‘i yaqinida bo‘lgan jangda Bobur qo‘shinlari yengiladi. Bobur Samarqandga chekinadi. Shahar yana qamal qilinib, u to‘rt oy davom etadi. Qamalda qolgan shahar aholisining ochlikdan tinkasi quriydi, Bobur 1501 yilning 2-yarmida noilojlikdan Samarqandni tark etib, Toshkentga – Mahmudxon huzuriga yo‘l oladi. Bobur Temuriylar saltanatini himoya qilish va uni saqlab qolish uchun astoydil harakat qilib, Shayboniyxonga qarshi bir necha yil davomida muttasil kurash olib borgan bo‘lsa-da, ammo mamlakatda hukm surgan og‘ir iqtisodiy tanglik va siyosiy parokandalik sharoitida u maqsadiga erisha olmaydi. 1503 yili Toshkent xoni Mahmudxon, Bobur va qalmoqlarning birlashgan qo‘shini Shayboniyxon tomonidan Sirdaryo bo‘yida tor-mor qilinadi. Bobur Samarqand taxti uchun kurashayotgan paytda Andijonni Sulton Ahmad Tanbal egallab oladi. 1501-1504 yillarda Bobur Farg‘ona mulkini qaytarib olish uchun Sulton Ahmad Tanbal, Jahongir mirzolarga qarshi olib borgan kurashi muvaffaqiyatsizlik bilan tugaydi. Temuriylarning to‘xtovsiz janglari va og‘ir soliqlaridan toliqqan xalq Boburni qo‘llamadi va u Movarounnahrni tark etishga (1504 yil iyun) majbur bo‘ladi. Bobur 200-300 navkari bilan Hisor tog‘lari orqali Afg‘onistonga o‘tadi va u yerdagi ichki nizolardan foydalanib G‘azna va Kobulni egallaydi. Bobur Kobulni egallagach, mustaqil davlat tuzishga jadal kirishadi, qo‘shinni tartibga keltiradi, qattiq ichki intizom o‘rnatadi. Kobulga, umuman Afg‘onistonga Bobur o‘z yurti kabi qaradi, qurilish, obodonlashtirish, kasbu hunar va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish ishlarini boshlab yuboradi. «Bog‘i Shahroro», «Bog‘i Jahonoro», «O‘rtabog‘», «Bog‘i vafo» va «Bog‘i Bobur» kabi oromgohlar tashkil etdi16. Shahar ichidagi Bolo Hisor qal’asini o‘z qarorgohiga aylantirib, uni qayta ta’mirlatdi, yangi imoratlar qurdirdi va 16O‘zbekiston tarixi. – Toshkent: Universitet. 1997. oilasi bilan shu qal’ada yashadi. Uning Humoyun, Gulbadanbegim, Komron va Hindol ismli farzandlari shu yerda tug‘iladi. 1506 yilning bahorida vafot etgan Qutlug‘ Nigorxonim Mirzo Ulug‘bek shu yerda bunyod ettirgan «Bog‘i Navro‘ziy»ga dafn etiladi. Bobur Afg‘onistonda bir fotih sifatida emas, balki shu yurt, el obodonligi va ravnaqi uchun jon kuydirgan tadbirli hukmron sifatida qizg‘in faoliyat ko‘rsatdi, uning manfaatlari yo‘lida odilona va oqilona ish tutdi. Afg‘onistondagi amaliy faoliyatiga ko‘ra, Bobur butun Xuroson va Movarounnahrda qudratli davlat boshlig‘i va muzaffar sarkarda sifatida katta obro‘ orttira bordi, mintaqadagi siyosiy hayot e’tiborli o‘ringa ko‘tarildi. Shayboniylarning tobora kuchayib borayotgan yurishiga qarshi birgalikda chora ko‘rish masalasida Sulton Husayn Boyqaro barcha temuriy hukmdorlar qatorida Boburni ham maslahat yig‘iniga maxsus taklif etishi ana shunday yuksak nufuzni ko‘rsatuvchi dalildir. Bobur shu taklif bo‘yicha Hirotga otlanadi. Husayn Boyqaroning to‘satdan vafot etishiga (1506 yil) qaramay, u Hirotga boradi va temuriy hukmdorlar bilan uchrashib muzokaralar o‘tkazadi. Temuriy hukmdorlarning birlashib Shayboniyxon qo‘shinlariga to‘siq qo‘yish rejalari amalga oshmaydi va tez orada birin- ketin mag‘lubiyatga uchrab, saltanatni batamom qo‘ldan chiqaradilar. 1507 yilning boshlarida Bobur Hindistonga yurish boshlaydi. Ammo, bu urinishi muvaffaqiyatsiz tugab, yana poytaxt Kobulga qaytadi. Bobur Movarounnahr va Xurosondagi siyosiy vaziyat va urush harakatlarini kuzatib boradi, o‘z qo‘shinlarini doimo shay tutadi. Shayboniyxon Xurosonning yirik markazlarini qo‘lga kiritgach, Eronni zabt etish uchun yurish boshlaydi. Ammo, Eron shohi Ismoil Safaviy bilan qattiq to‘qnashuvda (1510 yil) u yengiladi, o‘zi ham Marvda halok bo‘ladi. Shoh Ismoil Xuroson va Movarounnahrga qo‘shin kiritib shayboniylarga ketma-ket shikast yetkaza boshlaydi. Bobur shoh Ismoil bilan harbiy-siyosiy ittifoq tuzib, 1511 yilning bahorida Hisorni, yozida Buxoroni, oktyabrning boshida esa Samarqandni yana qo‘lga kiritadi. Boburning shia mazhabidagi eroniylar ra’yi bilan ish tutishi aholida norozilik tug‘diradi. 1512 yil 28 aprelda Ko‘li malik jangida Ubaydulla Sulton boshliq shayboniylardan yengilgan Bobur Hisor tomon ketadi. 1512 yil kuzida Bobur shoh Ismoil yuborgan Najmi Soniy laqabli lashkarboshi bilan Balxda uchrashib, Amudaryodan kechib o‘tib, avval Huzar (G‘uzor) qal’asini oladi, so‘ng Qarshiga yurish qiladi, shahar uzoq muddatli qamaldan so‘ng taslim bo‘ladi, shahar himoyachilari qattiq jazolanadi. 1512 yil 24 noyabrda G‘ijduvon jangida Bobur shayboniylardan yana yengilib, Kobulga qaytishga majbur bo‘ladi. Bobur Movarounnahrni egallash ilinjidan uzil- kesil umidini uzadi va butun e’tiborini Hindistonga qaratadi. 1519 yil bahoriga kelib Bobur Hindistonni zabt etish rejalarini amalga oshirishga kirishadi va keyingi 5-6 yil davomida bir necha yurishlar uyushtiradi. Nihoyat, 1526 yil aprelda Panipatda asosiy raqibi, Dehli sultoni Ibrohim Lo‘diyning yuz ming kishilik qo‘shinini 12 minglik askari bilan tor-mor qilib, Dehlini egallaydi. Oradan ko‘p o‘tmay, ikkinchi yirik hind sarkardasi Rano Sango ustidan ham zafar qozonib, Shimoliy Hindistonning Bengaliyagacha bo‘lgan qismini o‘ziga bo‘ysundiradi. Agrani o‘ziga poytaxt sifatida tanlagan Bobur katta qurilish va obodonchilik ishlarini boshlab yuboradi. Shu tariqa Bobur Hindistonda uch yarim asrga yaqin hukm surgan qudratli boburiylar sulolasiga asos soladi17. Bobur Hindistonda ham, xuddi Afg‘onistonda bo‘lganidek, ko‘plab ijtimoiy hayrli ishlarni amalga oshirdi, mamlakat taraqqiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Tarqoqlik va parokandalikka, o‘zaro ichki nizo, qirg‘inlarga barham berib, viloyatlarni birlashtirdi, markazlashgan davlatni mustahkamlash va yurtni obodonlashtirishga, ilmu hunar va dehqonchilikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratdi. Qurilish ishlariga boshchilik qildi. O‘tmish adabiyot va tarix, musiqa va san’atdan yaxshi xabardor bo‘lgan, diniy ta’limotga chin ixlos qo‘ygan Bobur har doim olimu fozillar davrasida bo‘ldi, xususan ijod ahliga, kasbu hunar sohiblariga samimiy ehtirom ko‘rgazib homiylik qildi, ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirib turdi. Ijod va san’at ahliga bunday mehrli munosabat aslo bejiz bo‘lmagan. Bobur tabiatan ijodkor edi. Yigitlik yillaridan boshlab to umrining oxirigacha samarali ijodiy ish bilan shug‘ullandi, har qanday sharoit va vaziyatlarda ham ijoddan to‘xtamadi, natijada, har jihatdan muhim boy ilmiy va adabiy meros qoldirdi. Boburning o‘z she’riy asarlarini to‘plab, devon holiga keltirgan sanani ko‘rsatuvchi aniqtarixiy ma’lumotlar ma’lum emas. Ammo «Boburnoma»ning 1518-1519 yillar voqealari bayoniga bag‘ishlangan faslida Bobur devonini Kobuldan Samarqandga yuborganligi to‘g‘risida so‘z boradi. Demak, shu yillarda uning devoniga tartib berilgan va mazkur devon Movarounnahrda ham tarqalgan. Hozirda uning 119 g‘azali, bir masnu she’ri, 209 ruboiysi, 10 dan optik tuyuq va qit’alari, 50 dan ortiq muammo va 60 dan ziyod fardlari aniqlangan. 17Erskin U. Bobur Hindistonda. — Toshkent: Cho‘lpon, 1995. Devoni tarkibida umumiy hajmi 270 baytdan iborat 8 masnaviy ham o‘rin olgan18. Bobur asarlari o‘zining jozibadorligi, mazmundorligi va badiiy teranligi bilan ajralib turadi. U o‘zining murakkab hayot yo‘li, ziddiyatli dunyoqarashi hamda boy adabiy-ilmiy tafakkuri bilan o‘zbek she’riyati rivojiga katta hissa qo‘shgan, mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, tarixda davlat arbobi sifatida nom qoldirgan. Kishilik tarixida Boburchalik shaxsiy imkon, iqtidor va fazilatlari beqiyos kishilar juda kam uchraydi. Hindiston yurishlari davri (1521 yil)da Bobur «Mubayyin» asarini yaratdi. Masnaviy tarzida yozilgan, islom huquqshunosligi va shariat aqidalariga bag‘ishlangan bu asarda Movarounnahr va Hindistonga oid o‘sha davr ijtimoiy-iqtisodiy hayoti bo‘yicha qiziqarli ma’lumotlar ham jamlangan. Valiahd Humoyun va Komron Mirzolarga dasturulamal sifatida mo‘ljallangan «Mubayyin»da, ayni zamonda, namoz, zakot va haj ziyorati to‘g‘risida ham shar’iy mezonlar bayon qilingan. Shu yillarda Bobur Sharq she’riyatining asosiy masalalaridan biri aruz vazni, uning nazariyasi va amaliyotiga oid ilmiy risolasini yakunlaydi. Bobur nomini dunyoga mashhur qilgan shoh asari «Boburnoma» ustidagi ijodiy ishini 15181519 yillarda boshlagan (q. «Boburnoma»). Boburning yuqorida keltirilgan asarlaridan tashqari, «Xatti Boburiy», shuningdek,musiqa san’ati va harb ishlariga maxsus bag‘ishlangan qator risolalari ham bo‘lgan19. Ammo keyingi ikki asar matni hanuz topilgan emas. «Xatti Boburiy»da muallif arab alifbosini tahrir etib, yozuvni soddalashtirish va osonlashtirish maqsadida uni turkiy til va talaffuz mezonlariga moslashtirgan. 1526 yil 21 dekabrda Boburga qarshi suiqasd uyushtiriladi. Mahv etilgan Ibrohim Lo‘diyning onasi oshpazlar bilan til biriktirib, uning ovqatiga zahar qo‘shtiradi. Shuning asoratimi yoki ko‘p yillik mashaqqatli va qo‘nimsiz hayot ta’sirimi, harholda keyingi yillarda Bobur tez-tez kasalga chalinib turadi. 1527 yil oktyabrda Bobur yana xastalikka uchragach, umrining oxirlab qolganini his etadi. Shunda Bobur o‘zi e’tiqod qo‘ygan Xoja Ahror Valiy ruhidan najot tilab, ixlos bilan uning nasrda bitilgan «Volidiya» asarini she’riy tarjima qiladi. Boburning mohir tarjimon sifatidagi qobiliyati namoyon bo‘lgan 243 baytli bu asar katta ijodiy ilhom bilan juda qisqa muddatda yakunlangan. 18Qayumov A. Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiyoti. — Asarlar, 5-jild, — Toshkent: "Mumtoz so‘z", 2009. 19O‘ash kitob. Boburning o‘z e’tiroficha, tarjima tugashi hamonoq batamom sog‘ayib ketgan. Bu yillarda u «Boburnoma» fasllari ustida ishlashni davom ettirdi, yangi- yangi g‘azal va ruboiylar yaratdi, o‘z iborasi bilan aytganda, «Hindistong‘a kelgali aytqon ash’orni» tartibga solib, shuningdek, «Volidiya» tarjimasini, «Xatti Boburiy» bilan bitilgan namuna va qit’alarni Movarounnahr va Afg‘onistonga, Xumoyun, Xoja Kalon, Hindol va boshqalarga yubordi. Humoyun Mirzoga atalgan ijtimoiy-axloqiy masalalarni tahlil etuvchi mashhur maktubi ham Bobur ijodiy faoliyatining yorqin qirralaridan biri bo‘ldi. Bir necha muddat oldin podsholikni Humoyunga topshirgan Bobur 47 yoshida o‘zi asos solgan saltanat poytaxti Agrada vafot etdi va o‘sha yerda dafn etildi, keyinchalik (1539 yil), vasiyatiga muvofiq hoki Kobulga keltirilib, o‘zi bunyod ettirgan «Bog‘i Bobur»ga qo‘yildi (q. Bobur maqbarasi). I.2. Tarixiy manbalar Zahiriddin Muhamad Bobur haqidaXVI asr Sharqining ulug‘ muarrixlaridan biri Mirzo Muhammad Haydar Dug‘lot (1500-1551) Zahiriddin Muhammad Boburning xolasini o‘g‘li, Uning onasi Xub Nigorxonim Boburning onasi Qutlug‘ Nigorxonimning tug‘ishgan singlisi bo‘lgan. Ota-onadan yosh yetim qolgan Mirzo Haydar bir necha yil Boburning tarbiyasida bo‘ladi. Keyin taqdir taqozosiga ko‘ra undan ajralib, ko‘p yillar Qoshg‘arda yashadi. Umrining so‘nggi o‘n yilini Kashmirda o‘tkazdi. U butun umri davomida Boburga nisbatan minnatdorlik va muhabbat tuyg‘ularini o‘z qalbida olib o‘tdi. Uning nomi «Haydar» so‘zining ma’nosi «sher» bo‘lib, bu jihatdan Boburning ismiga o‘xshash edi. Ularning taqdirlari va bashariyat tarixida qoldirgan izlari ham hayratomuzdarajada o‘xshashdir. Har ikkalasi Movarounnahrda tug‘ilgan bo‘lsalarda, voqea- hodisalarga boy jo‘shqin umrlari olis Hindistonda yakun topdi. Mirzo Muhammad Haydar o‘z ona tili turkiyda bitgan bir necha dostonlaridan tashqari, «Boburnoma»dan ilhomlanib fors tilida «Tarixi Rashidiy» nomli ajoyib tarixiy-badiiy asar yaratdi20. Tadqiqotchilar ko‘pgina fazilatlariga ko‘ra «Tarixi Rashidiy» asariga haqli ravishda Sharq me’muarchilik san’atida «Boburnoma»dan keyingi faxrli ikkinchi o‘rinni berishga moyildirlar. «Tarixi Rashidiy» ingliz, rus, xitoy, fors tillarida nashr etilgan. O‘tmishda bir necha bor turkiyga tarjima qilingan. Quyida Mirzo Muhammad Haydarning Zahiriddin Muhammad Bobur va uning ajdodlari haqidagi ayrim xotiralari keltirib o‘tamiz. Mazkur lavhalar asarning Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti xazinasida saqlanayotgan XVII asrda ko‘chirilgan nodir qo‘lyozma nusxasidan tarjima etildi. BOBUR PODShOH «Tarixi Rashidiy»dan Kobul sari jo‘nadim. Menga o‘n olti kishi hamroh bo‘lgandi. Bizda ikki otdan“...Shunday qilib rajab oyining boshida (1509 yil) men Qal’ayi Zafardan tashqari hech narsa yo‘q edi. Hatto kechalari tunamoqqa yararli ashyolardan mahrum edik. Bizga ota kabi bo‘lib qolgan Mavlono Muhammadning bisotida Badaxshonning eng kambag‘al odamlari yopinadigan bir sholdan boshqa hech vaqo yo‘q edi. Qolgan ahvolni shundan qiyos qilib bilsa bo‘ladi. Kobulga yetib kelganimizda bizni Bobur podshohga va menga ona tomonimizdan bir xilda qarindosh bo‘lgan Shirim Tag‘oy kutib oldi. U bizni yuksak ehtirom bilan o‘z uyiga tushirib, behad izzat-hurmat va insoniylik zohir etdi. So‘ngra podshoh odam yuborib, uch kundan so‘ng saodatli soat bo‘lishi va o‘sha paytda meni o‘z huzuriga chaqirtirishini ma’lum qildi... 20Buyuk siymolar, allomalar. (Markaziy Osiyodagi mashhur mutafakkir va donishmandlar). - Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1996. Nihoyat, men sharafli dargohga mulozamat uchun bordim. Podshohning saodatli nazari menga tushgach, shafqat va mehribonligi zo‘ridan gavhar sochuvchi muborak ko‘zlaridan ko‘z yoshlarini go‘yoki ipga tizilgan marvarid donalaridek shashqator qildi. U lutf izhor etib men tomon yuzlandi va inoyat bilan qarshilab marhamat qo‘lini uzatdi. Kamina ta’zim qilib borganimda, meni shafqat quchog‘iga oldi va otalarcha mehr bilan ko‘ksiga bosdi. U bir qancha muddat meni shu holda tutib turdi, yana ta’zim qilmog‘imga qo‘ymadi va o‘z yonida o‘tirg‘izdi. Qalbi bag‘oyat hissiyotli bo‘lganidan yana bir qancha payt aytib o‘tilgan tarzda ko‘zlaridan gavhar sochdi. Ayni damda dedi: «Sen bek yaznam, xon dodam, birodarlar va qarindoshlar shahid bo‘lganlaridan so‘ng omon qolib, Ollohga shukrlar bo‘lsinki, mening oldimga yetib kelding. Endi zinhor ulardan judolik tufayli qayg‘urmagin. Ularning o‘rniga eng yaxshi badal menman. Men senga ular berishi mumkin bo‘lganidan ham ziyodaroq mehr- shafqat ko‘rsataman». Shu tariqa, u menga nisbatan bisyor navozishlar va lutflar qildiki, yetimlik dardlari va g‘ariblik kulfatlari butunlay xotirimni tark etdi. Men tashqari chiqqanimda bir kishi benihoya takalluflar bilan menga peshvoz chiqdi va ta’zim qilib dedi: «Podshoh siz uchun bir uyni tayin etganlar va kamina sizni u yerga boshlab borurmen». U oldinga tushib meni g‘oyatda ko‘rkam bir hovliga olib bordi. Xonalarga gilamlar to‘shalgan, did bilan anjom va yostiqlar qo‘yilgandi. Farog‘at uchun zarur bo‘lgan narsalar – oziq-ovqat, kiyim-kechak hamda xodimlar va xizmatkorlar bu hovlida hamma uchun yetarli tarzda muhayyo qilingan edi. Odamni bo‘g‘ilishga majbur etgan va ruhni tor qafasga solgan ul uqubat va falokatlardan so‘ng bunday turli-tuman ne’matlar, farog‘at muhayyo qilingan keng va safoli joyga tushsang, buning shukrini qay til bilan bayon etish mumkin?! Olloh unga yaxshilik bilan qaytarsin. Qadimiy Movarounnaxr va undagi xalqlar hayoti haqida jonli guvohlik beruvchi asarlar orasida "Boburnoma" alohida ajralib turadi. Biz hech ikkilanmasdan aytishimiz mumkinki, Bobur qoldirgan moddiy va ma’naviy meros ichida eng qimmatlisi “Boburnoma” dir. Boburdan qolgan meros ichida "Boburnoma" alohida ahamiyatga molik asardir. Bobur o‘z hayot yo‘lini 1494 yildan boshlab, 1529 yilgacha bo‘lgan davrni yilma - yil izchillik bilan yoritib bergan. Umr varag‘ini yilma - yil bayon etgan Bobur 16 yillik voqealarni yozmasligi mumkin emas edi. Suronli yillar Bobur asarini to‘liq yetib kelishiga imkon bermagandir. Bobur kundalik daftar tutib, eng muhim voqealarni qayd etib borgan, Hindistonda ularni qayta ishlab, "Boburnoma" shakliga solgan. Asarning 10 dan ortiq qo‘lyozmalari yetib kelgan. XVII-XVIII asrlarda ko‘chirilgan nusxalar Leningrad, Kalkutta, Agra, Haydarobod, Manchestr, London, Edinburg kabi shaharlarda saqlanadi. Qo‘lyozmalarda asar nomi "Boburiya", "Voqeanoma", "Tuzuki Boburiy", "Voqeoti Boburiy", "Boburnoma" kabi nomlangan. Boburning o‘zi asarini "Voqeanoma" deb atagan. Ikkinchidan esa, Gulbadanbegim "Xumoyunnoma" kitobida otasi asarini "Voqeanoma" deb ataydi. 1857 yilda N.Ilminskiy asarini Qozonda nashr ettirdi. Uni "Boburnoma" deb atadi. “Boburnoma” asarini nomlanishi haqida izlanish ishimizning keyingi bandlarida to‘xtalamiz. Bobur merosini o‘rganar ekanmiz, bu ulug‘ insonning javohir xazinasi biz o‘zbeklarning boshimizni sarbaland, qaddimizni tik qilib yurishga undaydi. Xalqimizning kuchiga kuch, g‘ayratiga g‘ayrat qo‘shadi. Ammo ajdodlarimizning, ya’ni Zahiriddin Muhammad Boburning ma’naviyat va insoniylikni qayta tiklash uchun xizmat qiladigan moddiy va ma’naviy yodgorliklarini qidirib topish, ularni xalqimizning ma’naviy ehtiyojlarini qondirish yo‘lida safarbar qilish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biridir. O‘zbek adabiyotshunosligida Bobur she’riyat va uning badiiy nafosati, «Boburnoma» asari qator tadqiqotlarda o‘rganilgan.21 Bu borada endigi amalga oshirilishi muhim vazifalar ham talaygina. Negaki , Bobur she’riyatining hamda «Boburnoma»ning bugungi kun nuqtai nazaridan baxolash, o‘quvchilar qalbiga yetkazish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Xalqda ulug‘ bir naql bor: “Qatrada quyosh aks etadi”. Darhaqiqat, shunday. Qatrada quyoshning, demakki, nurlar olamining aksi bor, jilvasi bor. U bir qatra! Ammo bu mu’jiza shundaki, unda olamning guzalligi, nafosati, billurligi, shaffofligi, shu bilan birga, ma’sulligi mujassamlashgan. Bani bashar qanchalik madh etib, qanchalik va qanday talqin qilinmasin bod-bod oddiy haqiqatga – qatraga qaytaveradi. Uning aqli va ruhi doimiy ravishda oddiy haqiqatdan hayratlar olamiga kuchib, undan yana ulug‘ asliyatga – oddiy hayot haqiqatiga kelaveradi. Bu mangulikka 21Qarang: A.Abdugafurov. Navoiy va Bobur (Buyuk beshlik saboklari)-Toshkent, 1998; I.Xaqqulov. She’riyat- ruxiy munosabat. Toshkent, 1986: I.Xaqqulov. Abadiyat farzandlari.Toshkent, 1987; Zoxidov.V. Uzbek adabiyoti tarixidan – T, 1961; Nuriddinov.M . Boburiylar sulolasi – T : «Fan», 1974; V.Raxmonov. She’riy san’atlar // «Yozuvchi»gazetasi, 2003 yil, dekabr; R.Voxidov . Biz bilgan va bilmagan Bobur. Toshkent, 2001; T.Xujaev. Uzbek adabiyoti tarixi (Ma’ruzalar manti)-Navoiy -2005; Abdullaeva M. «Boburnoma»va «Shajarai turk»ning qiyosiy poetikasi. Toshkent, 2002; Qodirov P. Yulduzli tunlar.Toshkent, 1981.; Qudratullaev H. «Boburnoma»va tarix.// Tafakkur 2001, 6-son. daxldor haqiqat. Inson ana shu haqiqat qarshisida – qatradagi ilohiy mujda qoshida lol va ojiz qolaveradi... Ulug‘ bobokolonimiz, mislsiz so‘z san’atkori va salohiyat sohibi Zahiriddin Muhammad Bobur ma’naviyatimiz sultoni, sarvaridir. Uning ijodiy merosini, xususan, “Boburnoma” va hatto kichik she’riy misralarning guyo qatraga misol keltirishimiz mumkin. Ajoyib lirik shoir, o‘zbek adibi Zahiriddin Muhammad Bobur tomonidan yaratilgan bu asar ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-tabiiy va adabiy-lingvistik, tabiat, geografiya, etnografiya, nababot va hayvonat olami haqidagi ma’lumotlar xazinasidir. Unda 1494 yildan 1530 yilgacha O‘rta Osiyo, Afg‘oniston va Hindistonda kechgan voqealar bayon etilgan. Bobur tarixiy faktlarni shunchaki qayd etish, jangu jadallar, yurishlar haqida xronologik axborot berish bilangina kifoyalanmay, voqealarni jonli tilda qiziqarli hikoya qiladi, manzara chizadi, tabiatni, etnografik holatlarni tasvirlaydi, davrni, uning xususiyatlarini gavdalantiradi. Shu sababdan asar faqat ilmiy-tarixiy ahamiyati bilan emas, balki o‘zbek badiiy nasrining yorqin namunalaridan biri sifatida ham qimmatlidir. Shoir o‘z xotiralarini badiiy naql uslubida sodda va ravon bayon etadi, o‘nlab tarixiy shaxslarning aniq xarakterini yaratadi; tabiat manzaralarini suratini chizadi; kitobni har xil syujetlar, ishqiy sarguzashtlar, she’riy parchalar bilan bezaydi. Tilga olingan shaxslarning portreti kiyinishini, tashqi ko‘rinishi, fe’l-atvori, odatlari, o‘tmishi, avlod-ajdodi birma-bir ta’rif etiladi. Asardagi markaziy obraz — Boburning o‘zi, albatta. Uning his-tuyg‘ularga boy qalbi ko‘z oldimizda yorqin jonlanadi. Ingliz tarixchisi Elfiniston "Boburnoma" va uning muallifi haqida: "Uning shaxsiy his- tuyg‘ulari har qanday mubolag‘adan yoki pardalashdan xoli, uslubi oddiy na mardona, shu bilan birga, jonli va ifodali. O‘z zamondoshlari biografiyasini, ularning qiyofalari, urf-odati, intilishlari, qiziqish va qiliqlarini ko‘zguda aks etgandek ravshan tasvirlaydi. Bu jihatdan "Boburnoma" Osiyoda yagona chinakam tarixiy tasvir namunasidir"22, deb yozadi. Bobur O‘rta Osiyo, Xuroson va Hindiston geografiyasi, hayvonot hamda nabotot olami to‘g‘risida boy ma’lumot bergan. Xususan, "Boburnoma"da hindlarning etnografiyasi, ilmu fani, san’at va madaniyati haqida qimmatli faktlar bor. Taniqli hind shoiri Mulk Roj Anand Osiyo va Afrika yozuvchilarining Toshkent konferensiyasida (1958 yil) so‘zlagan nutqida: "Bu 22http://baburname.narod.ru/nravy.htm kitob siz bilan bizning merosimizdir. O‘zbekistondagi singari bizda ham "Boburnoma" g‘oyat qadrlanadi", degani bejiz emas edi. Davrning juda ko‘p xususiyatlarini qamrab olishi, qomusiy xarakteri va o‘zbek adabiy tilining beqiyos boy imkoniyatlarini namoyish etishi bilan "Boburnoma" Alisher Navoiyning "Xamsa"siga qiyos qilgudek madaniy obida hisoblanadi. Asarning tez orada shuhrat qozonib, XVI asrning o‘zidayoq bir necha marta fors tiliga tarjima etilishi ham fikrimiz isbotidir. "Boburnoma" fors tiliga birinchi marta 1589 yili shoirning nevarasi – shohAkbar saroyida xizmatda bo‘lgan Abdurahimxon ibn Bayramxon – XoniXonon tomonidan tarjima qilingan. Tarjima ko‘p nusxada ko‘chirilib, "Voqeoti Boburiy", "Tarixi Boburshohiy" nomlari ostida Sharq mamlakatlariga keng yoyilgan. Abdurahimxon tarjimada Boburning o‘ziga xos bayon tarzini bera olgan, asar fors adabiyoti va tarixchiligida ulkan yangilik sifatida qabul qilingan. Qamrab olingan tarixiy voqealarning ro‘y-rost ko‘rsatilishi, ilmiy faktlarga boyligi bilangina emas, balki ravon uslubi, sodda va jozibadorligi bilan ham Bobur asari o‘zidan keyin yaratilgan tarixiy memuarlarga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Chunonchi, Gulbadanbegimning "Humoyunnoma" va Nizomiddin Hiraviyning "Tabaqoti Akbarshoxiy" kabi kitoblarida buni yaqqol his etish mumkin. Shuni aytish kerakki, XVI asrdan boshlab o‘zbek adabiyotining yana boshqa namunalari ham fors tiliga tarjima qilindi. Sharqning ilg‘or ziyolilari turkiyda (eski o‘zbek tilida) yaratilgan adabiyotning katta nufuzga ega ekanligini ko‘rib ilm ahlini bu tilni o‘rganishga da’vat eta boshlaydilar. Navoiy va Boburning ajoyib asarlarini tarjima qilib, forsiydonlarni bahramand etishni muhim vazifa deb biladilar. Chunonchi, "Majolis un- nafoyis"ni 1521 yilda forschaga o‘girgan Sulton Muhammad Faxriy Xirotiy yozadi: "Ba’zi e’tiborli va hurmatli kishilar turkiy iborasi (tili)dan bexabar bo‘lganlari sababli bu go‘zal so‘zlarning mavjidan va bu san’atlar dengizining duru gavharlaridan bebahradirlar. Bu taassufli ahvol edi va shuning uchun turk go‘zali kabi parda ichida qolgan bu dilafro‘zning yuzidan pardani ko‘tarishni va mo‘jizali xayolot yaratgan bu zebo suratni fazilat va kamol ahliga pardasiz ko‘rsatishni niyat etdim". "Boburnoma" qo‘lyozmalarining chiroyli rasmlar bilan bezatilishi ham tarjimaning shuhrat qozonishiga sabab bo‘lgan. Gap shundaki, shoh Akbar tasviriy san’atning peshqadam homiysi edi. Uning saroyida 104 nafar rassom doimiy ish olib borgan. Tarjimon Abdurahimxonning o‘zi ham rasm chizish bilan shug‘ullangan. Akbar saroyida o‘nlab kitoblarga rasmlar chizilgan. "Boburnoma"ning forsiy nusxalariga ishlangan miniatyuralar Sharq rassomlik san’atining ajoyib namunalari hisoblanadi. Ingliz sharqshunosi L.King bergan ma’lumotga qaraganda, "Boburnoma" o‘z asrida yana ikki marta — Muhammadquli va Zayniddin Xavofiy tomonidan fors tiliga tarjima qilingan. Biroq bu tarjima qo‘lyozmalarining qaerda saqlanishini olim aytmaydi. Abdurahimxon tarjimasi Britaniya muzeyida va Moskvadagi Sharq qo‘lyozmalari fondida saqlanadi. Fotonusxasi Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyimizda ham bor. Sharq xalqlari tarixi bilan shug‘ullangan yana boshqa ingliz va amerikalik olimlar Boburning shaxsiy qobiliyati va faoliyatiga yuqori baho berib, uni qadimgi Rim sarkardasi Yuliy Sezar bilan qiyoslaydilar. "Boburnoma" 1828 yili A.Kayzer tomonidan nemis tiliga qisqartirib va 1871 yili P.De Kurteyl tomonidan fransuz tiliga to‘la holda tarjima qilingan. Zamondoshimiz atoqli sharqshunos olim J.L.Boite Grammon "Boburnoma"ning fransuz tilidagi yangi tarjimasini yaratdi. U bir necha bor yurtimizga kelib, o‘zbek xalqining turmush tarzi, tarixi bilan yaqindan tanishdi. Grammon, shuningdek, Gulbadanbegimning "Temur tuzuklari" va "Humoyunnoma" asarlarini ham fransuz tiliga o‘girgan. 1912 yilda Tog‘aymurod Qorluq Xatloniy uni yana bir marta fors tiliga o‘giradi. Bu tarjima qo‘lyozmasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti ko‘lyozmalar fondida saqlanmoqda. 1944-1946-yillarda esa asar usmonli turk tiliga tabdil qilinib, Anqarada ikki jildda bosildi23. Rossiyada "Boburnoma" ancha ilgari paydo bo‘lgan edi. Sharqshunos N.Ilminskiy 1857 yili asarni asl xolida Qozon shahrida chop ettirgan. XIX asr oxirlarida "Boburnoma"dan ayrim qismlar I. Pantusov, S. Polyakov, V. Vyatkin tarjimasida rus kitobxonlariga qisman taqdim etilgan bo‘lsa-da, yaxlit ruscha tarjimasi amalga oshirilmagan edi. Bu sharafli va xayrli ish mohir tarjimon va olim M. Sale tomonidan bajarildi va asar 1958 yili Toshkentda bosmadan chiqarildi. M.Sale tarjima ustida 10 yildan ortiqroq mehnat qildi, asar tilini chuqur o‘rgandi, behad ko‘p sonli atamalar, ibora va nomlar transkripsiyasini berish, shuningdek, Bobur qalamining "mardona uslubini" saqlashga muvaffaq bo‘ldi. Shunga qaramay, M.Sale tarjimasida hamon talay noaniqliklar mavjud. "Boburnoma"dagi bir qancha nomlar noto‘g‘ri berilgan. Chunonchi, Ahmad Mirzo sevgilisi Qutluqbegim "Katak begim" bo‘lib ketgan, "buqalamun", "mucha" kabi ba’zi so‘z va iboralar tarjimasiz va izohsiz keltirilgani sababli rus kitobxoniga tushunarsiz bo‘lib qolgan. She’riy parchalar nasriy tarjimada berilib, ularning qaysi tilda yozilgani ham ko‘rsatilmagan. 23O‘zbekiston Milliy enslopediyasi. Itom. Toshkent. 2005. Tarjima va nashrlardagi nuqsonlarning aksariyati asarning ilmiy- tanqidiy matniga ehtiyoj borligidan kelib chiqkan. "Boburnoma"ning mavjud nashrlari, hatto o‘zbekcha nashri ham, asar haqida to‘la tasavvur berolmaydi. Negaki, ruscha nashrda ham, eng so‘nggi o‘zbekcha nashrda ham 1509 yildan 1518 yilgacha va 1524 yilgacha bo‘lgan voqealar bayoni yo‘q. Shunga o‘xshash talay noaniqliklarni bartaraf etish uchun "Boburnoma"ning eng e’tiborli qo‘lyozma nusxalarini chog‘ishtirib, uning ilmiy matnini tayyorlash zarur edi. Va nihoyat, bu ishni yaponiyalik boburshunos olimlar amalga oshirdilar: asarning tanqidiy matni yaratilib, nashr etildi. Ko‘rinib turibdiki, Mirzo Boburning hayoti va ijodi turli mamlakatlarda o‘rganilmoqda va xalqaro ilmiy hamkorlik vositasiga aylanib bormoqda. Bu ham o‘zbek xalqining ulug‘ iste’dodi, iftixoridan nishonadir. Asarning Kerr va Haydaroboddagi nusxalarini qiyosiy o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, Kerr nusxasi til xususiyatlari va hajmi jihatidan Haydarobod nusxasidan qolishmaydi. Bu qo‘lyozmaning qachon va kim tomonidan ko‘chirilgani noma’lum. U ham to‘liq matn bo‘lsa-da, Qozon bosmasiga nisbatan ba’zi bir tushib qolgan joylari va ayrim nuqsonlari mavjud. Umuman olganda, har ikkala qo‘lyozma ham ayrim nuqsonlardan xoli emas. London nusxasining afzalligi shundaki, bunda asar oxirida kishi ismlari, joy nomlari, qabila va urug‘ nomlarining mukammal ko‘rsatkichlari berilgani va ingliz tilidagi o‘n betlik so‘z boshi nashrning ilmiy qimmatini oshirgan. Lekin ko‘rsatkichlarning transliteratsiyasiz arab yozuvida berilishi nomlarni to‘g‘ri o‘qish masalasini birmuncha qiyinlashtirgan. Bu nashr yangi o‘zbek alifbosida kishi ismlari, jug‘rofiy nomlar ko‘rsatkichi, lug‘at, qisqa izoh va tarjimalar ilova etilgani bilan ahamiyatlidir. Olib borilgan qiyosiy-tahliliy tadqiqotlar ushbu nashrda juda ko‘plab nuqsonlar mavjudligini ko‘rsatdi. Nashrga tayyorlovchilar ham buning asosiy sababi har ikkala nusxaga befarq yondashish, tanqidiy tekshirishning nihoyatda sustligidan deb qarash lozimligini uqtirishadi. Nashrning kamchiligi haqida uning mas’ul muharrirlari bunday deb yozadilar: "… asarni kattalashtirmaslik uchun tekstda anglashish og‘ir bo‘lgan ba’zi ifodalarni kengroq ifodalashdan tortinildi". Mazkur nashrning ilmiy emasligini, aytib, ular fikrlarini quyidagicha davom ettiradilar: "...shunchalik tuzatish va to‘ldirishlar bilan ham bu asarning hali ilmiy tekshirish ishlari uchun kifoya qilarli bir holda emasligini ta’kidlab o‘tamiz" (7-8-b.). Qiyosiy tekshirish natijasida aniqlanishicha, nashr jarayonida juda ko‘plab imlo va leksik xatolarga yo‘l qo‘yilgan. Kishi ismlari, jug‘rofiy nomlar ko‘rsatkichi, ayniqsa, Qur’on oyatlari bilan bog‘liq barcha matnlar, qo‘lyozmalarda mavjud bo‘lishiga qaramay, tashlab ketilgan, Bobur Mirzoning farmonlari to‘laligicha keltirilmagan. Xususan, "Boburnoma"ning o‘zbek tilidagi mavjud nashrlarida Afg‘oniston va Hindistonga oid nomlarning joriy imlodagi matnida farqlar ko‘p uchraydiki, imkon doirasida ularning aniqroq ifodasini berishga harakat qilingan24. Masalan, kishi nomlarida Bikramjit-Bikromojit, Malliy So‘rduk- Malik So‘ruk, Biharxon-Bahorxon, Jalolxon Jaghat-Jalolxon Jikaht; joy nomlarida Bahira-Behra, Ko‘yil-Ko‘l, Baksara-Bakasar, Avad-Ud, Ita’va- Atova shaklida o‘qilgan bo‘lsa, hayvon nomlarida gilas (suv hayvoni)-kals, chamgaddar (qush)-chamagdor, matiyla (qush)-mato, gariyal (suv hayvoni)-karyol, kalahra (kiyik)-galahra, giniy (qush)-gina, gilahriy (sichqon)-kilohiriy deb yozilgan. O‘simlik nomlarida nalayar (daraxt)-nolir, balang (mevali daraxt)- baling, ja’min (gul)-joman ; oy nomlaridan asa’r-isor ; vaqt birligini anglatuvchi so‘zlardan gariy-giri, pahar-pahr; vazn o‘lchovi so‘zlarida rattiy- rati, ma’sha-mosha, taank-tong, manyasa-minosa, karo‘r-kurur, sank-song shaklida tabdil qilingan. "Boburnoma"ning yangi nashrida avvalgi nashrlarda bo‘lmagan 400 dan ortiq shaxs nomi ko‘rsatkichda qo‘shimcha ravishda keltirilgan. Mazkur nashrda yana ko‘plab yangi, qimmatli ma’lumotlar uchraydi. Masalan, oldingi nashrda mavjud bo‘lmagan qavm-qabila va nasl-nasab nomlari ko‘rsatkichi, hayvon va o‘simlik nomlari ko‘rsatkichi, masal va hikmatli so‘zlar, kitob va risolalarning nomlari va hokazolar. Noshirlar "Boburnoma"dagi uzilishlar" qismida juda zarur bo‘lgan asarning ma’lum va noma’lum sabablarga ko‘ra muallif tomonidan yozilmay qolgan sahifalarini to‘ldirishga harakat qilganlar. "Boburnoma" nashriga ilk bor ilova tarzida berilayotgan "1528 yil voqealari", "Zahiriddin Muhammad Boburning maxfiy vasiyati", "Komron Mirzoga xat", "Hazrati Boburshoh G‘oziyning Hindistondan Qandahorga saodatmand mirzo farzandiga yo‘llagan xayrli holnomasi" kabi to‘ldirishlar Bobur ijodini yanada puxtaroq o‘rganishda alohida o‘rin tutishi aniq. Bobur Mirzoning ona tomonidan shajara ildizi Chingizxonga borib ulanar ekan. Ammo masalaning bunday tus olishi uni mo‘g‘ul farzandi deyishga asos bermaydi. Chunki uning jismu jonini Sohibqiron Amir Temur 24"Boburnoma" uchun qisqacha izohli lug‘at. Tuzuvchi: F.Is’hoqov. - Andijon, 2008. qoni harakatga keltirgap, o‘sha ruh unga kuch-qudrat bag‘ishlagan, Bobur Mirzo o‘zining turkiy xalqqa mansubligi, shu zabonda asarlar yaratish ne’mati ato etilganligi bilan dil-dildan faxr etardi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, tarixshunoslikda bu masalaga befarq qaralgan emas. Ikki fikr va ular o‘rtasidagi bahs necha yillar davomida amal qilib keldi. Shunday xulosani milliy tarixchi olimlarimizning ilmiy izlanishlari xususida ham aytish mumkin. 60-70-yillardayoq respublikamizda vujudga kelgan ilmiy ishlarda «boburiylar sulolasi» tarzida yozish hukmronlik qildi. Bundan shunga amin bo‘lish mumkinki, Bobur mo‘g‘ullar imperiyasining asoschisiemas, boburiylar sulolasining asoschisi ekanligini dalillar isbotlaydi. Download 110.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling